2. Milliy g‗oya targ‗ibotida texnologiyalarning o‗rni va ag‗amiyati
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
5052 iboti texnologiyalari
o‟qitish nazariyasi
Reja: 1. Milliy g‟oyasi fanini pedagogik texnologiya asosida o‟qitish kontseptsiyasi 2. Texnologik yondoshuvning izohli-tasvirli yondashuvdan farqli jihatlari. 3. O‟qitish texnologiyalarini loyihalash qonunlari. Bugungi kunda mafkuraviy jarayonlarning yangilanib borishi , milliy g‘oyani omma ongiga uzluksiz singdirib borilishi pedagogik tafakkurni ham o‘zgartirmoqda. Olimlar oliy maktab o‘qitish tizimida ma‘ruzaning o‘rnini alohida e‘tirof etib, uning kamchiliklarini ham ko‘rsatmoqda: - ma‘ruza talabani o‘zgalar fikrini sust qabul qilishga o‘rgatib quyadi, mustaqil fikrlashini bo‘g‘adi; - ma‘ruza mustaqil shug‘ullanishga moyillikni pasaytiradi; - ma‘ruza darsliklar yuq yoki kam bo‘lgan hollardagina kerak; - ma‘ruza davomida ba‘zi talabalar mulohaza yuritishga ulgurishadi, biroq aksariyati matnni mexanik tarzda yozib boradi; - auditoriyani boshqarish murakkablashadi, teskari aloqaning yuqligi uqituvchiga o‘z foaliyatini kuzatishga imkon bermaydi. Pedagogik texnologiya mavzulari bo‘yicha oldindan loyixalanib, o‘qitish jarayoniga ko‘chirilsa, yakuniy natijani (talabaning o‘quv materialini kamida 55% o‘zlashtirishini) kafolatlash mumkin. SHu bilan birgalikda har qanday pedagogik texnologiya asosini ilmiy jihatdan qurildgan didaktik jarayon tashkil etadi.uni ajratilgan o‘quv vaqti doirasida muvaffaqiyatli amalga oshirish oliy o‘quv yurti o‘qituvchisining pedogogik mahorati darajasini belgilab beradi. Asosiy kanal (1) orqali o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha o‘quv elementlarining ro‘yxati mazmuni ma‘lum vaqt oralig‘ida talabalarga etkaziladi. Bu jarayonda yangi bilimlarni qabul qilish, tushulash, o‘zlashtirish amalga oshiriladi. Talabadan teskari aloqa (3) vositasi orqali tegishli aloqalar o‘qituvchiga etib boradi, ya‘ni o‘qitish jarayoni natijalari to‘g‘risida ma‘lumot olinadi. Bugun qo‘llanilayotgin reyting tizimi aynan shu vazifani bajarish lozim. O‘qituvchida talabalarning o‘zlashtirish darajasi to‘g‘risida aniq ma‘lumot bo‘lsagina, u o‘quv- bilish faoliyatini samarali boshqarishi, tegishli axborotning mazmuniga zaruriy tuzatishlar kiritishi mumkin. SHu o‘rinda biz ziddiyatli holatga e‘tibor qaqrtmoqchimiz: professor-o‘qituvchilar tortishuvlarga sabab bo‘layotgan holatni aniqlashtirib olish kerak. Talabalar bilimigi qaysi uslub yordamida nazorat qilish va baholash kerak? Yozma yoki og‘zaki so‘rov maqulmi, yo test-reyting maqulmi? Biroq o‘qituvchi e‘tiboridan reytingdpn ko‘zlangan maqsad – natijalar asosida o‘z faoliyatini korrektsiyalash (tuzatib borish) zarurati chetda qolib ketyapti. 23 O‘qituvchi nima uchun bir xil sharoitda talaba A. o‘quv materiallarini yaxshi o‘zlashtirayapti, degan savolga javob topishp kerak. SHunday qilib, mazkur texnologik jarayon tuzilmasi samaradorligini oshirish uchun: 1) talabalarga etkazilayotgan ilk o‘quv axborotlarining to‘liq mazmunini aniqlash; 2) talabalarning bilish faoliyatini samarali boshqarishni rejalashtirish va amalga oshirish; 3) ―o‘z-o‘zini o‘qitish‖ asosida talabaningo‘quv materialini o‘zlashtirish imkoniyatlaridan keng foydalanish; 4) Talabalarning o‘zlashtirish darajasini nazorat qilishni tashkil etish zarur. Endi bevosita fan mavzulari bo‘yicha o‘qitish texnologiyalarini loyihalash qonunlari xususida to‘xtalamiz. O‘qitish texnologiyasi (jarayn sifatida) – pedagogik muolajalar, amal va usullar ketma-ketligi (qat‘iy tartib shart emas) bo‘lib, yaxlit didaktik tizimni tashkil etadi, u pedagogik amaliyotga joriy etilishi bilan kafolatli o‘quv maqsadiga erishiladi va talaba shaxsning to‘liq rivojlanishiga imkon yaratadi. Texnologiyani tashkil etadigan muolajalar, amal va usullarni muayyan pedagogik natijaga erishish yo‘dini batafsil yoritadigan algoritm sifatida talqin qilish yaramaydi. Ularga yaxlit tarzda ta‘lmi sub‘ektlarining berilgan maqsadlarga harakatlanishini ta‘minlovchi tayanch didaktik vositalar sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. SHunday qilib, o‘qitish texnologiyasi deganda, didaktik masalalar echimiga yo‘naltirilgan yoki oldindan loyihalangan pedagogik jarayonni amaliyotga rejali va izchil tadbiq etadigan pedagogning ketma –ketli o‘zaro bog‘liq harakatlari tizimi tushuniladi. Ta‘kidlash joizki, o‘qtish texnologiyasi nafaqat didaktik jarayonning o‘zi sifatida, balki uni pedagog faoliyatining loyihalash nattijasi sifatida ham qaralishi mumkin. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling