2 mundarija
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
2 -Amaliy mashg’ulot (2 soat) Mavzu: Shisha va keramik materiallar ishlab chiqarishni rivojlanish tarixi; 1. Keramika buyumlari texnologiyasi tarixi. Keramika mahsulotlarining dastlabkisi idish bo’lgan. Unda oziq-ovqat pishirilgan va ortiqchasi saqlangan. Jumladan, neolit davrida tuxumsimon qilib ishlangan dastlabki idishlardan ovqat saqlash va pishirishda foydalanilgan. Xitoyda miloddan avvalgi 3 ming yillikdagi Yanshao davrida keramikaning rivojlanishi boshlangan. XII-XIII asrlarda esa ularning shuhrati butun dunyoga tarqalgan. Chinni nomi bilan atalgan bunday mahsulotlar Markaziy Osiyo va Eronga ham keltirilgan. Markaziy Osiyoda VIII-XII asrlarda sopol idishlar ishlab chiqarish yuqori pog’onali ko’tarilgan. Bu erlarda yashil, kulrang buyumlar olish odat tusiga kirgan. Ismoil Somoniy maqbarasi shu davrda yaratilgan noyob inshoatlardan namunadir. Keramika chinnisi ishlab chiqarish Evropada 1700 yillarning boshiga to’g’ri keladi. Birinchi chinni zavodi 1710 yili Meysenda, ikkinchi 1717-1718 yillarda Venada ishga tushirilgan. Rossiyada birinchi chinni zavodi Peterburgda 1744 yilda qurilgan. XIX-XX asrlarda keramika sanoati Markaziy Osiyoda jadal sur’atlar bilan rivojlandi. XX asrning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Quvasoy, Xiva, Regar kabi ulkan chinni korxonalari qurildi va ishga tushirildi. Farg’ona viloyatining Rishton qishlog’ida 1970 yili keramika zavodining ishga tushirilishi sopol idish va badiiy buyumlar assortimentini ko’paytirish imkonini berdi. O’zbekistonda barpo etilgan keramika sanoatining yirik korxonalari qatoriga nomlari yuqorida qayd qilinganlardan tashqari Samarqand va Toshkent kulolchilik yodgorlik buyumlari, Andijon, Chimboy, G’ijduvon, Xiva va Termiz kulolchilik buyumlari zavodlari, Angren keramika kombinati, Toshkent qurilish materiallari kombinati kiradi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling