2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar


Murakkab hukmlardan xulosalar chiqarish


Download 42.38 Kb.
bet16/21
Sana26.10.2023
Hajmi42.38 Kb.
#1724054
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
16-mavzu

Murakkab hukmlardan xulosalar chiqarish. Xulosa chiqarish nafaqat oddiy hukmlardan, balki murakkab hukmlardan ham tashkil topadi. Asoslari shartli yo ayiruvchi yoki ham shartli, ham ayiruvchi hukmlar bo‘lib, ularning turlicha o‘zaro yoki qat’iy hukmlar bilan birikishidan tashkil topgan xulosalarga murakkab hukmlardan xulosa chiqarish deyiladi.
Bu xulosa chiqarishning o‘ziga xosligi shundaki, asoslardan olingan xulosa qat’iy sillogizmdagi kabi o‘rta terminlarning munosabatidan emas, balki hukmlarning o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanish tabiatidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham asoslarning subyekt - predikat tartibidagi tarkibi hisobga olinmaydi. Murakkab hukmlardan xulosa chiqarishning keng tarqalgan turlari quyidagilardir:
1) sof shartli xulosa; 2) shartli qat’iy xulosa;
3) ayiruvchi qat’iy xulosa; 4) shartli ayiruvchi xulosa.
Shartli xulosa chiqarish deb har ikki asos yoki asoslaridan biri shartli hukm bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Ma’lumki hukm: «Agar a bo‘lsa, unda v bo‘ladi» tartibida kelsa, bular shartli hukmlar deyiladi. Shartli xulosa chiqarish o‘z navbatida sof shartli va shartli- qat’iy xulosalarga bo‘linadi.
1.Sof shartli xulosa. Ikki asos va xulosani shartli hukmlardan tashkil topgan vositali xulosalashga sof shartli xulosa chiqarish deyiladi. Sof shartli xulosa chiqarishning formulasi quyidagicha.
Agar A bo‘lsa, V bo‘ladi.
Agar V bo‘lsa, S bo‘ladi.
Demak, A bo‘lsa, S bo‘ladi.
Masalan,
«Agar o‘qishni xohlasang, (A) imkoniyat qidir» (V).
«Agar imkoniyat qidirsang, (V) maqsadingga yetasan» (S).
«Agar o‘qishni xohlasang, (A) maqsadingga yetasan» (S).
2. Shartli-qat’iy (kategorik) xulosa chiqarish. Asoslardan biri shartli, ikkinchisi va xulosa qat’iy hukmlardan iborat bo‘lgan xulosalashga shartli-qat’iy xulosa chiqarish deyiladi. Masalan, «Agar prokuror sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda (A) jinoyat ishini muhokama qilish keyinga qoldiriladi» (V) (O‘zbekiston Respublikasi JPK , 412-modda) .
«Prokuror sud majlisiga kelmadi» (A).
«Sud jinoiy ishning muhokamasini keyinga qoldirdi» (V).
Birinchi asos - shartli hukm asos (A) va oqibatning (V) bog‘lanishini ifodalaydi. Ikkinchi asos qat’iy hukm bo‘lib, unda «prokurorning sud majlisiga kelmaganligi», tasdiqlanadi. Ikkinchi asos natijaning chinligini keltirib chiqarmoqda. Shartli-qat’iy xulosa chiqarishning ikki to‘g‘ri modusi tasdiq va inkor moduslari mavjud.

Download 42.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling