2-mavzu. Turizm va mehmonxona xo’jaligida marketingning o’rni


Download 68.73 Kb.
bet1/7
Sana31.01.2024
Hajmi68.73 Kb.
#1830155
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu (2)


2-mavzu. Turizm va mehmonxona xo’jaligida marketingning o’rni

1. “Turizm” tushunchasini aniqlash. Mehmonxona xo’jaligini ta’riflash.


2. Turizm va mehmonxona servisining global muammosi.
3. Brending. Tur maskan brendingi. Mexmonxonalar brendingi.
4. Marketingni rejalashtirish jarayoni.
5. Kommunikatsiya miksi tanlovi.


1.“Turizm” tushunchasini aniqlash
Turizm biror shaxsning faoliyatidan kelib chiqib o’zining yashab turgan hududidan tadrijiy bir yoki undan ko’proq vaqtga dam olish,biznes va boshqa maqsadlarda sayohat qilishga bog’liq munosabatlar yig’indisi sifatida tushuniladi (Wall and Mathieson, 2005). Bir tanish joydan notanish joyga jismoniy harakatlanishi belgilangan joyning tasniflanishida va iste’molchi tomonidan foydalanish huquqiga ega transport vositalaridan foydalanishda amaliy va muhim ma’lumotlar uchun zarurat bo’lganda katta foyda beradi. Turizm sanoati turizm tizimi tushunchasidagi keng markazlashgan, ishlab chiqarish hududini o’z ichiga olgan, belgilangan joylar, turizm servis sohasining diskrit elementlarini o’z ichiga olgan ko’lamdir va shuningdek transport xizmatlari, turar joy ta’minotchilari va diqqatga sazovor joylarga tashrif buyuruvchilarni jalb etish prisipallari sifatida ma’lum: shuningdek tashkillashtirilgan turizm marshrutlarini ta’minlash uchun bu elementlarni birga jo’natadigan turoperatorlar; va turoperator bilan iste’molchi o’rtasida bog’liqlikni shakllantiradigan vositachi bo’lgan sayohat agentliklari hamdir (Cooper et el., 2005). Qo’shimcha va yordamchi xizmatlarning miqdori ham qisman turizm sanoatini ta’riflash bilan tarkibiga kiradi. Faoliyatning bu asosiy turiga ketadigan xarajatlarni yozish va bilish uchun statistik ma’lumotlar yig’ish muhimdir. Bu qo’shimcha xizmatlar iqtisodiyotning aniq sektorilarini ya’ni transport firmalari, taksilar, sug’urta xizmatlari, binolar va qurilishlar, umumiy jabha xizmatlarini o’z ichiga oladi. Turizm tabiati “hayot tarzi’ faoliyati singari qisman korxona faoliyatiga va boshlovchilarga o’zining yordamini beradi va shaxsiy tadbirkorlik biznesi hukmronligini boshlaydi va shunday qilib sanoat kam sonli g’oyat yirik va qudratli ko’p millatli tashkilotlar bilan birgalikda juda ko’p sonli kichik va mikrooperatsiyalar orqali tizim sharoitida tasniflanishi odat bo’ladi (kimningdir asosiy munosabati foydali istak uyg’otmasligi mumkin; Getz va Carlson misollarini ko’ring, 2005). Bu bilan turizm sanoatida turizm faoliyati turlari, faoliyati va resusrlarida ko’p o’zgarishlar bor, degan ma’noni anglatadi. Bu faoliyat ko’pincha marketing kommunikatsiyalari shaklida uchraydi, va uning strukturasi tufayli sanoat tashkilotning keng imkon doirasi orqali marketing faoliyatining ulkan ko’lamini yaratadi.
Bundan tashqari turizm sanoatining eng muhimi turizm konsepsiyasi `belgilangan joy`dir. Hamma joylar turizmni belgilangan joyi bo’lishi mumkin va ko’p mahalliy, hududiy shuningdek milliy hukumatlar hozirda potensial yordamni anglab yetmoqdaki ya’ni turizm o’zining hududida turizm sanoatining rivojlanishini moslashtirish va osonlashtirish maqsadida ta’minlab berilayotgan resurslar orqali iqtisodiyotni rivojlanishi va qayta yaratilishi uchun manba bo’lishi mumkin. Bu odatda belgilangan manzilning marketing hamkorligi bilan faoliyatlarni uyg’unlashtirish rolini beradigan ya’ni hududiy turizm tashkilotlariga resurslarni kuzatish uchun mas’ul bo’lgan milliy turizm tashkiloti orqali amalga oshiriladi. Ommaviy va shaxsiy sektorlar o’rtasidagi sherikchilikni tashkil etadigan bu nodavlat tashkilotlar va bu tashkilotlar faoliyatlarining katta qismi milliy, hududiy va mahalliy bosqichda bo’lgan belgilangan manzilni martketing tomon yo’naltiradi. Turistik joylar mulk egalari o’rtasidagi munosabatlarning murakkab holati tufayli bozorga eng qiyin bo’lgan asoslarning ba’zilaridan biri ekanligini tan olish lozim. Turizmni ta’riflash tasnifini tan olish uchun harakat qilinayotganda turizm to’g’risida yana bir ahamiyatli tomoni bu asosan uning iste’mol faoliyatida bo’lishidir.
Turizm ayniqsa bo’sh vaqt turizmi, ta’tillar yoki bayramlar mazmundor iste’mol faoliyati deb hisoblanishi mumkin. Bu ko’pincha uy xo’jaligining bir martalik daromadining asosiy bo’lmagan buyumi sifatida qaralishidir. Garchi ko’pchilik sharhlovchilar ta’tillar G’arbiy Yevropaning yuqori rivojlangan xizmat ko’rsatish iqtisodi tomonidan ko’pincha muhim deb qabul qilinishiga va e’tibor berilishiga qaramasdan turizm asosan iste’molchining bir martalik uy xo’jaligi daromadining iqtisodiyotdagi o’zgarishiga ojizlik qilinishiga biroz shubha bor.
Marketing kommunikatsiyasi mavzusida bir kalit masala borki, turizm eng avvalo “tajribaga asoslangan” iste’mol mahsulotidir va bu tajriba xizmati marketingda iste’molchining kechinmasiga qiziqtiradigan xabarlar ehtiyojini yaratadi. Shu bilan bir qatorda turizm narx –navoni o’zgartirish uchun yoki tasodifiy va jiddiy o’zgarishlarga o’xshagan aniq manzilli mamlakatlar iqtisodiga tashqi kuchlar va o’zgarishlar ta’sir ko’rsatganda yuqori darajada himoyasiz bo’ladi. Joylar va voqea-hodisalarning yangiliklar yetkazish vositalari ham ijobiy ham salbiy bo’ladigan belgilangan joy haqidagi ma’lumotlarni iste’molchiga ma’lum qilib boradi va odamlarga joy va madaniyat taassuroti bilan ta’minlab turadi. Turizm iste’molchilari yuqori darajada o‘zgaruvchan bo’lib turadi. Garchi bu turistik maqsad tushunchasi da’vat etilishiga qaramasdan, turistlar ba’zan o’z xohishiga ko’ra dunyoni ko’rishga va yangi-yangi joylarni tadqiq qilishga oshiqishadi, demak ular belgilangan manzil yoki mamlakatga nisbatan sodiq bo’lishi aftidan kamroq bo’lishi ham mumkin.Turistik iste’molchi xulqidagi moyillik tez suratda o’zgarib turadi va bu xohish yoki moyllik ijtimoiy holatlarni kengroq munosabatda bo’lishda va tartib-intizom yoki munosabatlar shaklida foydali bo’la oladi.Turistlar xulq-atvorining eng muhim aspectlaridan biri shundan iboratki ular o’zlarining ular o’zlarining kechinmalarini boshqa odamlarga so’zlab berishni yoqtirishadi bu “bir og’iz so’z” kommunikatsiyasi deb ataladi va bunga doimo turistning xohishiga va iste’molchining xulqiga ta’sir ko’rsatadiganeng foydali,e’tiqodli va ishonchli manba sifatida misol qilib keltirilgan.



Download 68.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling