-O’quvchi: Shovqinli toyushlarga kiradi.
-O’qituvchi: Judayam to’g’ri, dutor, doira, rubob kabi cholg’u asboblarida ijro etiladigan yoqimli kuy va qo’shiqlar qanday tovushlarga kiradi?
-O’quvchi: Musiqiy tovushlarga kiradi.
-O’qituvchi: Tasanno, demak tabiatda ikki xil tovush borligini aniqlab ham oldik, endi esa navbatdagi o’yinimizni o’tsak. Nimalarning kalitlari bor?
1-qator: Mashinani, sandiqni kaliti borligi haqida aytib o’tadilar
2-qator: Musiqaning kaliti borligini aytadilar
3-qator: Eshikni, shkafni kalitlari haqida aytib o’tadilar
-O’qituvchi: Javoblaringizdan shuni aniqlab oldikki, hayotimizda hamma narsaning kaliti bo’lgani kabi musiqada ham kalitlar bo’lib, ularga “Skripka” va “Bas” kalitlaridir Kim menga aytadi, o’zbek xalq cholg’u asboblariga qanday asboblar kiradi?
-O’quvchi: O’zbek xalq cholg’u asboblariga dutor, rubob, nay, chang, g’ijjak, doira kabi cholg’u asboblar kiradi.
(Ekranda o’zbek xalq cholg’u asboblari namoyish etiladi)
-O’qituvchi: To’g’ri javob berdingiz, ana endi sizlar bilan o’zbek milliy cholg’u asboblaridan doira asbobida qiydagi mashqni bajaramiz, sizlar esa qo’llaringiz yordamida chappak chalib ushbu mashqni bajarasizlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |