2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar


Download 42.38 Kb.
bet18/21
Sana26.10.2023
Hajmi42.38 Kb.
#1724054
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
16-mavzu

Ilmiy induksiya. Ilmiy induksiya xulosa chiqarishning shunday turiki, unda xulosa chiqarish uchun hodisalar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish asos qilib olinadi. Ilmiy induksiyada xulosa, hodisalarning muhim xususiyatlarining takrorlanishini o‘rganish natijasida hosil bo‘ladi. Sababiy bog‘lanish hodisalar o‘rtasidagi bog‘la- nishlarning eng muhimidir. U narsa va hodisalarni asoslab beradigan qonuniyatlarni yechishga imkoniyat yaratadi. Ilmiy induksiya xulosalari ilmiy ahamiyatga ega ekanligini F. Bekon asoslab berdi. Uning metodlarini esa J.St. Mill’ ishlab chiqdi. Shuning uchun ba’zan uni Bekon - Mill’ induksiyasi deb atashadi. Mantiq fani ilmiy induksiyaning quyidagi metodlarini o‘rganadi.
O‘xshashlik metodi. Bu metodning mohiyati quyidagilardan iborat. Agar ikki yoki undan ortiq hodisalarning birorta o‘xshash tomoni mavjud, ularning natijasi bir xil bo‘lsa, shu o‘xshash tomoni hodisaning sababidir deb xulosa chiqariladi. O‘xshashlik metodi yordamida xulosa chiqarish ko‘pincha kuzatish bilan bog‘liq bo‘ladi. Hodisalar kuzatilganda ularga hech qanday ta’sir o‘tkazilmaydi. O‘xshashlik metodining mohiyatini quyidagi formula orqali berish mumkin: AVS hodisasi ro‘y berganda, a hodisasi ro‘y beradi. ADE hodisasi ro‘y berganda, A hodisasi ro‘y beradi. Demak, A holati a hodisasining sababchisidir. Masalan, temir, mis, po‘latdan yasalgan mayatniklar bir xil uzunlikda osib qo‘yilsa, ularning tebranish davri bir xil bo‘ladi. Tebranish davrining bir bo‘lishiga sabab mayatniklarning nimadan yasalgani emas, balki sterjenlarning bir xil uzunlikda bo‘lishidir. Hamma hollarda faqat shu tomoni o‘xshash bo‘lib, qolgan tomonlari, ya’ni kimyoviy sostavi, zichligi, og‘irligi, qattiqligi va boshqa tomonlari bilan farq qiladi.
Tafovut metodi. Bu metodning mohiyati shundan iboratki, agar hodisa bir holatda ro‘y bersa, ikkinchi holatda ro‘y bermasa, ularning farq qiladigan tomoni mavjud bo‘lsa, shu tomoni hodisaning sababi, deb xulosa chiqariladi. Tafovut metodi bo‘yicha xulosa chiqarish ko‘pincha tajriba o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘ladi. Tajriba o‘tkazilganda, maqsadga mos keladigan sharoitlarni yaratish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, tajriba o‘tkazganda natija ta’sir qiladigan hamma shart-sharoitni hisobga olish lozim. Tafovut metodining mohiyatini quyidagi formula orqali berish mumkin: AVS hodisasi ro‘y berganda, a hodisasi ro‘y beradi. VS hodisasi ro‘y berganda, a hodisasi ro‘y bermaydi. Demak, A holati a hodisasining sababidir. Masalan, quyosh nuri ko‘proq tushib turgan joyda etilgan mevalarning mazali va yirik bo‘lishi ma’lum, aksincha soya joyda yetilgani bemaza va mayda bo‘ladi. Boshqa tomonlari bir xil bo‘lib, bir tomondan farq qilgani, ya’ni quyosh nurining kuchi turlicha bo‘lgani hodisaning sababi bo‘ladi.

Download 42.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling