2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar
Download 42.38 Kb.
|
16-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bevosita xulosa chiqarish
2. Deduktiv xulosa chiqarish. Umumiy hukmlardan juz’iy yoki yakka hukmlarni keltirib chiqarishga deduktiv xulosa chiqarish deb aytiladi. Deduktiv xulosalashda agar asoslar isbotlangan bo‘lsa, mavjud umumiy qoidalarga suyanib mantiqiy qoida va qonunlar asosida chin natija keltirib chiqariladi. Masalan,«O‘zbekistonning barcha fuqarolari bilim olish huquqiga ega».«N.Muhammadiyev - O‘zbekiston fuqarosi».Demak, N.Muhammadiyev bilim olish huquqiga ega.
Deduktiv xulosalash qat’iy hukmlardan asoslar miqdoriga ko‘ra deduktiv xulosalash bevosita va bilvosita turlarga bo‘linadi. Bevosita xulosa chiqarish. Agar xulosa bir asosdan olinsa, u bevosita xulosa chiqarish deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarishning to‘rt turi mavjud: 1) aylantirish; 2) almashtirish; 3) predikatga qarama-qarshi qo‘yish; 4) mantiqiy kvadratga ko‘ra xulosa qilish. Aylantirish - bunda asosda miqdoriy o‘zgarishlar yuz bermay, sifatiy o‘zgarish ro‘y beradi. Bizga ma’lumki, qat’iy hukmlar bog‘lovchining sifatiga («dir» yoki «emas») ko‘ra, tasdiq yoki inkor hukmlarga bo‘linadi. Shuning uchun ham xulosalashda aylantirish orqali umumiy tasdiq hukmlar umumiy inkor hukmlarga, juz’iy tasdiq hukmlar juz’iy inkor hukmlarga aylantiriladi. 1. Umumiy tasdiq hukm (A) umumiy inkor hukm (E) ga aylantiriladi va u formulada quyidagidek ifodalanadi: Barcha S - R dir Hech bir S - R mas (siz) emas A. Barcha insonlar yashash huquqiga ega E. Hech bir inson, yashash huquqidan mahrum etilishi mumkin emas. 2. Umumiy inkor (E) umumiy tasdiq hukmga aylantiriladi va u formulada quyidagicha ifodalanadi: Hech bir S -R emas. Barcha S - R dir. e. Hech bir jinoyat jazosiz qolmas. A. Barcha jinoyatlar jazolanadi. 3. Juz’iy tasdiq (I), juz’iy inkor (O) hukmga aylantiriladi va u formulada quyidagicha ifodalanadi: Ba’zi S - R dir. Ba’zi S - R mas (siz) emas. I. Ba’zi talabalarning bilimi qoniqarli hisoblanadi. O. Ba’zi talabalarning bilimi qoniqarsiz hisoblanmaydi. 4.Juz’iy inkor (O) juz’iy tasdiq hukmga aylantiriladi va formulada quyidagicha ifodalanadi: Ba’zi S - R emas. Ba’zi S emas - R dir. 0. Ba’zi bir jinoyatlar qasddan qilingan emas. 1. Ba’zi bir jinoyatlar ehtiyosizlikdan qilingandir. Download 42.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling