2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar


Download 42.38 Kb.
bet2/21
Sana26.10.2023
Hajmi42.38 Kb.
#1724054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
16-mavzu

2. Hukm va gap. Agar tushuncha so‘zda reallashsa, hukm grammatik gapda ifodalanadi. Gapda ifodalanmaydigan hukm bo‘lmaydi. Masalan, «Toshkent - O‘zbekistonning poytaxtidir», «Ba’zi SamDU talabalari sportchilardir» kabi hukmlar grammatik gap orqali ifodalangan. Demak, gapning hosil bo‘lish jarayoni ham hukm bilan bog‘liq.
Hukm turli grammatik shaklda ifodalanishi mumkin. Masalan, «Men seni a’lochi tinglovchi deb bilaman» yoki «Men seni yomon tinglovchi deb bilmayman». Bir hukm turli tilda turlicha ifodalanadi. Masalan, «u talaba», «он студент». Keltirilgan misollarimizda turli xil ifodalangan gap bir narsani ifodalovchi hukmni tashkil qiladi. Shuning uchun hukm bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinganda, u o‘z mazmuni va tuzilishini saqlaydi. Bu til bilan tafakkurning birligini ko‘rsatadi. Biroq tafakkur bilan til aynan bir narsa emas. Shuning uchun hukm bilan gap ham aynan birxil emas. Demak, ularning o‘rtasidagi birlik farqlarini yo‘qqa chiqarmaydi. Hukm gapda ifodalanadi. Har qanday gap esa hukm bo‘lavermaydi. So‘roq va undov gaplar shakliga ko‘ra hukm bo‘la olmaydi. Masalan, «Siz ma’ruza eshitishni xohlaysizmi?», «Uyalmasdan tezroq gapirsang- chi!», «Bu yoqqa kel!» kabi gaplar hukm bo‘la olmaydi. Chunki bunday gaplarda tasdiq yoki inkor qilib aytilgan fikr yo‘q. Ularning haqiqat yoxud haqiqat emasligi (to‘g‘ri yoki xato ekanligi) aniqlangan emas. Gap hukm shakliga kirishi uchun tasdiq yoki inkor qilib aytilishi hamda to‘g‘ri yoki xato ekanligi aniqlangan bo‘lishi shart.
Endi hukmning tarkibini ko‘rib chiqaylik. Odatda, har bir hukmning uch asosiy elementi bo‘ladi. Bular subyekt (lotin tilidagi «subjetstum - ega» so‘zidan olingan), predikat (lotin tilidagi «praeditsatum- kesim»so‘zidan olingan) va mantiqiy bog‘lovchidan iborat. Masalan, «Ahmedov birinchi kurs talabasidir». Bunda «Ahmedov» - subyekt (mantiqiy ega), «birinchi kurs talabasi» - predikat (mantiqiy kesim), «dir» esa mantiqiy bog‘lovchi bo‘lib kelyapti. Hukmning subyekti fikrdagi narsani bildiradi. Shuning uchun hukmdagi fikr nimaga qaratilgan bo‘lsa, uning subyekti hisoblanadi. U «S» harfi bilan belgilanadi. Hukmning predmetini tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan kesim «predikat» deb ataladi. U «R» harfi bilan belgilanadi.
Bog‘lovchi subyekt bilan predikat o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatadi va «dir», «emas», «yo‘q», «zarur» kabi so‘zlar bilan ifodalanadi. Masalan, «Ahmedov 201-guruhning sardori». Hukmning umumiy sxemasi quyidagicha: «S - R» bunda S - subyekt (ega), R - predikat (kesim) «-» belgisi esa subyektning predikat bilan munosabatini ifodalovchi bog‘lovchi. Mazkur munosabat yozuvda «S - R dir» kabi belgilanadi.
Hukm tafakkur shakli sifatida sodda va murakkab hukmlarga bo‘linadi. Sodda va murakkab hukmlar ham o‘z navbatida bir nechta turlarga ajraladi. Endi bu hukm turlarini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.

Download 42.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling