Jinsiy organlari. Urg’ochi va erkak minoganing jinsiy organlari kattagina toq jinsiy bezdan iborat, bu bez gavda bo’shlig’ining ko’p qismini ishg’ol etadi. To’garak og’izlilarda erkaklik va urg’ochilik jinsiy mahsulotlari bir xil usulda tashqariga chiqariladi. Chunonchi, pishib yetilgan tuxum va spermatozoidlar jinsiy bezlar devorlarining yorilgan yerlaridan gavda bo’shlig’iga tushadi. Keyin ular bir juft maxsus teshikdan siydik tanosil sinusiga o’tadi, siydik-tanosil sinusidan siydik-tanosil geshigi orqali taщqariga, suvga chiqariladi, tuxum suvda urug’lanadi.
Shunday qilib, to’garak og’izlilarda siydik sistemasi bilan jinsiy sistema o’rtasidagi bog’lanish juda bo’sh bo’ladi va jinsiy mahsulotlarning siydik-tanosil sinusi va siydik-tanosil teshigi orqali tashqariga chiqarilishi bilangina chegaralanadi.
Lichinkasi. Minoganing tuxumidan (bo’yi 10 mm cha keladigan) qum teshar (peskoroyka) deb ataluvchi kichkina lichinka chiqadi. Qumteshar voyaga yetgan minogadan bir qancha belgisi bilan farq qiladi, bu belgilarning eng muhimlari tubandagilar: aslida nafas nayi bo’lmaydi, chunki xalqum ichakning boshqa bo’laklaridan ajralib chiqqan emas, tuban xordalilar (astsidiya va lantsetnik)dagi endostilning gomologi hisoblangan endostil bo’ladi, tuban.xordalilarning eidostili qanday vazifani bajarsa, bu endostil ham shunday vazifani bajaradi, ya’ni hayvon uning yordami bilan suvda qalqib yurgan ovqat bo’laklarini tutib oladi va shilimshiq oqimi bilan oldinga surib, xalqum oldidagi kiprikli xalqagacha olib boradi, keyin ustki tomondagi kiprikli tortma orqali qizilo’ngach tomonga qarab harakat qildiradi. Jigari naysimon. Miyasi bir muncha katta, ko’zlari murtak holida bo’lib, teri bilan to’la qoplangan, og’iz oldida so’rg’ich voronkasi bo’lmaydi, «tishlari» yo’q, og’izning oldi ikkita «lab» bilan o’ralgan, bu lablardan biri – yuqoridagi katta «lab», taqasimon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |