2-mavzu. Umurtqalilar yoki bosh skeletlilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Baliqlar (pisces) katta sinfi


Download 88.52 Kb.
bet20/24
Sana26.11.2021
Hajmi88.52 Kb.
#177729
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
2-maruza

Pantsirli (kosali) baliqlar. Ustki silur davridan boshlab eng qadimgi baliqlarning qazilma qoldiqlari hozir Aphetohyoidea, ya’ni jag’ jabralilar yoki erkin til ostlilar degan ayrim sinf yoki gruppaga kiritiladigan baliqsimon g’alati jonivorlarning teri, suyak pantsiridan iboratdir. Bu gruppaga birinchi navbatda chin pantsirli (kosali) baliqlar (Placodermi) yoki plastinka terililar kiradi. Ularning ichki skeleti asosan tog’aydan iborat bo’lib, gavdasining oldingi qismi esa harakatchan tarzda bir-biriga qo’shilgan ikkita katta va yo’g’on suyak pantsir bilan qoplangan: bu pantsirlarning bittasi boshni, ikkinchisi esa tananing oldingi qismini qoplab turgan. Suyaklardan iborat jag’lari juda ham o’ziga xos tuzilgan bo’lib, ularning o’tkir qirralarida katta suyak tishlar bo’lgan. Ko’pgina formalarida ko’krak suzgich qanotlari (ba’zilarida esa qorin suzgich qanoti ham) bo’lgan va bu qanotlar ba’zi turlarda suyak plastinka bilan qoplangan. Shu juft suzgich qanotlarning boshqa baliqlar juft suzgich qanotlariga gomolog ekanligi anik emas. Qorinning yapaloq va ko’zning tepaga qaragan bo’lishiga ko’ra, Placodermi ning ko’pchiligi suv tagida hayot kechirgan. Bu shubhasiz, primitiv baliqlarning nihoyatda ixtisoslashgan yon shoxchasi bo’lib, bu devon davridayoq benomu nishon yo’q bo’lib ketgan va kamdan-kam formalarigina toshko’mir davrining boshigacha yashab qolgan.

Pantsirlilarning eng mashhur vakillaridan: Agthrodira gruppasiga kiradigan Coccosteus ni hamda Antiarchi gruppasiga kiradigan Pterichthyes ni ko’rsatib o’tsa bo’ladi. Bundan tashqari, jag’ jabralilarga pastki devon davrida yashagan akulanamolar Masropetalychthyidae va skatnamolar Rhenanidae ham kiradi. So’nggi vaqtlarda paleospondilus (Palaeospondilus), ya’ni eng qadimgi kichkina baliqcha ham mana shu jag’ jabralilar gruppasiga kirgizildi. Bu baliqcha ilgari qazilma to’garak og’izlilarga kirgizilar edi. Ustki silurdan to perm davrigacha yashab kelgan akantodlar (Acanthodii) jag’ jabralilar ichida markaziy o’rinni oladilar.

Akantodlarga ko’pincha duksimon gavdali mayda baliqlar kirar edi, ularning gavdasi bir-biriga tegib turadigan mayda kvadrat parchalardan iborat bo’lgan qattiq zirx bilan qoplangan bo’lardi. Suzgich qanotlarining tubi serbar bo’lib, oldida bittadan katta tikani (pixi) bo’lgan. Devon davrining boshlarida yashagan ko’p formalarning ko’krak suzgich qanotlari bilan qorin suzgich qanotlarining o’rtasida qo’shimcha suzgich qanotlar bor edi. Bu hodisani juda ham primitiv belgi deb, chunonchi bir vaqtlar yaxlit bo’lib, juft suzgich qanotlarni hosil qilgan teri burmasining qoldig’i deb tushunish kerak. O’ziga alohida diqqat jalb etadigan boshqa yana bir primitiv belgi, jag’ining tuzilishidir. Jag’lari bir nechta bo’laklardan tuzilgan bo’lib, yuqori jag’i miya qutisiga mustaqil ravishda birikkan edi, ya’ni jag’ yoyi o’zining bo’g’imli tuzilishi jihatidan ham, o’q skeletiga birikish usuli jihatidan ham hali boshqa vistseral yoylarga o’xshash bo’lgan edi. Garchi akantodlarning Aphelohyoidea ga kirishiga hech qanday shak-shubha bo’lmasa ham, ularda suyakli baliqlardagiga o’xshash ba’zi belgilar bor, xususan, ularning tangachasi primitiv Osteichthyes larning ko’pchiligiga xos bo’lgan haqiqiy – ganoid tangachaga o’xshaydi. Akantodlar, bir tomondan, ancha yuqori tuzilgan akulasimon baliqlarni, ikkinchi tomondan, suyakdor baliqlarni paydo qilgan gruppa bo’lsa hech ajab emas.


Download 88.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling