2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar


Download 42.38 Kb.
bet15/21
Sana26.10.2023
Hajmi42.38 Kb.
#1724054
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
16-mavzu

Progressiv soritda polisillogizmning xulosasiepisillogizmlarning katta asosi tushirib qoldiriladi. Masalan,«Barcha ijtimoiy xavfli harakatlar (A) jazolanadi» (V).«Jinoyat (S) - ijtimoiy xavfli harakatdir» (A).«Pora berish (D) jinoyatdir» (S).«Pora berish (D) jazolanadi» (V).
Mazkur progressiv soritning sxematik tuzilishi quyidagicha:
Barcha A - V dir.
S - A dir.
D - S dir.
D - V dir.
Regressiv soritda prosillogizmning xulosasi va episillogizmlarning kichik asosi tushirib qoldiriladi. Yuqoridagi regressiv polisillogizmga oid yuqoridagi misolimizni regressiv soritga aylantiramiz:
«Rahimov (A) fuqarodir» (V).«Fuqarolar (V) fikr yuritish va uni ifodalash erkinligiga ega» (S).«Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi (S) demokratik erkinlikdir» (D). Rahimov (A) demokratik erkinlikka ega (D).
Mazkur progressiv soritning sxematik tuzilishi quyidagicha:
A - V dir.
V - S dir.
S - D dir.
A - D dir.
5. Epixeyrema.Epixeyrema murakkab qisqartirilgan sillogizm bo‘lib, uning ikki asos hukmlari qisqartirilgan oddiy sillogizm (entimema)lardan iborat bo‘ladi. Masalan, «Ongli mehnat (A) hurmatga sazovor (S), chunki ongli mehnat (A) shaxs va jamiyat rivojiga xizmat qiladi (V).
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnati (D) ongli mehnat (A), chunki HMQO xodimlari (D) jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi (E). Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari (D) hurmatga sazovordir (S). Umumiy va tasdiq muhokamalar uchun epixeyremaning sxematik tuzilishi quyidagicha ifodalanadi:
A - S dir, chunki A - V dir.
D - A dir, chunki D - E dir.
D - S dir.
Epixeyremaning birinchi va ikkinchi asoslari qisqartirilgan qat’iy sillogizm entimema bo‘lib, ularda asoslardan biri tushirib qoldiriladi. Epixeyremaning birinchi va ikkinchi asoslari quyida to‘laligicha ifodalangan:
Bu yerdagi birinchi va ikkinchi sillogizmlarning xulosasini uchinchi sillogizmning katta va kichik asoslari sifatida olsak:
A - S dir.
D - A dir.
D - S dir ko‘rinishida ifodalanadi.
Epixeyremaning to‘laligicha ifodalasak:
1.«Shaxs va jamiyat rivojiga xizmat qiladigan harakatlar (V) hurmatga sazovor» (S).
«Ongli mehnat (A) jamiyat va shaxs rivojiga xizmat qiladi» (V).
«Ongli mehnat (A) hurmatga sazovor» (S).
2.«Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash (E) ongli mehnatdir (A).
«Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari (D) jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi» (E).
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnati (D) ongli mehnatdir (A).
Bu misolda birinchi va ikkinchi sillogizm xulosalari uchinchi sillogizm asoslari bo‘ladi.
3.Ongli mehnat (A) hurmatga sazovor (S).
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnati (D) ongli mehnatdir (A).
1. V - S dir. A - V dir. A-S dir.
2. E - A dir. D - e dir. D - A dir.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnati (D) hurmatga sazovor (S).
Epixeyremadan bahs va munozaralarda fikrlarning to‘g‘riligini tekshirish hamda mantiqiy xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadlarida keng foydalaniladi.

Download 42.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling