2-mavzu. Umurtqalilar yoki bosh skeletlilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Baliqlar (pisces) katta sinfi
Baliqlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi
Download 88.52 Kb.
|
2-maruza
Baliqlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Baliqlarning tangacha va tikanaklar ko’rinishidagi eng dastlabki qoldiqlari faqat ustki silurdan topilgan. Ostki devon davrida har xil gruppalarga kiradigan talaygina baliqlar birdan paydo bo’ladi. Shunday qilib, baliqlar silurning qadimgi zamonlarida kelib chiqqan bo’lishi kerak, lekin ularning bevosita ajdodlari bizga ma’lum emas, shuning uchun ham baliqlarning kelib chiqishi haqidagi masala hali juda qorong’i. Shunday bo’lsa-da, paleontologik materiallarning o’rnini nazariy mulohazalar bilan ma’lum darajada to’ldirish mumkin. Bu mulohazalar baliqlar bilan jag’sizlar umumiy bir ajdoddan kelib chiqqanligini va o’sha ajdodning nasllari ikki tomonga qarab evolyutsiya qilganini ko’rsatadi. Qalqonlilar va to’garak og’izlilarni paydo qilgan bir shoxcha (Agnatha) entodermik jabra xaltasi, yuzaga o’rnashgan murakkab panjara shaklidagi jabra skeleti, jag’siz so’ruvchi og’iz va h.z. takomil ettirish yo’li bilan ketgan. Baliqlarga olib kelgan ikkinchi shoxcha (Gnathostomata) ning evolyutsiyasi ektodermik jabralarning taraqqiy etishi, jabra yoylarining bo’g’imlarga bo’linishi va oldiigi jabra yoylarining ovqat tutuvchi tipdagi jag’larga aylanishi, bosh miya, sezuv organlari (hidlov, eshituv, ko’ruv organlari) ning zo’r berib rivojlanishi va gavdaning ikki yon tomoni bo’ylab cho’zilgan gorizontal juft teri burmasidan juft suzgich qanotlarining yuzaga kelishi yo’li bilan borgan.
Ba’zi olimlar (L.S.Berg, Romer va Groz. Uitson) baliqlar dastlab, hamma o’ylaganidek. dengizda emas, balki chuchuk suvlarda paydo bo’lgan va dengizlarda yashaydigan barcha asosiy baliq gruppalari chuchuk suv baliqlaridan kelib chiqqan degan fikrni maydonga tashladi. S.Bergning fikricha, baliqlar asosan O’rta devon davrida chuchuk suvlardan dengizga o’tgan. Paleontologiyaga oid dalillarga qaraganda, qadimgi baliqlar faunasi juda ham turli-tuman bo’lgan, shunga ko’ra paleontologlar o’rtasida to’rt oyoqlilar (Quadrupeda yoki Tetrapoda) degan nom quruqda yashovchi umurtqali hayvonlar uchun umumiy bo’lsa, baliqlar (Pisces) degan nom ham suvda yashovchi umurtqali hayvonlarga berilgan shunday umumiy nomdir degan tushuncha ancha keng tarqalgan edi. Shuning uchun baliqlarni, quruqda yashovchi umurtqalilar singari, bir nechta mustaqil sinflarga bo’ladilar. Download 88.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling