2-mavzu. Umurtqalilar yoki bosh skeletlilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Baliqlar (pisces) katta sinfi


Baliqlar (Pisces) katta sinfining tavsifi


Download 88.52 Kb.
bet14/24
Sana26.11.2021
Hajmi88.52 Kb.
#177729
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
2-maruza

Baliqlar (Pisces) katta sinfining tavsifi. Baliqlar ham, to’garak og’izlilar singari, jabralarini umrbod saqlab qoladigan haqiqiy suv umurtqalilaridir. Lekin sekin harakat qiluvchi to’garak og’izlilarga qarshi o’laroq, baliqlarning ko’pchiligi, muskuldor kuchli dumi hamda ko’krak va qorin suzgich qanotlaridan iborat juft suzgich qanotlari yordami bilan suvda tez va chaqqon suzadi. Baliqlarning oldinga qarab harakat qilishning asosiy usuli butun gavdasini yon tomonga qarab to’lqinsimon harakati yoki kuchli dum harakati hisoblanadi. Juft suzgichlari (ko’krak va qorin juft suzgichlari) baliq gavdasini suvda ma’lum muvozanatda ushlab turish, harakat tekisligini ta’minlash, rul va ba’zan harakat organi vazifasini bajaradi. Dum osti yoki anal suzgichlari suvda gavdaning turg’unligini ta’minlaydi.

Baliqlarning o’ta faol harakatchanligi nafaqat harakat organlarining kuchli takomillanishi, balki bosh miyasi va sezgi organlarining ham kuchli rivojlanganligi bilan bog’liq. Baliqlarning barcha sezuv organlari to’garak og’izlilardagiga qaraganda ancha takomillashgan, miya qutisi ham rivojlangan bo’lib, sezuv organlari bilan miyani yaxshi saqlab turadi. Ko’z gavxari sharsimon bo’lib, yaqindan masofadan ko’rishga moslashgan.

Baliqlar o’z o’ljalarini bir-birining qarshisida turadigan pastki va ustki jag’larining yordami bilan tutib oladi. Ularning shakli tasmasimon, yapaloq yoki ilonsimon bo’ladi. Hazm qilish nayida oshqozon, ingichka ichak va yo’g’on ichaklar paydo bo’lgan. Yirtqich baliqlarning ichagi kalta, o’txo’r baliqlarning ichagi esa uzun bo’ladi. Masalan: o’txo’r do’ngpeshona balig’ining ichagi tanasiga nisbatan 13 marta uzun bo’ladi.

Skeleti tog’aydan yoki suyakdan iborat. O’q skeleti vazifasini asosan tog’ay va suyakdan iborat umurtqa pog’onasi, ayrim turlarida esa xorda bajaradi. Baliqlar umurtqalarining soni 16 tadan (oy baliqlarda) 400 tagacha (Yangi Zelandiya kamar balig’ida) boradi.

Ko’p baliqlarning gavdasi tangachalar bilan qoplangan (ba’zi baliqlarda tangacha bo’lmasligi ikkilamchi hodisadir), tangachalari himoyalanuvchi tuzilma hisoblanadi. Shilimshiq ishlab chiqaradagan teri bezlari yaxshi rivojlangan. Ularning xakikiy tishlari bor.

Baliqlarda nafas olish organi vazifasini asosan jabralari bajaradi va jabralar ularda umrbod saqlanadi. Jabralari ektodermadan hosil bo’ladi, jabra yaproqlari bo’limlarga bo’lingan jabra yoylarining tashqi tomoniga birikadi. Nafas olish bo’limlarga bo’lingan jabra yoylarining aktiv ravishda harakat etishi tufayli yuzaga chiqadi. Ayrim baliqlarda (neotseratod, protopterus va b.) jabra bilan bir qatorda atmosfera havosidan qo’shimcha nafas olish organi – o’pka ham rivojlangan. Baliqlarning jabralari ektodermadan hosil bo’ladi, jabra yaproqlari bo’limlarga bo’lingan jabra yoylarining tashqi tomoniga birikadi.

Hid bilish organi teshigi 2ta bo’lib, bir juft yopiq hidlov xaltachalaridan iborat. Ko’pchilik turlarida suzgich pufaklari ham bo’lib, gidrostatik organ vazifasini bajaradi. Ularda yana yon chiziq organlari ham bo’lib, u gidrostatik organ hisoblanadi.



Demak. baliqlar biologik tomondan to’garak og’izlilarga nisbatan ancha yuqori turadi. Buni albatta ularning serharakatchanligi, faol xolda oziqni qidirib jag’lari va tishlari bilan tutib turishi, tashqi muhit ta’siriga tez ko’nikishidan bilsa ham bo’ladi. Bu esa baliqlarning ayrim organlarining yaxshi rivojlanganligi, ayniqsa nerv sistemasining, sezgi organlarining va skeletining yaxshi rivojlanganligi bilan bog’liq. Baliqlar asosan tashqariga, ya’ni suvga ikra tashlash orqali ko’payadi, ba’zi turlarida otalanish ichki, ular otalangan tuxum qo’yadi yoki tirik tug’adi. Baliqlarning ko’pchiligi ayrim jinsli, lekin germafroditlari ham bor (dengiz ola bug’asi, dengiz karasi).

Ikkinchi tomondan, baliqlarning miya qutisi, to’garak og’izlilardagiga o’xshash, umurtqa pog’onasi bilan harakatsiz tarzda qo’shilib ketgan yuragida faqat bitta bo’lma va bitta qorincha bor; qon aylanish doirasi (ikki xil nafas oluvchi baliqlar bunga kirmaydi) bitta bo’lib, unda qon aralashmay oqadi; eshituv organi faqat ichki quloqdan iborat.

Baliqlar katta sinfiga 20 mingdan ortiq tur kiradi va ular yer yuzasidagi barcha suv havzalarida uchraydi. Shulardan MDH da 500 dan ortiq O’rta Osiyoda 100 ta va O’zbekiston suv havzalarida 77 ta turi uchraydi. Ularning uzunligi har xil. Masalan: kitsimon akulaning uzunligi 18-20 m gacha va og’irligi 15-20 t gacha yetsa, Filippin orollarida yashaydigan pondako balig’i tanasining uzunligi 1-1,5 sm va og’irligi 1,5g, dengiz itchasining uzunligi esa 1,2 sm keladi.


Download 88.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling