2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar
Download 42.38 Kb.
|
16-mavzu
Almashtirish - bevosita xulosa chiqarishning shunday turiki, unda hukm sifati o‘zgarmasdan, natijada uning subyekti predikatga, predikati esa natijada subyektga almashtiriladi.
Almashtirish orqali chiqarilgan xulosada atamalarning hajmiga, ya’ni ularning taqsimlangan va taqsimlanmaganligiga e’tibor berish kerak. Agar mazkur qoida buzilsa, xulosa noto‘g‘ri bo‘ladi. Atamalarning taqsimlanishiga ko‘ra, almashtirish oddiy (sof) va chegaralangan turlarga bo‘linadi. Oddiy (sof) almashtirishda berilgan asos hukmning predikati xulosaning subyektiga, subyekti esa hajm o‘zgarishisiz uning (xulosaning) predikatiga almashtiriladi. Masalan, A. Barcha jinoyatlar ijtimoiy xavflilikka ega bo‘lgan qilmishlardir. A. Ijtimoiy xavflilikka ega bo‘lgan qilmishlarning barchasi jinoyatdir. Mazkur almashtirishning formulasi: Barcha S - R dir. Barcha R - S dir. Atamalarning taqsimlanish qoidasiga ko‘ra, asos hukmning predikati taqsimlanmagan bo‘lsa, u xulosada subyektga almashtirilganda ham taqsimlanmagan xolicha qoladi. Bunday almashtirishda xulosa xato bo‘ladi. Aynan shu xatolikning oldini olish uchun xulosada S (subyekt) o‘rnida kelgan atamaning hajmi chegaralanadi. Bunday almashtirish chegaralangan almashtirish, deb aytiladi. Masalan,A. «Guruhimizning barcha talabalari mantiq fanidan imtihon topshirishdi».I. «Mantiq fanidan imtihon topshirganlarning ba’zilari guruhimizning talabalaridir». Mazkur almashtirishning formulasi: Barcha S - R dir. Ba’zi R - S dir. Umumiy inkor hukm (E) umumiy tasdiq hukmiga cheksiz almashtiriladi. Masalan, e. «Hech bir inson ongsiz mavjudot emas». e. «Hech bir ongi yo‘q mavjudot inson emas». Umumiy inkor (E) hukmini almashtirishning formulasi: Hech bir S - R emas. Hech bir R - S emas. Juz’iy inkor hukmi (1)ni juz’iy tasdiq hukmi (1)ga quyidagicha almashtirish mumkin, Masalan, I. «Guruhimizning ba’zi talabalari sportchilardir». I. «Sportchilarning ba’zilari guruhimiz talabalaridir». Juz’iy tasdiq hukmi (1)ning almashtirish formulasi:Ba’zi S - R emas. Ba’zi R - S emas. Juz’iy inkor hukmdan (O) almashtirish orqali xulosa chiqarib bo‘lmaydi, chunki bunday hukmlardan zaruriy chin natija kelib chiqmaydi. Almashtirish usuli bilan xulosa chiqarishda hukmlardagi atamalarning taqsimlanish qoidasiga qat’iy amal qilish kerak. Chunonchi, predikati taqsimlanmagan umumtasdiq hukmni chegaralashsiz almashtirib bo‘lmaydi yoki predikati taqsimlanmagan juz’iy tasdiq hukmni chegaralash orqali almashtirish mumkin emas. Masalan, «Tibbiyot akademiyasi talabalarining barchasi mantiq fanini o‘rganishadi» hukmidan faqat chegaralash orqali «Mantiq fanini o‘rganuvchilarning ba’zilari Tibbiyot akademiyasi talabalaridir», degan xulosani chiqarish mumkin, yoki «Ba’zi huquqshunoslar - tergovchilardir» hukmidan faqat kengaytirilgan almashtirish orqali «Barcha tergovchilar - huquqshunoslardir» degan xulosaga kelishimiz mumkin. Demak, almashtirish usulida hukmdagi subyekt va predikatning hajmini aniqlash to‘g‘ri xulosa chiqarishning muhim sharti ekanligi haqidagi qoidaga o‘z mulohazalarimizda qat’iy amal qilishimiz lozim. Download 42.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling