2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar


Download 42.38 Kb.
bet13/21
Sana26.10.2023
Hajmi42.38 Kb.
#1724054
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
16-mavzu

Sillogizmning moduslari.
Asoslarning sifat va miqdoriy tasnifi bilan farqlanadigan sillogizm turlariga oddiy qat’iy sillogizm moduslari deb aytiladi.
Modus - lotincha «modus» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, tur, qoida, degan ma’nolarni anglatadi. Har bir sillogizm ikki asos hukm va bir xulosa hukmdan hamda bu hukmlarning umumiy birlashgan tasnifi to‘rt turdan, umumiy tasdiq (A), umumiy inkor (E), juz’iy tasdiq (I) va juz’iy inkor (O) hukmlardan iborat bo‘ladi. Sillogizmning moduslari sillogizm umumiy qoidalari va o‘rta terminning figurada joylashgan tartibiga ko‘ra, hukmlarning o‘zaro bog‘lanishi natijasida paydo bo‘ladi. Har bir asos to‘rt hukmdan biri bo‘lishi mumkin. Bir figuraning asoslarida yuz berishi mumkin bo‘lgan asoslarni birlashtirishning 16 turi mavjud, to‘rtta figurada 64 ta. Hamma moduslar ham sillogizmning qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Ishonchli xulosani faqat 19 ta modusdan olish mumkin. Ular quyidagilar:
1- figura: AAA, eAE, AII, eIO;
2- figura: eAE, AEE, eIO, AOO;
3- figura: AA I, IAI , AII, eAO, OAO, eIO;
4- figura: AA I, AEE, IAI, eAO , eIO.
Sillogizm moduslari figuralarning maxsus qoidalaridan olinadi.
Figuralarning maxsus qoidalari.
1-Figura. Katta asos umumiy hukm, kichik asos tasdiq hukmi bo‘lishi kerak.
2-Figura. Katta asos umumiy hukm asoslardan biri va xulosa inkor hukm bo‘lishi kerak.
3 - Figura. Kichik asos tasdiq, xulosa juz’iy hukm bo‘lishi lozim.
4-Figura. Umumiy tasdiq xulosani bermaydi. Agar katta asos tasdiq hukmidan iborat bo‘lsa, kichik asos umumiy hukm bo‘ladi. Asoslardan biri inkor hukm bo‘lsa, katta asos umumiy hukmdan iborat bo‘ladi.
Qisqartma qat’iy sillogizm (entimema). Entimema yoki qisqartirilgan qat’iy sillogizm, deb sillogizmdagi asoslardan biri yoki xulosaning tushirib qoldirilishiga aytiladi. «Entimema» tushunchasi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «esda», «fikrda», «yodda» degan ma’nolarni anglatadi.
Entimemalar uch turga bo‘linadi: katta asosi tushirib qoldirilgan, kichik asosi tushirib qoldirilgan va xulosasi tushirib qoldirilgan entimemalar.
1) Katta asosi tushirib qoldirilgan entimemaga misol:
«O‘zbekiston - mustaqil Respublika».
Demak, O‘zbekistonning ham o‘z Konstitutsiyasi bor. Mazkur entimemada «Barcha mustaqil Respublikalar o‘z konstitutsiyasiga ega», degan katta asos tushirib qoldirilgan.
2) Kichik asos tushirib qoldirilgan entimemaga misol:
«Barcha O‘zbekiston fuqarolari bilim olish huquqiga ega».
Demak, sen bilim olish huquqiga egasan.
Bu misolda kichik asos «Sen O‘zbekiston fuqarosisan», degan hukm tushirib qoldirilgan.
3) Xulosasi tushirib qoldirilgan entimemaga misol:
«Barcha fuqarolar uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi».
«Sen fuqarosan».
Bu misolda «Demak, sen uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi», degan hukm xulosa sifatida tushirib qoldirilgan. Entimema singari qisqartirilgan sillogizmlar, asosan, xalq maqollari, aforizmlarda ko‘p uchraydi.

Download 42.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling