2-mavzu. Umurtqalilar yoki bosh skeletlilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Baliqlar (pisces) katta sinfi


Download 88.52 Kb.
bet23/24
Sana26.11.2021
Hajmi88.52 Kb.
#177729
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
2-maruza

Qishlash migratsiyasiga misol qilib ko’pgina baliqlarning (zog’ora – sazan, leshch, sudak, laqqa) Volga, Ural, Kura va boshqa katta daryolar deltasiga kirishini ko’rsatish mumkin. Kech kuzda o’sha yerlarda suv tagidagi chuqur joylarga nihoyatda ko’p to’planadi va shu yerda qishni o’tkazadi.

Baliqlar deyarli hamma tirik mavjudotlar bilan ovqatlanadi. Baliqlarning ovqati suv havzasining sharoiti, yil fasllari va baliqning yoshiga qarab ancha o’zgarib turadi. O’simliklar bilan ovqatlanishga moslashgan baliqlarga xumbosh baliq (tolstolobik), oq amur, qizil qanot, qora baliqlar (marinka) va xramulyalar kiradi; cho’rtan baliqlar, laqqa baliqlar, okunlar yirtqich bo’lib, boshqa baliqlar va umurtqali hamda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ko’pchilik baliqlar qish faslida umuman ovqatlanmaydi va karaxt holga o’tadi.

Suyakli baliqlarning deyarli hammasi ayrim jinsli va urug’lanishi tashqi bo’ladi. Bu baliqlar boshqa umurtqali hayvonlarga nisbatan nihoyatda serpusht bo’ladi. Ko’pchilik baliqlar yuz minglab, oy baliq esa hatto 30 mln. ikra qo’yadi. Bu ikralar yumshoq bo’lib, yaxshi himoya qilinmagan va ko’pchiligi urug’lanmaydi. Shu sababli ikralarning ko’pchiligi halok bo’lib ketadi. Urug’langan tuxumning voyaga yetgan baliqqa aylanishi nihoyatda past bo’lib, sevryuga balig’ida 0,13-0,58% ni tashkil qiladi.

Baliqlar boshqa ko’pgina umurtqalilardan aniq ko’payish mavsumiga ega emasligi bilan farq qiladi. Baliqlar nerest vaqtiga qarab 3 guruhga bo’linadi: 1.


Download 88.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling