-O’quvchi: Gerb-Emblem
-O’quvchi: Bayrog’-Flag
-O’quvchi: Madhiya-Anthem
-O’qituvchi: Aziz bolajonlar, hozir o’lkamiz bahor fasli hukm surmoqda,bahor fasli nechta oydan iborat?
-O’quvchi: Bahor fasli uch ta oydan iborat.Ular mart, aprel va may oylaridir.
-O’qituvchi: Mana shu uch ta oyni kim menga ingliz tilida aytib beradi?
-O’quvchi: March,april,nay
-O’qituvchi: Bahor faslida qanday bayramlarni o’tkazamiz?
(Ekranda slaydda rasmlar namoish etiladi)
-O’quvchi: Yurtimizda “8- mart Xalqaro xotin-qizlar kuni”, “21-mart Umum xalq bayrami”, “Xotira va qadrlash kuni” kabilarni o’tkazamiz.
(Ekranda slaydda rasmlar namoish etiladi)
-O’quvchi: Yaqinda milliy bayramlarimizdan Navro’z bayramini nishonladik.Navro’z degani “Yangi kun”degani.Navro’z bayramida turli sayllar o’tkaziladi, bayram va sayllarga atab kuy-qo’shiqlar ijro etiladi.Turli o’yinlar o’tkaziladi.
(Ekranda slaydda rasmlar namoish etiladi)
-O’quvchi: Navro’z bayramida sumalak va yangi o’sib chiqqan ko’katlardan bahoriy taomlar pishiriladi.
-O’quvchi: Navro’zda milliy uyinlarimizdan “Xo’roz jangi”, “Darbozlik”, “Kurash”,”Ot uloq”, “Orqon tortish”, “Varrak uchirish” kabi milliy uyin va musobaqalarmizni o’tkazamiz.
-O’qituvchi: Tasanno, bahor faslida o’lkamizga eng birinchi qanday qushlar uchib keladi?
-O’quvchilar: Bahor faslida o’lkamizga eng birinchi bo’lib qaldirg’och, laylak va turnalar uchib keladi.
-O’qituvchi: Barakalla, mana sizlar bilan qisqacha o’tkazgan savol-javoblarimiz orqali odobnoma, tabiat va ingliz tili fanlaridan qay tarzda bilimlar olayotganingizni namoyon eta oldingiz, keling, endi, bolajonlar sizlar bilan o’tgan mavzularimizni qisqacha yodga olib mustahkamlasak.
Do'stlaringiz bilan baham: |