2-Mavzu: Tola va ularni turlari. Paxta tolasining tuzilishi va kimoviy xossalari. Tolaning fizik-mеxanik xossalari. Kimyoviy tolalar. Tolaning xossalari uning kimyoviy tarkibi va tuzilishi paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi


Download 332.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana17.10.2023
Hajmi332.49 Kb.
#1706275
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu

To‘qimachilik tolalari. 
To‘qimachilik maxsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan tolalarni 
to‘qimachilik tolalari deb ataladi. 
To‘qimachilik tolalari ko‘ndalang kesimi uzunligiga nisbatan juda kichik va 
uzunligi cheklangan, qayishqoq xamda pishiq jismlar bo‘lib yigirilgan ip va 
to‘qimachilik buyumlari tayyorlash uchun ishlatiladi. To‘qimachilik sanoatida tabiiy 
va kimyoviy tolalar ishlatiladi. Tabiiy tolalarni o‘simlik (paxta, zig‘irpoya) tolalari, 
xayvonlardan olinadigan tolalar (ipak)ga xamda anorganik, mineral tolalar (asbest)ga 
ajratish mumkin. 
Zavodlarda ishlab chiqariladigan va asosan organik geterotsen va karbsen 
sintetik yuqori molekulyar birikmalar xamda bir oz tabiiy anorganik birikmalardan 
iborat bo‘lgan tolalar Kimyoviy tolalar xisoblanadi. ¤z navbatida Kimyoviy tolalar: 
sun’iy va sintetik tolalar gruppasiga bo‘linadi. 
Paxta-issiq iqlimli joylarda etishtiriladigan g‘o‘za o‘simligi chigitini qoplab 
turadigan eng muxim to‘qimachilik tolasi. Paxta tolasi ko‘pgina ajoyib xossalarga ega-
juda qayishqoq, ilashuvchan, ingichka, lekin pishiq va eyilishga chidamli, yaxshi 
bo‘yaladi. Paxta tolasini uzunligi nisbatan tekis bo‘lib 25-40 mm.ga etadi. 
SHu xossalari tufayli paxta tolalaridan turli tuman yigirilgan iplar, kiyim va 
ro‘zg‘orbob gazlamalar, texnik maqsadda ishlatiladigan matolar, trikotaj buyumlar, 
noto‘qima matolar, to‘qimachilik-attorlik buyumlar ishlab chiqariladi. 
Lub tolalari xar xil o‘simliklarning poyalarida, barglarida yoki mevalarning 
po‘stlog‘ida bo‘ladi. To‘qimachilik sanoatida asosan poyadan olinadigan lub tolalari 
ishlatiladi. Ulardan eng muximi zig‘ir tolasidir. 
Lub tolalari zig‘ir, nasha va boshqa o‘simliklarning po‘stlog‘ida dasta-dasta 
bo‘lib joylashadi. Tolalarni po‘stloqdan ajratib olish uchun o‘simliklar uzoq muddat 
tabiiy ivitilishi, keyin ularga Kimyoviy yoki issiqlik ishlov berish, so‘ngra ezish va 
savash kerak. Bu jarayonlar ancha mushkul bo‘lib uzoq davom etadi. 
Jun va ipak, xayvonlardan olinadigan eng qimmatbaxo tabiiy tolalar jumlasiga 
kiradi. 
Jun-qo‘y, echki va tuya terisini qoplab turgan tola. Jun tabiiy, zavodda 
olinadigan va tiklangan xollarga bo‘linadi. Tabiiy jun bevosita xayvonlarning junini 
olish yo‘li bilan, tiklangan jun esa ikkilamchi jun xom ashyosini qayta tiklash yo‘li 
bilan olinadi. 


Jun tolalari paxta tolalaridan uzunroq, pishiqligi pastroq, lekin qayishqoqroq 
bo‘ladi. Shu tufayli jun gazlamalar qator qimmatli xossalarga ega bo‘ladi, ya’ni uncha 
g‘ijimlanmaydi, eyilishga chidamli va draplanuvchandir, ya’ni jun gazlamadan tikilgan 
buyumlarning dastlabki shakli yaxshi saqlanadi. 
Jun tolalaridan ikki xil yigirilgan ip uncha pishiq bo‘lmagan yo‘g‘on yumshoq 
movut ip xamda ingichka, tekis, pishiq ingichka (kamvol) ip tayyorlanadi. 
Movut iplar pal tobob va drab gazlamalar ishlab chiqarishda, ingichka iplar esa 
ko‘ylak va kostyumbob gazlamalar xamda trikotaj buyumlari ishlab chiqarishda 
ishlatiladi. 
Tabiiy ipak-ipak qurti o‘ragan pilladan ingichka ip, ipak qurti o‘z taraqqiyotini 
uch ma’lum bosqichda ingichka ip chiqarib pilla o‘raydi. SHu pilladan ipak ip olish 
uchun pillani xo‘llash, so‘ngra unda ipakni chuvab olish kerak. 
Ipak iplar qimmatbaxo xom ashyo bo‘lib u ajoyib xossalarga ega: ular pishiq bir 
tekis, qayishqoq va ko‘rkam bo‘ladi». Ulardan to‘qimachilik iplari olish uchun bir 
nechta pilladan chiqqan yakka iplar qo‘shilib kalavalarga o‘raladi. Biroq pillalarda 
ipakni to‘liq tortib olib bo‘lmaydi. Pillalarda qolgan ipaklar va tabiiy ipakni qayta 
ishlashdagi chiqindilarda yigiruv korxonalarida yigirilgan ipak ipi olinadi. 
Sun’iy va sintetik tolalarini barcha turlari to‘qimachilik korxonalariga shtapel
(ma’lum uzunlikdagi kalta tolalar) ko‘rinishida yoki bir-nechta yakka ipni burab xosil 
qilingan uzluksiz kopmleks iplar ko‘rinishida keltiriladi. 
Sun’iy tolalar tabiiy xom ashyo-yogo‘h sellyulozasi, paxta momig‘i va paxta 
chiqindilarini qayta ishlab olinadi. Bu tolalarni ichida keng tarqalgani viskoza tolasi 
bo‘lib, sanoatda 36-40 mm. uzunlikdagi shtapel ko‘rinishida tayyorlanadi. Viskoza 
tolalari bir tekis, ularni qayta ishlash oson, yaxshi bo‘yaladi, uncha qimmat emas, lekin, 
ayniqsa, xo‘llanganda pishiqligi kamayadi. 
To‘qimachilik korxonalarida sun’iy tolalar, atsetat, triatsetat tolalari xam 
ishlatiladi. Barcha sun’iy tolalar yuqori molekulyar organik birikmalar xisoblanadi. 
Sintetik tolalar neft , toshko‘mir va tabiiy gazni qayta ishlash maxsulotlarini 
sintez qilib olinadi. 

Download 332.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling