2-mavzu. Umurtqalilar yoki bosh skeletlilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Baliqlar (pisces) katta sinfi


Download 88,52 Kb.
bet18/24
Sana26.11.2021
Hajmi88,52 Kb.
#177729
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
2-maruza

Suyakli baliqlar sinfining umumiy ta’rifi. Suyakli baliqlar sinfi vakillari yer yuzidagi barcha suv havzalarida tarqalgan. Suyakli baliqlar umurtqali hayvonlar kenja tipi orasida eng ko’p turlarni (20 mingga yaqin tur) o’z ichiga oladi. Shuningdek, baliqlar katta sinfiga kiruvchi turlarning 97% dan ortig’i suyakli baliqlar sinfiga kiradi.

Suyakli baliqlarning eng xarakterli belgilari tubandagilardan iborat. Suyakli baliqlarning skeletida hamma vaqt ma’lum miqdorda qoplagich suyaklar bo’ladi. Ularning suyaklardan tuzilgan jabra qopqog’i bo’lib, bu qopqoq jabra teshigining ustidan qoplab, jabra apparatini ancha mukammallashtiradi. Ichki skeletida, garchi qisman bo’lsa ham, albatta suyak bo’ladi. Tangachalari (bu tangachalar ikkilamchi tartibda reduktsiyalanishi ham mumkin) ganoid yoki suyak tangacha bo’ladi (lekin plakoid tangacha bo’lmaydi). Ikki xil iafas oluvchi baliqlardan tashqari, barcha suyakli baliqlarning suzgich qanotlarini suyak shu’lalar tutib turadi. Har qaysi tomonida faqat bittadan tashqi jabra yorig’i bor. Jabraaro to’siqlari yo kichkina, yoki ko’pincha butunlay bo’lmaydi, shuning uchun jabra yaproqlari bevosita jabra yoylariga o’rnashadi. Ko’pchilik suyakli baliqlarda embrional rivojlanish davrida ichakning orqa tomonida bo’rtma sifatida hosil bo’lgan suzgich pufagi bor va u muhim gidrostatik organ hisoblanadi. Suzgich pufagi ikkilamchi tartibda rivojlanmay qolishi ham mumkin, ayrim turlarida o’pkasi (juda kamdan-kam hollarda) bo’ladi. Erkaklarida juft kapulyativ organi yo’q, urug’lanish hodisasi ba’zi istisnolarni hisobga olmaganda tashqarida, ya’ni suvda bo’ladi va ikralari mayda, shox moddali qobig’i yo’q. Tirik tug’adiganlari juda kam. ichagida spiral klapanlari yo’q, uning o’rniga ko’pchilik suyakli baliqlar ichagida ko’r (pilorik) o’simtalar paydo bo’lgan. Tog’ayli baliqlar yuragidagi arterial konus o’rniga suyakli baliqlarda aorta so’g’oni paydo bo’lgan.


Download 88,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling