2 Savolga javob Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish


-§. Yo‘lovchilar tomonidan unutilgan buyumlarni saqlashga topshirishni rasmiylashtirish


Download 48,71 Kb.
bet12/18
Sana29.03.2023
Hajmi48,71 Kb.
#1306020
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
2 jovobi

5-§. Yo‘lovchilar tomonidan unutilgan buyumlarni saqlashga topshirishni rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
83. Yo‘lovchilarning unutib qoldirgan buyumlari qatnov tugashi bilan haydovchi tomonidan avtovokzal (avtostansiya) smena navbatchisiga yoki tashuvchining navbatchi dispetcheriga, ular bo‘lmaganda esa — belgilangan tartibda davlat xizmatlari markaziga topshirilishi shart.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2022-y., 09/22/28/0041-son)
Oldingi tahrirga qarang.
84. Avtovokzal (avtostansiya) navbatchisi, tashuvchining navbatchi dispetcheri topilgan buyumlarni olib kelgan shaxs ishtirokida unutilgan buyumlarning ro‘yxati bilan ikki nusxada dalolatnoma tuzishi shart.
(84-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2022-y., 09/22/28/0041-son)
85. Dalolatnoma tuzilgandan keyin omborchidan ikki nusxaga ham tilxat olinib, bittasi tashuvchida qoldiriladi, boshqasi esa omborxonaga topshirish uchun omborchiga barcha buyumlar bilan birgalikda beriladi.
86. Avtovokzal (avtostansiya) navbatchisi yoki tashuvchining navbatchi dispetcheri yo‘lovchining avtotransport vositasida unutib qoldirgan buyumlarni qidirishga tegishli bo‘lgan savollariga tushuntirish berishi shart.
V bob. Yo‘lovchilar avtovokzallari (avtostansiyalari)
87. Avtovokzallar (avtostansiyalar) aholi yashash joylarida hamda avtomobil yo‘llari trassalarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va xalqaro, shaharlararo hamda shahar atrofida qatnovchi avtobus yo‘nalishlarida avtobuslar harakatiga tezkor rahbarlik qilish, foydalanish xizmat xonalarini va haydovchilarning dam olish xonalarini joylashtirish uchun tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Har bir avtovokzal belgilangan namunadagi o‘z pasportiga ega bo‘lishi kerak. Pasport Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan beriladi.
(87-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
88. Avtovokzallar (avtostansiyalar) muayyan toifa va klasslarga bo‘linadi. Yo‘lovchilar avtokzallari (avtostansiyalari)ni toifalarga va klasslarga kiritish tartibini, ularning funksiyasini, ishlarning texnologik jarayonini belgilovchi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(88-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
VI bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalari (buyurtmalari) yoki boshqa tashish shartnomalari bo‘yicha ularga beriladigan avtobuslar va yengil avtomobillarda yo‘lovchilar tashish

Download 48,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling