2-Mavzu: Tola va ularni turlari. Paxta tolasining tuzilishi va kimoviy xossalari. Tolaning fizik-mеxanik xossalari. Kimyoviy tolalar. Tolaning xossalari uning kimyoviy tarkibi va tuzilishi paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi
-rasm. Kimyoviy tolalarni olish usullari
Download 332.49 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
4.1-rasm. Kimyoviy tolalarni olish usullari.
Eritmani filer orqali siqib o‘tkazib ip olish sxemasi quyida keltirilgan. Olingan tola (ip) pardozlash (aralashmalardan tozalash, moilash yoki emulsiyalash) va mexanik ishlovdan, ya’ni cho‘zish, qirqish, ourash va o‘rash operasiyalaridan o‘tkaziladi. Kimyoviy tolalarni olish usullari 4.1- rasmda ko‘rsatilgan. Viskozani xo‘l usulda olishda (4.1-rasm, a) viskoza eritmasi filtrlar 1 orqali nasoslar yordamida lgiruv mashinalariga uzatiladi. So‘ngra u filer 3 teshigi orqali o‘tib sulfat kislota eritmasi solingan tindirish vannasi 2 ga tushadi. Bu erda viskoza yayaa sellyulozaga aylanadi va ingichka egiluvchan iplar xosil bo‘ladi. Bu iplar taranglash valiklari 4 orqali bobina 5 ga o‘raladi. Kimiyoviy iplar va shtapel tola olish sxemasi Yigiruv eritmasi yoki suyuqlanmasi xarakatlanish uchun xaydalish Filtrlanish Uzluksiz oqimlarning chiqishi Oqimlarning elementar iplar tarzida qotishi Barcha iplarning umumiy o‘rovga birikishi Iplarning bitta pakovkaga o‘ralishi o‘rovning qirqilishi Buralish SHtapel tola Buralgan kompleks ip 4.1- rasm, b da asetat tolani quruq usulda olish sxemasi ko‘rsatilgan. Bunda filer 1 dan chiqayotgan eritma oqimlari 2 xavo ta’sirida qotadi Davo erituvchyning tez bug‘lanib ketishiga yordam beradi. Iplar shaxta 3 da xosil bo‘ladi, rolik 4 da moydanadi va bobina 5 ga buraladi. 4.1-rasm g, v da kapron iplarni quruq usulda olish sxemasi k¢rsatilgan. Uvoqlar tarzidagi kaprolaktam bunker 7 dan issiq eritish panjarasi 2 ga uzatiladi va u erda suyuqlanadi. Suyuqlanma fil’tr 5 orqali filer 4 ga xaydaladi va uning teshigi orqali o‘tkaziladi. Oqimlar puflash kamerasi 5 ga kiritiladi, u erda bug‘lash shaxtasidan o‘tib qotadi, valik 7 da moylanadi, valiklar 8 va 9 da cho‘ziladi xamda bobina 10 ga o‘raladi. Uzluksiz elementar Kimyoviy tolalar tayyorlashda asosan quruq usul, shtapel tolalar tayyorlashda esa xo‘l usul qo‘llaniladi. SHtapel tolalar tayyorlashda 1200-5000 yoki xatto 12000-15000 teshikli, uzluksiz tolalar tayyorlashda esa 100-200 teshikli filerlar ishlatiladi. Sun’iy va sintetik tolalar ko‘pincha kalta shtapel tolalar tarzida paxtaga aralashtirib ishlatiladi. Bunday aralash kalava ipdan to‘qilgan gazlamalar ajoyib kompleks iste’mol xossalariga ega bo‘ladi. Kompleks iplar asosan kombinasiyalangan xajmiy ip, shakldor shnur yoki teksturalangan chirmov tarzida (mebelbop-dekorativ gazlamalar to‘qish uchun) ishlatiladi. Ular paxta iplarga qo‘shib buraladi yoki gazlamadagi iplar sistemasidan birida (tanda yoki arqoqda) ishlatiladi. To‘qimachilik maxsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyo. To‘qimachilik tolalari. To‘qimachilik maxsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan tolalarni to‘qimachilik tolalari deb ataladi. To‘qimachilik tolalari ko‘ndalang kesimi uzunligiga nisbatan juda kichik va uzunligi cheklangan, qayishqoq xamda pishiq jismlar bo‘lib yigirilgan ip va to‘qimachilik buyumlari tayyorlash uchun ishlatiladi. To‘qimachilik sanoatida tabiiy va kimyoviy tolalar ishlatiladi. Tabiiy tolalarni o‘simlik (paxta, zig‘irpoya) tolalari, xayvonlardan olinadigan tolalar (ipak)ga xamda anorganik, mineral tolalar (asbest)ga ajratish mumkin. Zavodlarda ishlab chiqariladigan va asosan organik geterosen va karbsen sintetik yuqori molekulyar birikmalar xamda bir oz tabiiy anorganik birikmalardan iborat bo‘lgan tolalar Kimyoviy tolalar xisoblanadi. ¤z navbatida Kimyoviy tolalar: sun’iy va sintetik tolalar gruppasiga bo‘linadi. Paxta-issiq iqlimli joylarda etishtiriladigan g‘o‘za o‘simligi chigitini qoplab turadigan eng muxim to‘qimachilik tolasi. Paxta tolasi ko‘pgina ajoyib xossalarga ega- juda qayishqoq, ilashuvchan, ingichka, lekin pishiq va eyilishga chidamli, yaxshi bo‘yaladi. Paxta tolasini uzunligi nisbatan tekis bo‘lib 25-40 mm.ga etadi. SHu xossalari tufayli paxta tolalaridan turli tuman yigirilgan iplar, kiyim va ro‘zg‘orbob gazlamalar, texnik maqsadda ishlatiladigan matolar, trikotaj buyumlar, noto‘qima matolar, to‘qimachilik-attorlik buyumlar ishlab chiqariladi. Lub tolalari xar xil o‘simliklarning poyalarida, barglarida yoki mevalarning po‘stlog‘ida bo‘ladi. To‘qimachilik sanoatida asosan poyadan olinadigan lub tolalari ishlatiladi. Ulardan eng muximi zig‘ir tolasidir. Lub tolalari zig‘ir, nasha va boshqa o‘simliklarning po‘stlog‘ida dasta-dasta bo‘lib joylashadi. Tolalarni po‘stloqdan ajratib olish uchun o‘simliklar uzoq muddat tabiiy ivitilishi, keyin ularga Kimyoviy yoki issiqlik ishlov berish, so‘ngra ezish va savash kerak. Bu jarayonlar ancha mushkul bo‘lib uzoq davom etadi. Jun va ipak, xayvonlardan olinadigan eng qimmatbaxo tabiiy tolalar jumlasiga kiradi. Jun-qo‘y, echki va tuya terisini qoplab turgan tola. Jun tabiiy, zavodda olinadigan va tiklangan xollarga bo‘linadi. Tabiiy jun bevosita xayvonlarning junini olish yo‘li bilan, tiklangan jun esa ikkilamchi jun xom ashyosini qayta tiklash yo‘li bilan olinadi. Jun tolalari paxta tolalaridan uzunroq, pishiqligi pastroq, lekin qayishqoqroq bo‘ladi. SHu tufayli jun gazlamalar qator qimmatli xossalarga ega bo‘ladi, ya’ni uncha g‘ijimlanmaydi, eyilishga chidamli va draplanuvchandir, ya’ni jun gazlamadan tikilgan buyumlarning dastlabki shakli yaxshi saqlanadi. Jun tolalaridan ikki xil yigirilgan ip uncha pishiq bo‘lmagan yo‘g‘on yumshoq movut ip xamda ingichka, tekis, pishiq ingichka (kamvol) ip tayyorlanadi. Movut iplar paltobob va drab gazlamalar ishlab chiqarishda, ingichka iplar esa ko‘ylak va kostyumbob gazlamalar xamda trikotaj buyumlari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Tabiiy ipak-ipak qurti o‘ragan pilladan ingichka ip, ipak qurti o‘z taraqqiyotini uch ma’lum bosqichda ingichka ip chiqarib pilla o‘raydi. SHu pilladan ipak ip olish uchun pillani xo‘llash, so‘ngra unda ipakni chuvab olish kerak. Ipak iplar qimmatbaxo xom ashyo bo‘lib u ajoyib xossalarga ega: ular pishiq bir tekis, qayishqoq va ko‘rkam bo‘ladi». Ulardan to‘qimachilik iplari olish uchun bir nechta pilladan chiqqan yakka iplar qo‘shilib kalavalarga o‘raladi. Biroq pillalarda ipakni to‘liq tortib olib bo‘lmaydi. Pillalarda qolgan ipaklar va tabiiy ipakni qayta ishlashdagi chiqindilarda yigiruv korxonalarida yigirilgan ipak ipi olinadi. Sun’iy va sintetik tolalarini barcha turlari to‘qimachilik korxonalariga shtapel (ma’lum uzunlikdagi kalta tolalar) ko‘rinishida yoki bir-nechta yakka ipni burab xosil qilingan uzluksiz kopmleks iplar ko‘rinishida keltiriladi. Sun’iy tolalar tabiiy xom ashyo-yogoch sellyulozasi, paxta momig‘i va paxta chiqindilarini qayta ishlab olinadi. Bu tolalarni ichida keng tarqalgani viskoza tolasi bo‘lib, sanoatda 36-40 mm. uzunlikdagi shtapel ko‘rinishida tayyorlanadi. Viskoza tolalari bir tekis, ularni qayta ishlash oson, yaxshi bo‘yaladi, uncha qimmat emas, lekin, ayniqsa, xo‘llanganda pishiqligi kamayadi. To‘qimachilik korxonalarida sun’iy tolalar, asetat, triasetat tolalari xam ishlatiladi. Barcha sun’iy tolalar yuqori molekulyar organik birikmalar xisoblanadi. Sintetik tolalar neft, toshko‘mir va tabiiy gazni qayta ishlash maxsulotlarini sintez qilib olinadi. To‘qimachilik tolalarini asosiy xususiyatlari 4.1-jadval. Ko‘rsat- kichlar O‘lcho v bir- ligi Paxta tolasi Zig‘ir (lub) Jun Tabii y ipak Kimyoviy tolalar o‘rta tola -li Ingichk a tolali Texni k tola Elemen -tar tola In- gich -ka Da- g‘al sun’iy tolala r Sinte- tik tolala r Tola uzunligi Mm 28- 35 35-45 150- 1200 1-60 30- 120 120- 150 500- 900 CHeki yo‘q CHiziqiy zichligi Teks 0,16 - 0,22 0,12- 0,16 0,05- 0,05 0,16- 0,33 0,33 - 0,66 0,66 -3,3 0,16 -5,5 0,1gacha va kichik Nisbiy pishiqligi Sn/teks 22- 23 29-38 35-45 40-65 10- 16 8-12 22- 35 18- 30 40-55 Uzishdagi uzayishi % 4-7 5-8 1-3 1-3 20- 40 15- 35 14- 18 15- 25 18-25 Olinadiga n ip chiziqiy zichligi Teks 12- 125 3-12 12,5- 1000 70- 1000 10- 100 50- 100 0 2- 16,5 2-25 2-25 Sintetik tolalar ichida poliamid birikma - kapron eng keng tarqalgan. Bu tola juda pishiq, uni xar xil chiziqiy zichlikda tayyorlash mumkin, nam xolatda pishiqligi deyarli o‘zgarmaydi. Kapron tolasi sof xolda xam boshqa tabiiy tolalar bilan aralashtirib ishlatiladi. Lavsan tolasi yuqori molekulyar poliefir birikma xisoblanadi va asosan shtapel, ba’zan ip ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Keyingi vaqtlarda shtapel tolasi - lavsan ko‘pincha tabiiy yoki kimyoviy tolalarga aralashtirilib ishlatilmokda. Natijada ulardan to‘qilgan gazlama uncha g‘ijimlanmaydi, pishiqlashadi va ko‘rkamlashadi. Nitron tolasi poliakrilonitril birikma bo‘lib, asosan tabiiy tolalarga aralashtirilgan shtapel ko‘rinishida ishlatiladi. Nitron kapron va lavsanga qaraganda uncha yirik emas, lekin tukli bo‘ladi. Bu xossasi uni jun tolasi bilan aralashtirilgan xolda ishlatilishini taqozo etadi. Sof nitron tolalari asosan texnik gazlamalar to‘qish uchun ishlatiladi. Ip gazlamalar ishlab chiqarishda sintetik xlorin tolasi va sun’iy tolalar - yuqori modulli viskoza va polinoz tolalar xam ishlatiladi. Ular viskoza tolalarining modifikasiyasi xisoblanadi. Download 332.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling