2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar


Download 42.38 Kb.
bet1/21
Sana26.10.2023
Hajmi42.38 Kb.
#1724054
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
16-mavzu


16-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish. Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari
Reja:
1. Hukm tushunchasi, turlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar.
2. Xulosa va uning turlari
3.Dalillashning mantiqiy asoslari.


TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR:


Tushuncha tafakkur shakli, tushunchaning hajmi, tushunchaning mazmuni, tushunchaning hajmiga ko‘ra turlari, tushunchaning mazmuniga ko‘ra turlari, tushunchalarni shakllantirish usullari, taqqoslash, analiz, sintez, mavhumlashtirish va umumlashtirish,
Tafakkur shakllari, hukm tafakkur shakli sifatida, sodda hukmlar va ularning turlari, atributiv, munosabat, mavjudlik hukmlari,
bo‘yicha xulosa chiqarish, xulosa amaliy faoliyatidagi o‘rni.


1.Hukm tushunchasi, turlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar.
Hukm tushunchadan keyingi tafakkur shakllaridan birini tashkil qiladi. Tushunchada fikr tugallanmagan bo‘lsa, hukmda fikr tugallangan bo‘lib, tasdiq yoki inkor ma’nosida ifodalanadi. Hukmning tafakkur shakli sifatida mohiyati, sodda va murakkab hukmlar va ularning turlari, hukmlar o‘rtasidagi munosabatlar, hukm modalligi va moduslarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, ulardan amaliy faoliyat jarayonida qo‘llay bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
1. Hukm va uning turlari. Kishilarning ongi moddiy olamni in’ikos etish jarayonida faqat olamning voqea hodisalari to‘g‘risida tushuncha hosil qilib, tushunchalarning mohiyatini anglab olish bilan chegaralanmaydi. U mazkur jarayonda tushunchaning boshqa tushuncha bilan muayyan munosabatini ham o‘rganib, olam haqida yangi bilim olishga intiladi. Narsa va hodisalar to‘g‘risida fikr yuritilganda, bu jarayonda bir nechta tushuncha ishtirok etishi mumkin. Narsa va hodisalarning chin yoki yolg‘onligini tasdiq yoki inkor etilishi tushunchadan keyingi, murakkab bo‘lgan tafakkur shakllaridan biri bo‘lgan hukmda amalga oshadi.
Hukm tushunchaga o‘xshash fikrni ifodalashning mantiqiy shaklidir. Bizning har bir chin yoki yolg‘on fikrimiz voqelikdagi narsa va hodisalarning o‘zaro munosabatlari bor yo yo‘qligi va bu voqelik elementlari orasidagi munosabatning doimiyligi, muvaqqatligi yoki tasodifiyligi haqida borsa, unda bizning fikrimiz hukm shaklida ifodalanadi. Hukm biron narsa va hodisani tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan tugal fikrdir. Agar fikrlash jarayonida tushunchada narsa va hodisalarning muhim va umumiy belgilari aks ettirilsa, ulardagi belgilar to‘g‘risida, ular o‘rtasidagi munosabat to‘g‘risida fikr yuritilmaydi. Masalan, «Universitet», «talaba», «daraxt» tushunchalarini olib qaraylik, bular hali tugal fikrni bildirmaydi. Narsalar o‘rtasidagi munosabatni, narsada biror belgi bor yoki yo‘qligi haqida fikr yuritmaydi. Agar «Bu Tibbiyot akademiyasidir», « Nurmuhammadov 1-kurs talabasidir» «Bu mevali daraxt emas», desak bunda tugal fikr bor. Fikrlarda Akademiyaning SSVga qarashliligi, Nurmuhammadovning 1-kurs talabasi ekanligi tasdiqlanmoqda, daraxtning mevali ekanligi inkor etilmoqda. Demak, hukmda hamma vaqt tasdiq yoki inkor bilan aytilgan fikr bo‘ladi.
Fikr to‘g‘ri (chin) yoki xato (yolg‘on) bo‘lishi ham mumkin. Ular obyektiv voqelikka mos kelsa, haqiqat yoki chin fikrlar, obyektiv voqelikka mos kelmasa, yolg‘on fikrlar deyiladi.
Formal mantiq fikrlar o‘rtasidagi munosabatni tekshirganda uning rivojlanishini nazarda tutmaydi. Formal mantiqda fikrlar o‘rtasidagi murakkab aloqalar tekshirilmaydi. Bu dialektik mantiqning vazifasidir.
Fikrlar o‘rtasidagi munosabatni formal mantiq nuqtayi nazaridan tekshirish, uning to‘g‘ri yoki xato ekanligini ajratishdan iborat.
Tasdiq yoki inkor har bir hukmga xos belgidir. Shuning uchun agar hukm o‘ziga xos tasdiq yoki inkor belgisiga ega bo‘lmasa, u hukm bo‘la olmaydi. Hukmda hamma vaqt fikr to‘g‘ri yoki xato, chin yoki yolg‘on bo‘lishi shart. Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda hukmga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin.
Hukm narsa va hodisalar, ularning turli belgilari, xususiyat va munosabatlari haqida tasdiq yoki inkor ma’nosida bildirilgan tafakkur shaklidir.
Har qanday fanda to‘g‘riligi isbotlangan fikrlar tizimi mavjud. Shunday fikrlar borki, ularning mavjudligi, obyektivligi tasdiqlangan, lekin isbotlanmagan. Masalan, atomning mavjudligi qadimdayoq e’tirof etilgan, uning isboti esa yaqinda hal bo‘ldi. Shuningdek, inson kundalik turmushda shunday to‘g‘ri fikrlarni aytadiki, ular kundalik hayotda isbotlangan bo‘ladi. Masalan, yozning qishga nisbatan issiq bo‘lishi, osmonga otilgan narsaning yerga tushishi va boshqalar. Bu kundalik hayotdan olingan fikr bo‘lib, uning isboti ham hayotning o‘zidadir.
Hukmning chin yoki xatoligi tasdiq yoki inkor natijasida emas, balki buyum va ularning belgilari haqidagi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri hukm natijasida bo‘ladi. Hukmlarning xatoligini aniqlash uchun quyidagi qoidalardan foydalaniladi:
1.Agar bir fikrning chinligi isbot etilgan bo‘lsa, uni chin deb tasdiqlash ham chin bo‘ladi.
2.Agar bir fikrning chinligi isbot etilgan bo‘lsa, uni xato deb tasdiqlash xato bo‘ladi.
3.Agar bir fikrning xatoligi aniqlangan bo‘lsa, uni chin deb tasdiqlash xato bo‘ladi.
4.Agar bir fikrning xatoligi isbot etilgan bo‘lsa, uni xato deb tasdiqlash chin bo‘ladi.

Download 42.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling