2-mavzu. Umurtqalilar yoki bosh skeletlilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Baliqlar (pisces) katta sinfi
To’garak og’izlilarning sistematik sharhi
Download 88.52 Kb.
|
2-maruza
To’garak og’izlilarning sistematik sharhi. To’garak og’izlilar sinfiga 38-45 taga yaqin tur kiradi va ular 2 ta kenja sinfga bo’linadi: minogalar – Petromyzones va miksinalar – Myxini.
Minogalar kenja sinfiga bitta minogasimonlar (Petromyzoniformes) turkumi va bitta minogalar (Petromyzonidae) oilasi kiradi. Bu oilaning 7 ta urug’i va 30 ga yaqin turlari ma’lum. Minogalarda miksinalarga nisbatan parazitlik qilib hayot kechirish ancha kuchsiz rivojlangan, ya’ni ular chala parazitlar hisoblanadi. Minogalar baliqlarga yopishib ularning qonini so’radi va go’shti bilan oziqlanadi. Ayrim turlari ba’zan baliq ikralarini ham yeb qo’yadi, oshqozonidan suv o’tlari ham topilgan. Minogalarning xalqumi 2 ta nayga bo’lingan, yuqorigisi qizilo’ngach vazifasini, pastkisi esa nafas nayi vazifasini bajarib, ichki jabra teshiklariga ochiladi. Jabra teshiklari 7 juft. Minogalar qo’sh qavat orqa suzgich qanotini, bir muncha yaxshi takomil etgan ko’zlari bilan eshituv organlarini, og’iz oldi va jabra apparatining yaxshi rivojlangan skeleti va to’g’ridan-to’g’ri tashqariga ochiladigan jabra teshiklarini saqlab qolgan. Minogalar miksinalardan farq qilib ularning rivojlanishi metamorfozli, ya’ni o’zgarish bilan boradi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi – qumteshar deyiladi. Lichinkalari voyaga yetganlaridan farq qiladi. Minoga lichinkalarining og’zi voronkasimon bo’lmay, balki tirqishli yorig’i bor. Xalqumi qizilo’ngach va nafas olish naylariga ajralmagan. Ularning hayot kechirishi lantsetniklarnikiga o’xshash, daryoda yashab ko’p vaqtini suv ostida qumga ko’milib hayot kechiradi. Qumteshar voyaga yetgan minogaga aylanguncha, odatda 4-5 yil kerak bo’ladi. Ular yer shari suvliklarida keng tarqalgan. Ko’pchilik turlari dengizlarda yashaydi. Minogalar ichida daryolarda yashaydigan turlari va oraliq turlari, ya’ni dengizlarda yashab, urchish uchun daryolarga o’tadigan turlari ham bor. MDH da minogalarning 8 ta turi uchraydi. Daryo minogasi Boltiq dengizi va Shimoliy dengiz havzalarida yashaydi. Ular Yevropa dengizlarida, Osiyo va Amerikaning shimoliy dengizlarida ko’p uchraydi, asosan daryolarda ko’payadi. Soy minogasi (Lampetra planeri) ning uzunligi 30 sm gacha boradi. Ular asosan Yevropa daryolarida yashaydi, dengizlarda uchramaydi, may oyida ikra tashlab, so’ngra halok bo’ladi. Ularning ov ahamiyati yo’q. Minogalar orasida eng yirigi dengiz minogasi (Petremyzon marinus) bo’lib tanasining uzunligi 90-100 sm.ga, og’irligi esa 3 kg ga yetadi. Dengiz minogasi Atlantika okeanining shimoliy qismida keng tarqalgan. Bu tur shimoliy Amerika daryo va ko’llariga ham o’tib, ko’l populyatsiyasini hosil qiladi. Ular shimoliy Yevropa qirg’oqlarida, ba’zan Boltiq dengizida ham uchraydi. Dengizlarda yashasada lekin ikra tashlash uchun daryolarga o’tadi. Bu minogalar 240 ming tagacha tuxum tashlaydi. Ular dengizlarning 500 metrlik chuqurliklarida yashaydi. Ko’proq baliqlar bilan va ba’zan esa suv osti umurtqasizlari bilan oziqlanadi. Ikrasini balchiqni kovlab chuqurcha ichiga qo’yadi. Dengiz minogalari asosan bahorda daryolarga kelib ikra tashlaydi va so’ngra yana dengizga qaytadi. Ov qilish ahamiyati katta emas. Dengiz minogalarning qorin pardasi va ikralari zaharli. Shuning uchun ham ularning go’shtini iste’mol qilish oldidan, albatta qorin pardasi olib tashlanadi. Tipik oraliq turlariga Kaspiy minogasi (Caspiomyzon wagneri) kiradi. Kaspiy minogasi asosan Kaspiy dengizi va unga qo’shiladigan daryolarda yashaydi. Kaspiy minogasi ikra tashlash uchun Volga, Ural, Kuru, Terek daryolariga kiradi. Ularda ikra tashlash sentyabrdan to dekabrgacha davom etadi. Kaspiy minogasining uzunligi 40-50 sm, og’irligi 200g. keladi. Ular ham ikra tashlash davrida oziqlanmaydi va ikra tashlagandan keyin halok bo’ladi. Kasbiy minogasi ko’p miqdorda ikra tashlash davrida ov qilinadi, ikrasi zaharli hisoblanadi. Umuman minogalar yer yuzidagi o’rtacha kenglikdagi daryo va dengizlarda, janubda esa Kaliforniya, Marokko, O’rta yer dengizi va Yapon dengizi suvlarida keng tarqalgan. MDH da Kaspiy dengizida, Volga, Ural, Kura, Terek va Neva daryolarida uchraydi. Dengiz minogalari mart - aprel oylarida Volga daryosiga o’tadi. Boltiq dengizidan esa ular may oyining oxirlarida tuxum qo’yish uchun daryolarga o’tadi. Odatda erkak minogalar urg’ochilarining tuxum qo’yishi uchun joy tayyorlaydi. Uya tayyor bo’lgach urg’ochilari og’iz voronkasi bilan uya ostidagi birorta substratga yopishib tuxum qo’yadi. Ba’zan minogalar bir joyga to’dalashib, bir uyaga 40000 dan ortiq tuxum qo’yadi. Tuxum qo’yib bo’lgach ular odatda halok bo’ladi. Tuxumdan qumteshar degan lichinka chiqadi. Ozik yetishmaganda minoga lichinkalari o’z joyini bir necha marta o’zgartiradi. Yosh minogalar daryoda 6 yil yashaydi so’ngra dengizga qaytadi. Daryodan dengizga o’tish davrida oziqlanmagan och minogalar seld, losos, treska kabi baliqlarning biqiniga yopishib, tangachalarini teshadi va bu baliqlarning qonini so’radi. Oziqasi ko’p bo’lsa minogalar tez o’sib, bir yilda ularning uzunligi 0,5 metrgacha va og’irligi 200g gacha yetadi. MDH da minogalar asosan Boltiq dengizidan va unga quyiladigan daryolaridan ovlanadi. Volga daryosida esa minogalar tuxum qo’yishga chiqayotganida ovlanadi. Minogalar orasida, ayniqsa, dengiz minogasi Shimoliy Amerika daryo va ko’llarida baliqchilikka katta ziyon yetkazadi. Ular baliqlarning go’shti va qoni bilan oziqlanadi. Soy va daryolarda uchraydigan mayda minogalar parazitlik qilmaydi. O’rta Osiyoda minogalar uchramaydi. Download 88.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling