2-mavzu. Umurtqalilar yoki bosh skeletlilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Baliqlar (pisces) katta sinfi


Miksinalar (Myxini) kenja sinfiga


Download 88.52 Kb.
bet11/24
Sana26.11.2021
Hajmi88.52 Kb.
#177729
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
2-maruza

Miksinalar (Myxini) kenja sinfiga bitta miksinasimonlar (Myxiniformes) turkumi kiradi. Ular ko’pincha tinch turgan va suzib yurgan baliqlar bilan oziqlanadi. Miksinalar baliqlarning ichiga kirib olib, butun ichki organlarini yeb qo’yadi, fakat baliqlarning skeleti bilan terisi qoladi. Demak, miksinalar vaqtincha bo’lsa ham haqiqiy endoparazitlar hisoblanadi. Miksinalar tanasining shakli yirik chuvalchanglarga o’xshab ketadi.

Parazitlik qilib yashashi munosabati bilan ular ko’p tomondan regressiv evolyutsiyani boshidan kechirgan, ya’ni orqa suzgich qanoti va jabra apparatining skeleti yo’qolib ketgan. Ko’zi zaif bo’lib, terisi ostiga yashiringan. Ularning og’iz oldi voronkasi atrofida 2 juft mo’ylovlari bo’lib, og’iz va burun teshiklarini o’rab turadi. Minogalarnikidek, shox tishchalar bilan qurollangan, parmalovchi organ vazifasini bajaradigan juda kuchli tili bor. Burun teshigi xidlash xaltasiga tutashgan. Xalta xalqum bo’shlig’iga ochiladi. Shuning uchun miksinalar burun teshigi orqali ham suvni xalqumiga tortib olishi, ya’ni og’zi yopiq bo’lganda ham nafas olishi mumkin.

Miksinalarning ko’pgina turlarida jabra xaltalari tashqi yo’llari teriosti nayiga yig’iladi va tashqariga bir juft teshik bilan ochiladi. Jabra xaltalarining va teshiklarining soni 15 juftgacha boradi. Burun teshigi og’iz voronkasining ustiga o’rnashgan. Miksinalarda alohida nafas nayi yo’q. Shuning uchun ham jabra yoriqlari o’tgan xalqumi bevosita qizilo’ngachga tutashgan bo’ladi.

Miksinalarning qon aylanish sistemasi o’ziga xos tuzilgan. Qonni jabralar orqali haydovchi yurak bilan bir qatorda miksinalarning boshi, jigari va dum qismida yana uchta «yuragi» bor. Bu yuraklarning qisqarishi tufayli vena qoni qon tomirlari bo’ylab oqadi. Miksinalarning qon aylanish sistemasi ochiq tipda tuzilgan.

Miksinalar terisi ostida juda ko’p shilimshiq ajratadigan bezlari bor, ular tanasining ikki yon tomonida uzunasiga qator bo’lib joylashgan. Shu bezlar orqali teri ustiga ko’plab shilimshiq ishlab chiqarish xususiyatiga ega.

Miksinalar germafrodit, yosh miksinalar faqat urug’larni ishlab chiqaradi, keksa miksinalar esa faqat tuxumlarni ishlab chiqaradi. Otalanish tashqi, ya’ni suvda o’tadi. Miksinalar 20-30 ta tuxum qo’yadi. Tuxumlarining kattaligi 2-2,5 sm keladi. Tuxum sarig’i ko’p bo’ladi. Miksinalar tuxumlarini suv tagidagi birorta substratga ilashtirib qo’yadi. Ular ikrasini asosan yozda suvga chiqaradi. Rivojlanishi metamorfozsiz, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri boradi.



Miksinalar turkumiga 18-20 ta tur kiradi va ular ikkita: Miksinalar (Myxinidae) va Bdellostomalar (Bdellostomidae) oilalariga va 5 ta urug’ga bo’linadi. Miksinalar asosan mo’’tadil va subtropik iqlimdagi okeanlarda (Atlantika, Tinch va Hind okeanlar) va dengizlarda tarqalgan.

Ular kunduzi qumga ko’milib oladi, kechasi faol bo’lib dengiz chuvalchanglari va boshqa umurtqasiz hayvonlarni hamda baliqlarni qidirishga kirishadi.

Bdellostomalar oilasi vakillarida 5 juftdan 15 juftgacha bo’lgan jabra teshiklari mustaqil ravishda tashqariga ochilishi bilan miksinalar oilasi vakillaridan farq qiladi. Ular ozig’i asosan baliqlar hisoblanadi. Bdellostomalar ancha yirik, uzunligi 1 m gacha boradi. Ular Hind va Tinch okeanlarida tarqalgan, baliqchilik xo’jaligiga katta ziyon yetkazadi. Miksinalar ayniqsa to’rga tushgan baliqlarni yeb baliq oviga katta zarar yetkazadi. Bitta treska balig’ining ichida 123 ta miksinalar parazitlik qilishligi fanga ma’lum. Miksinalarning sanoatda ahamiyati yo’q. Ular dengizlarda 20 metrdan 500 metrgacha, ba’zilari hatto 1000 metrgacha bo’lgan chuqurliklarda yashaydi.

Uzunligi 50-60 sm gacha, ayrimlari (bdellostomalar oilasi turlari) hatto1 metrgacha boradi. Miksinalardan oddiy miksina (Myxine glutinosa) Hind va Tinch okeanlarida, Shimoliy va Janubiy Amerika, Yaponiya, Afrika va Yangi Zelandiya qirg’oqlarida ko’p uchraydi. Uning uzunligi 35-40 sm ga yetadi. Miksinalar chuvalchangsimon bo’lgani uchun Linney ularni chuvalchanglar sinfiga kiritgan. Yuqorida ta’kidlanganidek miksinalarning ko’zlari reduktsiyaga uchragan. Lekin ularda yorug’likni sezishning boshqa yo’llari paydo bo’lgan, ya’ni miksinalarning boshi va dum qismida «teri ko’zlari» bo’lib, ular yordamida yorug’likni yaxshi sezadi. Miksinalar o’ljani ikki juft sezish mo’ylovlari va sezish organlari yordamida topadi.


Download 88.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling