2-Mustaqil ish mavzu: kar’er kombinatsiyalashgan transporti. Reja: 1


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana05.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1427573
1   2   3   4   5
Bog'liq
Кон маш 2 Мустакил Келичев Б

Zaboy konveyerlari pog„ona ishchi maydonchasiga joylashtirilib, kon 
massasini ekskavatordan to„plovchi konveyrgacha tashishga mo„ljallangan. 
karerlarda zaboy fronti sekin-asta siljib borganligi uchun zaboy konveyer 
seksiyalari maxsus texnika turbodozerlar yordamida yoki gusenitsalik, 
qadamlovchi mexanizmlar yordamida suriladi. 
To‘plovchi (uzatuvchi) konveyerlar karerning yon qismida joylashgan 
bo„lib, ular bir yoki bir necha zaboy konveyrlaridan yuk ko„taruvchi konveyerga 
tashishga mo„ljallangan. To„plovchi konveyrlar zaboy konveyrlari ortidan o„z 
o„qiga parallel yo„nalishda gusenitsali yoki rels yo„lli izlarda harakatlanadi. 
Yuk ko‘taruvchi konveyerlar ishchi bo„lmagan yoki vaqtinchalik ishchi 
bo„lmagan karer qismida (transheyalarda yoki er osti qiya lahimlarida) joylashgan 
bo„lib, karer ishchi qismidan kon massasini yuqoriga tashishga mo„ljallangan. YUk 
ko„taruvchi konveyer yukni to„plovchi konveyerdan olib, oddiy konveyrlarda 18º 
burchak ostida va maxsus konveyerlarda 50º gacha qiyalikda karer borti bo„ylab er 
yuzasiga ko„taradi. Yuk ko„taruvchi konveyr ancha yuqori yuritgchi va 
konstruksiyaga ega bo„lib bir erda muqim o„rnatilishga mo„ljallangan. Kon 
massasini qattiq jinslarda 14º burchakdan yuqori va yumshoq jinslarda 18º dan 
yuqori balandliklarga unumli va xavfsiz ko„tarish uchun lenta yuzasi qovurg„alarga 
bo„linib yasaladi yoki yuqoridan bosib turuvchi lenta yoki zanjirli to„r ishlatiladi. 
Ular materialni pastga surilib ketishiga yo„l qo„ymaydi. 
Magistral konveyrlar karer yuzasida joylashgan bo„lib, qoplama jinslarni 
ag„darmaga va foydali qazilmalarni boyitish fabrikasiga yoki omborlarga tashishga 
mo„ljallangan. 
Ag‘darma konveyrlar ag„darmalarda joylashgan. Bajaradigan ishiga qarab 
ular zaboy konveyerlariga o„xshab ketadi. Ular ag„darma fronti deyiladi. Tuzilishi 
bo„yicha qayta yuklovchi va ag„darma hosil qiluvchilar bilan birgalikda kompleks 
hosil qiladi. Qayta yuklovchi uzatuvchi a‟zo vazifasini o„taydi, ekskavatordan 
zaboy konveyerigacha yoki zaboy konveyeridan to„plovchiga bir gorizontdan 
ikkinchisiga, shuning uchun u o„zi yurar gusenitsali yoki qadamlovchi shakldagi 
yurish mexanizmiga ega bo„lib, qabul qiluvchi va konveyer so„ngida to„kuvchi 
qismlari bo„lib, bu qism 18º gacha har qanday qiyalikda ishlay oladi. YAssi 
tekislikda qabul qiluvchi moslama va to„kuvchi qismlari 60º gacha burchakka 
burilishi mumkin. 


Kelichev B 


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling