2-mavzu. Umurtqalilar yoki bosh skeletlilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Baliqlar (pisces) katta sinfi


Download 88.52 Kb.
bet6/24
Sana26.11.2021
Hajmi88.52 Kb.
#177729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
2-maruza

Qon aylanish sistemasi. Minoganing yuragi uch bo’limdan: 1. venoz sinus, 2. bitta yurak bo’lmasi va 3. bitta yurak qorinchasidan iborat. Suvda yashaydigan umurtqalilarning yuraklari kabi, minoganing yuragida ham, venoz qon bo’ladi. Yurak qorinchasidan qorin aortasi chiqadi, so’ngra bu aorta ikkiga bo’linadi. Qorin aortasining yurak qorinchasi bilan qo’shilgan yeri kengaygan bo’ladi, xuddi suyakli baliqlardagidek, aorta so’g’oni (bulbus aortae) deb shuni aytiladi. Qorin aortasining har qaysi tomonidan sakkiz juft qon olib keluvchi jabra arteriyalari chiqadi. Ular jabralar o’rtasidagi to’siqlarga boradi va har qaysi arteriya butun bir jabra xaltachasini qon bilan ta’minlamay, balki ikkita yarim jabrani, ya’ni oldinda turadigan jabra xaltachasining keyingi yarim qismi bilan orqada turadigan jabra xaltachasining oldingi yarmini qon bilan ta’minlaydi, faqat eng oldingi va eng keyingi jabra arteriyasi tegishli jabra xaltachasining bitta yarmini qon bilan ta’min etadi. Demak, barcha umurtgqali hayvonlardagiga o’xshash, bo’larning jabra arteriyalari ham, jabra. xaltachalariga mansub bo’lmay, balki jabra to’siqlariga mansubdir. Oksidlangan qon jabra kapillyarlaridan har qaysi tomonda sakkiztadan bo’ladigan qon olib ketuvchi jabra arteriyalariga yig’iladi, bu arteriyalar: toq jabra usti tomiriga (orqa aortaga) quyiladi. Orqa aortadan gavdaning oldingi tomoniga boshni qon bilan ta’minlaydigan ikkita uyqu arteriyasi chiqadi, qonning asosiy qismi esa orqa aorta orqali gavdaning ketingi tomoniga qarab oqadi. Orqa aorta, boщqa umurtqalilardagidek, bevosita xorda ostiga o’rnashgan bo’lib, gavdaning boshdan-oyog’igacha boradi va eng muhim ichki organlarga yo’l-yo’lakay katta shoxchalar beradi.

Gavdaning ketingi qismidan venoz qon dum venasiga yig’iladi, keyin bu vena ikkita ketingi kardinal venaga bo’linadi. Bo’larning har qaysisi mustaqil ravishda venoz sinusning ustki qismiga quyiladi. Boshning ustki qismidan venoz qon olib keladigan bir juft oldingi kardinal (boshqacha aytganda, ustki bo’yinturuq) venalar ham shu yerga quyiladi. To’garak og’izlilarda buyrak qopqa sistemasi yo’q, shunga ko’ra dum venasi to’g’ri kardinal venaga aylanib ketadi. Boshning pastki qismidan venoz qon olib keluvchi pastki bo’yinturuq vena venoz sinusning pastki qismiga oldingi tomondan quyiladi. Nihoyat, ichakdan venoz qon jigar qopqa venasiga yig’iladi. Bu vena jigarga kelganda mayda kapillyarga bo’linib ketadi, shu kapillyarlar yana yig’ilib, jigarning orqa tomonidan venoz sinusning pastki qismiga quyiladigan jigar venasiga aylanadi. Shunday qilib, minogada vertikal o’rnashgan o’ziga xos nay shaklidagi venoz sinusga tubandagi venalar quyiladi: 1. ketingi kardinal venalar, 2. oldingi kardinal venalar, 3. pastki bo’yinturuq vena va 4. jigar venasi. Minogalarda taloq yo’q.




Download 88.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling