2-mavzu. Umurtqalilar yoki bosh skeletlilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Baliqlar (pisces) katta sinfi


Jag’og’izlilar (Gnatostomata). Baliqlar (Pisces) katta sinfining tavsifi


Download 88.52 Kb.
bet13/24
Sana26.11.2021
Hajmi88.52 Kb.
#177729
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
2-maruza

3. Jag’og’izlilar (Gnatostomata). Baliqlar (Pisces) katta sinfining tavsifi. Jag’og’izlilar bo’limiga eng keng tarqalgan va ko’p sonli umurtqali hayvonlar kiradi. Bu bo’limga qadimgi qalqondorlardan va hozirgacha yashab kelayotgan to’garak og’izlilardan tashqari barcha umurtqali hayvonlar kiradi. Xordalilar tipiga mansub turlarning 99% dan ortig’i ushbu bo’limga kiradi. Ular yer yuzida mavjud bo’lgan barcha muhitda uchraydi. Suvda asosan, baliqlar, quruqlikda esa suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar hayot kechiradi.

Jag’og’izlilar ancha murakkab tuzilgan umurtqali hayvonlardan hisoblanadi. Bosh skeletining vistseral bo’limida joylashgan og’zi oziqni yoki o’ljani ushlash va maydalash funktsiyasini bajaradigan jag’lar bilan ta’minlangan. Jag’lar jabra yoylaridan kelib chiqqan. Bo’larning ko’pchiligida asosiy tayanch vazifasini bajaruvchi xorda embrion va lichinka davrida bo’ladi, keyinchalik xorda qisman yoki butunlay umurtqa pog’onasi bilan almashinadi. Miya qutisi skeleti bosh miyani hamma tomondan o’rab oladi. Og’iz oldi voronkasi hosil bo’lmaydi. Burun teshigi doimo bir juft bo’ladi, ichki qulog’ida uchta yarim doira kanallar bo’ladi. Harakatlanish organlari suvda yashovchi baliqlarda toq suzgichlari bilan bir qatorda ikki juft (ko’krak va qorin) suzgichlar ham yuzaga kelgan. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarda esa besh barmoqli oldingi va keyingi oyoqlari paydo bo’lgan. Jag’og’izlilarning skeleti tog’ay yoki suyakdan iborat.



Jag’og’izlilar bo’limi o’z navbatida baliqlar (Pisces) va quruqlikda yashovchi umurtqalilar yoki to’rtoyoqlilar (Tetrapoda) katta sinflarga bo’linadi. Jag’og’izlilar orasida baliqlar katta sinfi vakillari eng qadimgi va tuban tuzilgan umurtqali hayvonlardan hisoblanadi.


Download 88.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling