2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar


Shartli hukm murakkab hukm bo‘lib, uning haqiqatligi ma’lum shart asosida namoyon bo‘ladi


Download 42.38 Kb.
bet6/21
Sana26.10.2023
Hajmi42.38 Kb.
#1724054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
16-mavzu

Shartli hukm murakkab hukm bo‘lib, uning haqiqatligi ma’lum shart asosida namoyon bo‘ladi. Bu hukmlar «Agar ... u holda» (^) mantiqiy bog‘lovchisi orqali bog‘lanadi. Misol, «Agar qurollangan jinoyatchi qurolini tashlamasa, unda unga nisbatan qurol ishlatish mumkin». Shartli hukm ikki qismdan iborat bo‘lib, bulardan biri shart qo‘yadi. Mana shu shartni bajarish natijasida hukm haqiqatga aylanadi. Shart qo‘ygan qism «asos», shu shart asosida hosil bo‘ladigan hukm «natija» deb ataladi. Uning formulasi quyidagicha: «Agar S - R bo‘lsa, S - R bo‘ladi, ya’ni agar «a» bo‘lsa, «v» bo‘ladi.
Ekvivalent hukm murakkab hukm bo‘lib, buyum to‘g‘risida mulohazalar bildirilgan hukmlarning har biri chin yoki yolg‘on bo‘lsa, chin yoki yolg‘on bo‘ladi. Uning formulasi a=v dir. Mazkur ifoda «a=v «faqat va faqat «a» va «v» bir vaqtning o‘zida chin yoki yolg‘on bo‘lgandagina haqiqiydir» deb o‘qiladi. Ekvivalent hukmlar turli mazmunni bildirsa ham bir narsani ifodalaydi.
2. Xulosa va uning turlari
Xulosa tafakkurning bir yoki bir nechta chin va bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan hukmlardan yangi hukmni hosil qilish shaklidir. Xulosa chiqarishning bir qancha shakllari mavjud bo‘lib, ularga deduktiv, induktiv va analogiyaga ko‘ra xulosa chiqarish kiradi. Ularning har biri yana bir nechta turlarga bo‘linadi. Shuning uchun xulosa chiqarishning shakllari va turlari o‘rtasidagi farq farqlarni bilib olish zarur. Tafakkur shakli sifatida xulosa chiqarishning mohiyati shundan iboratki, kundalik hayotimizda va kasbimiz bilan bog‘liq masalalar yuzasidan to‘g‘ri xulosalar chiqarishimizda muhim ahamiyat kasb etadi.

  1. Xulosa haqida umumiy tushuncha. Xulosalash - tafakkurning tushuncha va hukmdan keyingi yuqori shaklidir. Voqelikni bilish jarayonida ko‘pincha, ma’lum bilimlar asosida yangi bilimlar vujudga keladi. Bu bilimlarni keltirib chiqarishning mantiqiy shakli xulosalashdir.

Xulosalash - bu bir yoki bir nechta chin hukmlardan muayyan qoidalar asosida yangi hukmlarni keltirib chiqaruvchi tafakkur shaklidir.
Xulosalash asos va natijani hamda ularning o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishni o‘z ichiga oladi.
Xulosalash uchun keltirilgan hukmlar «asoslar» deyiladi. Asoslar asosida chiqarilgan yangi hukm «natija» deb ataladi. Asoslardan natijaga mantiqiy o‘tish jarayoni xulosalashdir. Masalan, Asos: O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish - O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasi).
Asos: N.Muhammadiyev - O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi.
Natija: O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish N.Muhammadievning burchidir.
Xulosalash jarayonida asos bilan natija bir-biridan ajratilib, yuqoridagi misolda ko‘rsatilganidek, ost, ust shaklida yoziladi.
Har qanday xulosalash quyidagi talablarga bo‘ysunishi lozim:
- keltirilayotgan asoslar albatta chin bo‘lishi kerak;
- asoslar mazmun jihatidan bog‘langan bo‘lishi kerak.
Agar asos hukmlar mazmunan bog‘lanmagan bo‘lsa, ulardan natija kelib chiqmaydi.
Xulosalash qoidalarining qat’iyligiga ko‘ra, xulosa chiqarishning demonstrativ (zaruriy) va nodemonstrativ (haqiqatga yaqin) turlari mavjud.
Demonstrativ xulosada natija mantiqiy qonun darajasida namoyon bo‘luvchi ketma-ketlikka ko‘ra asoslardan kelib chiqadi.
Nodemonstrativ xulosa chiqarishda xulosalash qoidasi asoslardan ehtimoliy natijaning kelib chiqishini ta’minlaydi.
Bilimlarimizning umumiylik darajasiga va mantiqiy xulosalashning yo‘nalishlariga ko‘ra, xulosa chiqarish quyidagilarga bo‘linadi:
1. Deduktiv (lot. «dedutstio» - «keltirib chiqar») xulosa chiqarish.
2. Induktiv (lot. «indutstio» - «yagona asosga keltirish») xulosa chiqarish.
3. Analogiya (grek. «analogia» - «moslik», «o‘xshashlik»)ga ko‘ra xulosa chiqarish.
Mazkur xulosalashning shakllari bilish jarayonida chin, haqiqiy bilimlarni keltirib chiqarishning asosiy usullari sifatida keyingi bayonlarimizning asosini tashkil etadi.

Download 42.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling