2-mavzu. Umurtqalilar yoki bosh skeletlilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Baliqlar (pisces) katta sinfi


Baliqlar katta sinfining sistematikasi


Download 88.52 Kb.
bet16/24
Sana26.11.2021
Hajmi88.52 Kb.
#177729
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
2-maruza

Baliqlar katta sinfining sistematikasi. Baliqlar – umurtqalilar kenja tipining eng xilma-xil va hammadan ko’p turi bo’lgan sinfidir. Ular, arzimas istisnolarni hisobga olmaganda, yer sharidagi barcha suv havzalariga tarqalgan va ekvatordan qutblargacha, okean qa’ri bilan yer osti suvlaridai baland tog’ bo’loqlarigacha bo’lgan har xil suv muhitlari sharoitiga moslashgan bo’lib, g’oyat ko’p formalari bor. Ikkinchi tomondan, baliqlar silur davrining oxirilan beri ma’lum va to’garak og’izlilardan so’ng eng qadimgi umurtqalilar gruppasi bo’lganligidan, bir-biridan ancha uzoqlashgan bir qancha shoxchalarga ajralib ketishga bemalol ulgurgan. Bo’larning hammasi baliqlar shajara daraxtining haddan tashqari murakkablashib ketishiga sabab bo’lgan, shuning uchun ayrim shoxchalarning qon-qarindoshlik munosabatlarini aniqlash juda qiyin. Natijada, tekshiruvchilarning baliqlar sistematikasi haqidagi fikrlari g’oyat xilma-xil bo’lib qolgan.

Shunday bo’lsa-da, tekshiruvchilarning hammasi hozirgi zamondagi baliqlar bir-biridan uzil-kesil farq etadigan ikkita gruppaga: tog’ayli baliqlar (Chondrichthyes) va suyakli baliqlar (Osteichthyes) ga bo’linadi degan bir fikrni quvvatlaydi.

Tog’ayli baliqlarda suyak yo’q, shunga ko’ra ularning ichki skeleti nuqul tog’aydan iborat. Ular bir xilda bo’lmagan ikki gruppaga: sodda tuzilishdagi skeletni saqlab qolgan, lekin urchish organlari va nerv sistemasi ancha takomil etgan plastinka jabralilar yoki akulasimonlarga (Elasmobranchii) hamda kichikroq gruppa bo’lgan ximeralar yoki yaxlit boshlilarga (Holocephali) bo’linadi. Yaxlit boshlilarning yuqori jag’i miya qutisi bilan qo’shilib ketishi natijasida asosiy ovqati – mollyuskalarning qattiq chig’anoqlarini maydalash uchun yetarli darajada mustahkam bo’lib qolgan.



Suyakli baliqlarda ancha takomil etgan tashqi (teridan hosil bo’lgan) suyak skelet ham, ko’pchiliklarida ichki suyak skelet ham bo’ladi, ular jabra qopqoqlarining yordamida jabra bilan nafas oladi, bundan tashqari, suzgich pufakchalari ham bor. Suyakli baliqlar ichida eng ko’p takomil etgani suyakdor baliqlardir (Teleostei), bu gruppaga barcha baliqlarning qariyib 90% i kiradi. Suyakli baliqlar sistematikasi haqida ixtiologlar har xil fikrdalar. Ixtiologlar suyakli baliqlarni ko’pincha 4 ta kenja sinfga: tog’ay-suyaklilar (Chondrostei), shu’la qanotlilar (Actinopterygii), ikki xil nafas oluvchilar (Dipnoi) va cho’tka qanotlilar (Crossopterygii) bo’ladilar.

Quyida keltirilgan jadval kenja sinflargacha olib borilgan bo’lib, hozirgi baliqlarning sistematikasi haqida tushuncha beradi.


Download 88.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling