2-mavzu. Umurtqalilar yoki bosh skeletlilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Baliqlar (pisces) katta sinfi
Download 88.52 Kb.
|
2-maruza
Bahor va erta yozda ko’payuvchi baliqlar – bularga osyotrlar, zog’ora baliqlar, laqqa baliqlar, celdlar, cho’rtan baliqlar, olabug’a baliqlar kiradi; 2. Kuzda va qishda ko’payuvchi baliqlar – losos, gulmoy (forel), treska va boshqalar kiradi; 3. Tropik dengizlarda yashovchi baliqlar – yil davomida ko’payadi.
Ba’zi baliqlarda nasl uchun qayg’urish hodisasi hosil bo’ladi, natijada, ular juda kam ikra qo’yadi. Masalan, tikan baliqlarning erkagi suv tagida yerda chuqurcha qaziydi va shar shaklida uya quradi. Urg’ochisi 20-100 ta ikra qo’yadi. Erkagi 10-15 kun uyani qo’riqlaydi. Dengiz toychasi va igna baliqlar erkagining qorin tomonida teri burmasi bo’ladi. Shu burmada urug’langan ikralarini olib yuradi. Amerika laqqa balig’i esa 50-100 ta ikralarini og’ziga solib yuradi. Ba’zi baliqlarda esa (boykul golomyankasi) tirik tug’ish jarayoni kuzatiladi. Tilyapiya balig’ining erkagi ham urg’ochisi qo’ygan tuxumini og’zida olib yuradi. Hozirgi vaqtda inson baliqlardan 40% gacha hayvon oqsilini olmoqda. Ular asosan qimmatbaho ozuqa mahsuloti uchun ovlanadi. Baliqlardan oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari vitaminlar, baliq uni, baliq yog’i va boshqa mahsulotlar olinadi. Ovlanadigan baliqlarning 90% iga yaqini dengiz va okeanlardan tutiladi. Tinch okeanidan – 40%, Atlantika okeanidan – 45%, Hind okeanidan – 10% ga yaqin va Shimoliy muz okeanidan 5% baliq tutiladi. Oxirgi yillarda O’zbekistonning suv havzalarida Amur daryosidan Amur xumboshi, oq amur baliqlari iqlimlashtirildi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda bir qancha baliqchilik xo’jaliklarida zog’ora baliq, laqqa baliq, mo’ylovli baliq, oqcha (leshch), tovon baliq (karas), qora baliq (marinka), xramulya, oqqayroq (jerex), qizil ko’z (plotva), ilonbosh, olabug’a, sudak, cho’rtan baliq va boshqalar ovlanadi.
1. Umurtqalilarning bosh skeletsizlardan farq qiluvchi belgilarini ko’rsating. 2. Umurtqalilar skeleti qanday qismlardan iborat? 3. Umurtqalilarning nafas olish va qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan? 4. Umurtqalilar kenja tipining asosiy sistematik guruhlarini ko’rsating. 5. Jag’sizlar katta sinfi va to’garak og’izlilar sinfiga kiruvchi Hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishini tushuntiring. 6. To’garak og’izlilar sinfi vakillarining ko’payishi, rivojlanishi va tarqalishini bayon qiling. 7. To’garak og’izlilar sinfining asosiy turkumlari, oilalari va turlarini ko’rsating. 8. To’garak og’izlilarning qanday ahamiyati bor? 9. Jag’og’izlilarning o’ziga xos tuzilish belgilarini ko’rsating. 10. Baliqlar katta sinfining xarakterli belgilari va sistematikasini bayon qiling. 11. Tog’ayli baliqlarning o’ziga xos tuzilish belgilarini ko’rsating. 12. Tog’ayli baliqlarning sistematikasini bayon qiling. 13. Suyakli baliqlarning o’ziga xos tuzilish belgilarini ko’rsating. 14. Suyakli baliqlarning sistematikasini bayon qiling. 15. Baliqlar yashash muhitiga qarab qanday ekologik guruhlarga bo’linadi? 16. Pelagik ekologik guruhga kiruvchi baliqlarning o’ziga xos tuzilish xususiyatlari va yashash tarzini ko’rsating. 17. Litoral ekologik guruhda yashovchi baliqlar va ularga xos belgilar nimalardan iborat? 18. Abissal ekologik guruhga kiruvchi baliqlar va ularga xos belgilarni ko’rsating. 19. Baliqlar yashash tarziga qarab qanday migratsiyalarga bo’linadi? 20. Baliqlarni sun’iy usulda ko’paytirishni tushuntiring. Qaysi tur baliqlar O’zbekistonda iqlimlashtirilgan? Download 88.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling