Umurtqalilarning sistematikasi. Umurtqalilar kenja tipi 2 ta bo’limga, ya’ni murtak pardasiz umurtqalilar (Anamnia) va murtak pardali umurtqalilar (Amniota) ga bo’linadi. Bundan tashqari, umurtqalilar kenja tipi jag’sizlar (Agnatha), baliqlar (Pisces) va yer usti, ya’ni to’rt oyoqli umurtqalilar (Tetrapoda) katta sinflariga bo’linadi.
1-katta sinf. Jag’sizlar (Agnatha)
sinf – To’garak og’izlilar (Cyclostomata)
2-katta sinf. Baliqlar (Pisces)
1-sinf. Tog’ayli baliqlar (Chondrichthyes)
2-sinf. Suyakli baliqlar (Osteichthyes)
3-katta sinf. To’rtoyoqlilar (Tetrapoda)
1-sinf. Suvda va quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar (Amphibia)
2-sinf. Sudralib yuruvchilar yoki reptiliyalar (Reptilia)
3-sinf. Qushlar (Aves)
4-sinf. Sut emizuvchilar yoki darrandalar (Mammalia)
Umurtqalilarning kelib chiqishi. Xordalilar tipi – hayvonot olamining barcha tiplari ichida eng yoshidir. Umurtqasizlarning deyarli barcha asosiy gruppalarini paleozoy erasining eng ostki qatlamlarida shakllanib bo’lgan xolda topsak, umurtqalilar evolyutsiyasi bunga qarshi o’laroq kech boshlangan. Shuning uchun ularning takomil etish tarixining umumiy manzarasini juda bekamu ko’st tiklash mumkin.
Yaqin vaqtlarga qadar umurtqali hayvonlar azaldan dengizda yashagan deb hisoblanar edi. Barcha tuban xordalilar (ichak bilan nafas oluvchilar, pardalilar, bosh skeletsizlar) ning va hozirgi zamondagi tuban bosh skeletlilardan (to’garak og’izlilar va baliqlar) ko’pchiligining dengizda yashashi bunga asos bo’ladi. Lekin hozirgi vaqtda ba’zi olimlar bosh skeletlilar oqar chuchuk suvda yashagan deb hisoblashga ko’proq moyildirlar. Bu hayvonlarning serharakatligi va paleontologik dalillar: bosh skeletlilarning eng qadimgi qoldiqlarining dengizda yashaydigan tipik umurtqasiz hayvonlar qoldiqlari bilan birga hech qaerda topilmaganligi ham shuni ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |