2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar


Download 42.38 Kb.
bet3/21
Sana26.10.2023
Hajmi42.38 Kb.
#1724054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
16-mavzu

3. Sodda hukm va uning turlari. Agar fikr birgina hukmdan iborat bo‘lsa, sodda va aksincha bir qancha sodda hukmlarning yig‘indisi bo‘lsa, murakkab bo‘ladi. Sodda hukm formulada quyidagidek ifodalanadi:«S - Rdir» yoki «S - R emas».
Sodda hukmlar ularda ifodalangan buyumning belgisi, munosabati va mavjudligi haqida bahs yuritishga, boshqacha qilib aytganda, predikatning mazmuniga ko‘ra ular uch turga bo‘linadi:
1. Atributiv hukmlar.
2. Munosabat hukmlari.
3. Mavjudlik hukmlari.
Atributiv (belgiga oid) hukm - predikat biror xususiyatning narsaga xos yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko‘rsatiladi. Shuning uchun atributiv hukmlarni qat’iy hukmlar ham deb yuritiladi. Masalan, «O‘zbekiston - Respublika tipidagi davlat», «Ko‘p xil fikrlilik, jinoiy javobgarlik emasdir» - kabi hukmlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Uning formulasi: «S - Rdir» va «S - R emas».
Munosabat hukmlari - hukmda ifodalangan narsalarning o‘rtasidagi bog‘lanish va munosabatlarni tasdiq yoki inkor tarzda ifodalaydi. Masalan, «Dialektik mantiq formal mantiqqqa nisbatan murakkabdir», «Jamiyat qonunlari tabiat qonunlariga nisbatan o‘zgaruvchandir» va boshqalar. Munosabat hukmning formulasi quyidagicha: «ARV». Bunda «A» va «V» hukmlarning nomlari, «R» esa ularning orasidagi munosabatni ifodalaydi.
Mavjudlik hukmida predikat biror narsa va hodisaning mavjud yoki mavjud emasligini bildiradi. Masalan, «Ba’zi talabalar darslarni o‘z vaqtida o‘zlashtirmaydilar». Mazkur hukmda talabalarning orasida darslarni o‘z vaqtida o‘zlashtirmaydiganlari ham mavjud ekanligi bildirilmoqda. Mavjudlik hukmida ifodalangan narsaning mavjudligi tasdiq yoki inkor qilinadi.
Sodda hukmlar miqdor va sifati jihatidan ham turlarga bo‘linadi. Sodda hukmlar miqdor jihatdan fikrning bir yoki bir nechta buyum haqidaligiga qarab yakka, juz’iy va umumiy turlarga bo‘linadi.
Hukmda ifodalangan fikr bir buyumni tasdiq yoki inkor esa, bu holda u yakka hukm deb ataladi. Masalan, «Abu Nasr Forobiy - «Fozil odamlar shahri» kitobining muallifi», deyilsa mazkur hukm yakka hukm bo‘ladi. Chunki «Abu Nasr Forobiy» - hukmning subyekti (S), bir kishining «Fozil odamlar shahri» kitobiga muallif (R) bo‘lishdek belgiga ega ekanligi tasdiq shaklida kelmoqda.

Download 42.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling