78
MAVZU: Globallashuv jarayonida yoshlar ongiga milliy g‟oyani singdirish
texnologiyalari
Reja
1.Milliy g‘oya targ‘ibotining yosh avlod orasida amalga oshirish.
2.Globallashuv tushunchasiga ta‘rif.
3.Globalizatsiyaning ob‘ektiv asosi.
O’quv mashg’ulotining maqsadi: talabalarga globallashuv jarayonlari,
dunyoning mafkuraviy manzarasi, globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari
haqida ma’lumot berish
O’quv faoliyatining natijasi: Talabalar globallashuv jarayonida milliy
g’oyaga bo’lgan ehtiyojning ortishi haqidagi tasavvurga ega bo’ladilar
1-ilova
Baholash mezoni va ko‟rsatkichlari
Guruhlar
Savolning
to‟liq va aniq
yoritilishi
0-5 ball
Misollar bilan
muammoga
echim topishi 0-
5 ball
Guruh
a‟zolarining
faolligi
0-5 ball
Jami
ball
15 – 13 ball – «a‘lo».
12 – 10 ball – «yaxshi».
9 – 6 ball – «qoniqarli».
2-ilova
Globallashuv va aksilglobalizm tushunchalarining mazmun- mohiyati
Globallashuv atamasining lug‘aviy ma‘nosi voqea-hodisalarning
dunyo miqyosi
darajasiga ko‘tarilishini anglatadi. Afsonaviy Nuh to‘foni, jahon urushlari yoki zamonaviy
kompьyuterlashuv, xalqaro terrorizm globallashuvning yorqin namunalaridir. Garchi g‘ayri
tabiiy bo‘lsa-da, kommunizm g‘oyasi ham global xomxayol edi. Globallashuvning ta‘riflari
ko‘p.
Ularni umumlashtirib, globallashuv uzluksiz davom etadigan tarixiy, umumiylashish,
milliy hududlarni tan olmaydigan jarayondir deb, ta‘riflash mumkin.
Biz yuqorida insoniyat tarixi g‘oyalar kurashidan iborat dedik.
Tabiiyki, globallashuv
jarayonining
tarafdorlari kabi, unga qarshi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlovchilar ham bor. Ular
aksilglobalistlar, g‘oyalari esa aksilglobalizmdir. Aksilglobalistlar globallashuvni yangi jahon
urushi
sifatida talqin etib, unga qarshi chiqadilar, buning uchun ma‘lum
bir sabablar, masalan,
xalqaro terrorizmni ko‘rsatadilar. Globallashuvning salbiy tomonlari ham bor,biroq u to‘xtatib
bo‘lmaydigan jarayondir.