Valikli jinlash
Jinlash paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonining asosiy jarayoni
hisoblanib, bunda paxta tolasi chigitidan ajratiladi. Jinlash jarayoni chigitli paxta tolasi
chigitidan mexanik kuch bilan ajratishdan iborat. Tolaning chigit bilan bog‘lanish
kuchi yakka tolaning uzilish kuchiga qaraganda 2
3 marta kam bo‘lgani uchun jinlash
jarayonida o‘zining tabiiy xususiyatlarini (uzunlik, ingichkalik,
pishganlik darajasi,
uzilish kuchlari va h.k) saqlagan holda tubidan uzilib, chigitdan ajralib chiqadi.
Ingichka tolali chigitli paxtani jinlashda ishlatiladi.
Uzun tolali paxta tolasining chigit bilan bog‘lanish kuchi o‘rta tolanikidan ancha
kam va ularni tukli sirtlarga ishqalanish kuchi hisobiga ham
chigitidan ajratib olish
mumkin. Shuning uchun uzun tolali chigitli paxta tolasini chigitidan valikli jinlar
yordamida ajratiladi. Bundan tashqari uzun tolali chigitli
paxtaning tolasi ingichka
bo‘lgani sababli, uning fizik-mexanik xususiyatini saqlab qolish uchun valikli jinlardan
foydalanadilar.
Chigitli paxtani jinlashda quyidagi texnologik talablar bajarilishi lozim:
- Chigitidan yigirishga yaroqli tolasining hammasini ajratish;
- jin ishchi organlarining tolaga ta’siri natijasida tola va chigitdan nuqsonlar
paydo bo‘l masligi;
-Chigitli paxta bo‘lakchalari jindan chiqayotgan tola yoki chigitga qo‘shilib
ketmasligi;
- o‘luk va iflos aralashmalardan tozalash samaradorligi yuqori bo‘lishi;
- chigitning tukliligini va o‘likdagi tola miqdorini rostlash imkoniyati bo‘lishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: