-O’qituvchi: Mana, “Hakkalar” qo’shig’ining qolgan misrasini ham kuylashni o’rganib oldingiz, keling, mana shu qo’shiqni milliy estrada ohangi yo’nalishida harakatlar bilan ijro etib ko’rsak, marhamat.
O’quvchilar milliy estrada yo’nalishida qayta ishlangan “Hakkalar” qo’shig’ini harakatlar yordamida ijro etadilar.
5.Yangi mavzuni mustahkamlash.
-O’qituvchi: Barakkala, qo’shiqni juda ham chiroyli harakatlar yordamida ijro etdingiz, keling, endi sizlar bian musiqa savodi bo’yich olgan bilimlarimizni takrorlasak.Musiqa fanidan nimalarni o’rgatadi?
-O’quvchi: Musiqa fanida qo’shiq kuylashni, musiqa tinglashni, cholg’u asbobini chalishni va musiqa savodini o’rgatadi.
-O’qituvchi: To’g’ri javob bo’ldi. Hozir har bir guruh bilan qatorga o’yin o’ynaymiz. Bu o’yinimiz nomina “Zo’r, zo’r hammadan zo’r! deb nomlaymiz. Bunda har bir qator savollar beraman va to’g’ri javoblardan tovushlarni xilma xilligini aniqlaymiz. Demak, nimalarning tovushlari bor?
1-qator: Qushlarni, mashinalarni tovushlari borligini aytadilar
2-qator: Radioni, televizorni, cholg’u asbobini tovushlari borligini aytadilar.
3-qator: Shamolni, eshikni tovushlari borligini aytadilar
-O’qituvchi: Demak, shamolni, mashinalarni, eshikni tovushlari qanday tovushlarga kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |