2. Milliy g‗oya targ‗ibotida texnologiyalarning o‗rni va ag‗amiyati


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/73
Sana18.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1596834
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73
Bog'liq
5052 iboti texnologiyalari

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
 
1. ―Jamoatchilik bilan aloqalar‖ texnologiyasining mazmun va mohiyati. 
2. ―Jamoatchilik bilan aloqalar‖ ning texnologiyasining vazifalari. 
3. ―Jamoatchilik bilan aloqalar ‖ texnologiyalarini qo‘llash O‘zbekiston 
uchun qanday ahamiyatga ega? 
4. Milliy g‘oya targ‘ibotda undan qanday foydalanish mumkin? 
5. Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyasining qo‘llash hamda uni qabul 
qilishning mohiyati nimada? 
 


56 
 
 
10-MAVZU: Milliy g‟oya targ‟ibotida “jamoatchilik bilan aloqalar”. 
Reja: 
1. 
O‘zbekistonning davlat siyosatining tub mohiyatini jamiyat a‘zolariga 
etkazish.
2. 
Axborot etkazuvchining vazifalari. 
3. 
Xorijda keng qo‘llanilayotgan texnologiyalar. 
 
Bugungi kunda dunyoda katta o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bir davrda har 
bir insonning iqtidori va salohiyatini jamiyat taraqqiyoti sari yo‘naltirishga 
undalmoqda. 
O‘zbekistondagi davlat siyosatining tub mohiyatini odamlarga tushuntirish, 
ularning bu siyosatni qo‘llab-quvvatlashlariga erishish, vujudga kelgan 
muammolarni hal qilishda jamoatchilikning fikriga tayanish, siyosiy qarorlar qabul 
qilishda aholining manfaat va istaklarini o‘rganish, davlat organlari va davlat 
xizmatchilariga nisbatan jamoatchilikda ijobiy munosabat uyg‘otish, kishilarga 
etkazilayotgan axborot oqimini milliy manfaatlarga mos o‘zanga yo‘naltirish, 
fuqarolarni yot mafkuralarning zararli ta‘siridan himoyalash vazifalarini amalga 
oshirishga xizmat qiladigan yangi texnologiyalardan foydalanishga extiyoj tobora 
ortib bormoqda. 
Ana shunday texnologiyalardan biri «Jamoatchilik bilan aloqalar» 
texnologiyasidir.
2005 yilning mayida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat 
va jamiyat qurilishi akademiyasida «Jamoatchilik bilan aloqalar» bo‘limi tashkil 
etilib, faoliyat ko‘rsata boshladi.
O‘zbekistonda demokratik jamiyat asoslari takomillashib borgani sayin, 
jamoatchilik bilan aloqalarning professional mutaxassislari-piarmenlarga bo‘lgan 
ehtiyoj ham ortib bormoqda. 
Albatta biron yangi faoliyatni boshlash yoki u bilan shug‘ullanish uchun 
qonuniy asos bo‘lmog‘i zarur.O‘zbekiston rahbariyati ko‘rsatmasiga asosan 2006 
yilning 22 sentiyabrida O‘bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203- 
sonli ―Davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralarida jamoatchilik bilan aloqalarni 
rivojlantirish borasidagi chora -tadbirlar to‘g‘risida‖gi qarori e‘lon qilindi. Ushbu 
qarorda- Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati shaffofligini ta‘minlash, 
keng jamoatchilik va aholini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy islohotlardan doimiy ravishda xabardor qilib borish nazarda 
tutilgan. SHu bilan birga aholini siyosiy madaniyatini oshirib borish muhim 
ahamiyatga ega.
«Public relations» (PR) «Jamoatchilik bilan aloqalar» targ‘ibotning demokratik 
usullaridan biri sanaladi. «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari davlat bilan 
xalq o‘rtasida muloqot o‘rnatib, fuqarolarda davlat siyosatiga moyillik uyg‘otishga 
xizmat qiladi. SHu orqali davlatga hamfikr insonlarni ko‘paytirib, ularni ishonchli 
hamkorga aylantiradi.


57 
«Jamoatchilik bilan aloqalar» insonlar fikrlariga, kayfiyatiga, hissiyotiga va 
oxir oqibat hatti-harakatlariga kuchli ta‘sir ko‘rsatuvchi «ishonch va istaklar 
strategiyasidir». 
Etakchi davlatlarda bu texnologiyalardan foydalanish mafkuraviy ta‘sir 
ko‘rsatish industriyasi darajasiga ko‘tarilgan.O‘zbekistonda ham mafkuraviy 
jarayonlarni tartibga solishda «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalaridan 
foydalanilmoqda. Bu esa milliy g‘oya targ‘ibotining ta‘sirchanligini, so‘zsiz, 
oshiradi. 
«Jamoatchilik bilan aloqalar» u boshqaruvning alohida usuli bo‘lib, boshqaruv 
tuzilmalarining jamiyat manfaatlariga xizmat qilishiga e‘tiborni qaratish, amalga 
oshirilayotgan islohotlarga jamoatchilikni safarbar qilish, jamiyatda vujudga 
keladigan noxush holatlardan ogoh qilish orqali ularning oldini olishga xizmat 
qiladi. Jamoatchilik bilan aloqalar qonuniy, ochiq, samimiy, ahloqiy me‘yorlarga 
mos keladigan muloqotlar asosida amalga oshiriladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarni davlat organlari faoliyatidan xabardor 
qilishning turli mexanizmlari mavjud bo‘lib ulardan eng ko‘p tarqalgan 
«Jamoatchilik bilan aloqa» texnologiyalaridir. 
Jamoatchilikka muhim axborotlarni o‘z vaqtida etkazish, o‘zaro hamkorlik 
muhitini yaratish, jamoatchilikning ishonchini qozonish demokratik qadriyatlarni 
singdirish ishlari puxta ishlab chiqilgan reja asosida olib borilishini taqazo etadi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling