2-mavzu. Turizm va mehmonxona xo’jaligida marketingning o’rni


Brending. Turmaskan brendingi. Mehmonxonalar brendingi


Download 68.73 Kb.
bet4/7
Sana31.01.2024
Hajmi68.73 Kb.
#1830155
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu (2)

Brending. Turmaskan brendingi. Mehmonxonalar brendingi.

Brendingni roli turizm va mehmondo‘stlik tashkilotlari uchun yanada ahamiyatlidir. Brending joyning, tashkilotning yoki mahsulotning simvolik (belgili) sifati to‘g‘risida xabar yoki ma’lumot berishda muhim rol o‘ynaydi. Turizmning potensial iste’molchilari uchun, assotsiatsiyalarning samarali nufuzini shakllantirish uchun yanada brendingni metodlaridan va brending tushunchasidan foydalaniladi. Brendlarga nisbatan iste’molchilar tajribasi va ularning brendga emotsional bog‘liqligi boshlang‘ich rejalarga kiritilgan bo‘lib, ma’lum insonlarga va joylarga bog‘liqlikni aks ettiradi. Shu sababli tashkilotlarning ahamiyatli va barqaror bo‘lgan brend assotsiatsiyalarini yaratish ularning maqsadli mijozlarini, ularning qimmatliligini va muammolarini bilish bilan bevosita bog‘liqdir. Biznesda yanada raqobatbardosh bo‘lgan tashkilotlarga ular uchun yanada ahamiyatli bo‘lgan marketing xabarlari va muammolar birlashtiriladi.
Ma’lumotlarning sof hajmi va o‘z yo‘nalishini o‘zgartiruvchi media – formatlarning keng diapazoni orqali e’lonlar beruvchi tashkilotga iste’molchi ijobiy reaksiya bildiradi va marketingli rag‘batlarni tenglashtiradi. Shu tarzda marketing xabarlarini yaratish ehtiyoji iste’molchilar manfaatidagi yangi qirralarni topish real muammoga aylandi. Scott McCabe tasdiqlashicha,ijodiy marketing kommunikatsiyalari funksiyasiga, marketing funksiyalarini yanada kengroq tahlil qilmasdan turib erishib bo‘lmasligini hamda korporativ maqsadlarga jumladan, raqobatbardosh strategiyalarga va muvafaqiyatlarga erishib bo‘lmasligini isbotladi.
Mazkur jarayon tashkilot tan olishi mumkin bo‘lgan atrof muhitni yaratadi va tushunarli qilib izohlaydi, musobaqada farqlanish uchun uning xizmatlari yoki mahsulotini nozik belgilariga va farqlariga maxsus sifat taqdim etish shu tarzda unga munosabat bildirish mumkin. To‘la bo‘lgan va turli xil raqobatbardosh bozorda kompaniyalar uchun hayotiy muhim bo‘lgan narsa bu marketing kommunikatsiyalari strategiyasi orqali iste’molchilar uchun yanada ahamiyatli va qimmatli bo‘lgan yo‘nalishda o‘z takliflarini differensiallash imkoni mavjud bo‘lsin. Masalan, uncha qimmat bo‘lmagan mehmonxonalarning to‘liq bozorida brend raqobatchi mahsuloti yoki xizmatiga nisbatan iste’molchilar uchun yanada jozibador bo‘lib, uni farqlash imkoni mavjud bo‘lsin, masalan: xonalarning arzonligi bo‘lsin, shaharning o‘rta markazida joylashgani, eng mehmonsevar kishi bo‘lsin, loyallik sxemasi, uni klassidagi eng qulay xonalar, iste’molchiga o‘z xizmatlarini taqdim etish va iste’molchini qoniqish reytingi va h.k. Differensiallashning ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlari turizm mahsuloti belgilariga asoslangan, ba’zilari esa mehmonxonaga iste’molchining tashrif buyurishdagi tajribasiga asoslangan. Ko‘p va yanada ko‘p tashkilotlar mijozlari yoki potensial mijozlari ongi (ko‘z o‘ngida, aqlida, fikrida) datashkilot nufuzini shakllantirishi mumkin, tashkilot va uning mijozlari o‘rtasidagi yanada zamonaviy va/yoki yangi bo‘lgan kommunikatsiya kanallarini ishlab chiqadilar.
Mijozlar – ular qanday bo‘lmasin jamiyatdagi tashkilotning ma’lum bir a’zosidir. Qator manfaatdor tomonlar bundan oldin aytilganidek, aksionerlarni, xodimlarni, postavshiklarni, raqobatchilarni va hukumatni o‘z ichiga oladi. Kommunikatsiya turli punktlarda yoki tashkilot faoliyati sikllarida kommunikatsiyaning o‘ziga xos har bir shaklini talab etadi. Barcha marketing kommunikatsiyalari reklamaga tegishli deyilgan fikr noto‘g‘ridir. Kommunikatsiya kerakli vaqtda kerakli va mos ravishdagi ma’lumotlarni ma’lum guruhlarga yo‘naltirish, ularni yaratish bilan bog‘liqdir. IMC ga yondashuv turli xildagi jamiyatlarga ma’lumotlar va keng diapazon orqali brend xabarlarini kafolatlash instrumenti sifatida belgilangan. IMC bitta reklama kompaniyasi doirasida qator OAV orqali xabardarni aynan o‘xshatishi mumkin



Download 68.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling