2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar
Download 42.38 Kb.
|
16-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Isbotlashning tuzilishi va turlari.
3. Dalillashning mantiqiy asoslari.
1. «Dalillashning mantiqiy asoslari. Isbotlash va raddiya. «Muammo. Faraz. Nazariya», deb nomlangan ma’ruzadan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarda dalillashning mantiqiy asoslari, isbotlash va raddiya, muammo, faraz, nazariya haqida har taraflama bilimlar hosil qilish, ulardan huquqshunoslik faoliyatida to‘g‘ri foydalanishning ahamiyatini tushuntirib, talabalarda yaxlit tushunchani hosil qilish. Ma’ruza maqsadiga erishish uchun mavzu rejasida qo‘yilgan savollarni har taraflama tahlil qilish vazifa sifatida belgilanadi. 1. Isbotlashning tuzilishi va turlari. Isbotlash va uning tarkibi to‘g‘risida so‘z yuritishdan avval, mantiq ilmida isbotlash va dalillash tushunchalarining o‘zaro farq lanishi to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Dalillash deb, biror fikr, mulohazani yoki mulohazalar tizimini voqelikka bevosita murojaat qilish yo‘li bilan (kuzatish, tajriba-eksperiment va hokazo asosida) yoki chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa mulohazalar yordamida asoslab berishga aytiladi. Dalillash bevosita yoki vositali bo‘ladi. Bevosita dalillash hissiy bilish, ya’ni ko‘rish, tajriba-eksperiment orqali amalga oshiriladi. Vositali dalillash esa chinligi tasdiqlangan boshqa mulohazalarga asoslanadi va xulosa chiqarish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Dalillashning birinchi usuli empirik, ikkinchi usuli nazariy bilimlarga asoslanadi. Nazariy va empirik bilimlarning chegarasi nisbiy bo‘lganligi kabi, dalillashning yuqoridagi ikki usulga ajratilishi ham nisbiydir. Dalillashning xususiy ko‘rinishi mantiqiy isbotlashdir. Mantiqiy isbotlash deb, ma’lum bir fikrning chinligini, chinligi isbotlangan boshqa fikrlar orqali asoslashga aytiladi. Isbotlashdan maqsad biror hukmning chinligini aniqlash bo‘lsa, dalillashdan maqsad ham hukmning chinligini aniqlash, ham uning ahamiyatini va muayyan faoliyat uchun qo‘llash mumkinligini ko‘rsatishdir. Isbotlash jarayonida qo‘llanilgan chin hukmlar (asoslar) berilgan hukmning chinligini tasdiqlash uchun xizmat qilsa, dalillash, bundan tashqari, dadillanayotgan hukmning boshqa shu kabi fikrlardan afzalligini asoslaydi. Dalillashga keltirilgan asoslar isbotlash uchun keltirilgan asoslarga nisbatan rang-barang bo‘ladi. Dalillash shakllari bilan isbotlash shakllari bir-biriga aynan mos tushmaydi. Isbotlash xulosa chiqarish ko‘rinishida amalga oshadi. Dalillash ko‘proq suhbat (dialog) ko‘rinishida bo‘lib, uning ishtirokchilaridan har biri o‘z fikrining chinligini isbotlashga, raqibining fikrini rad etish va talabalarning o‘zini ham fikr qilishga, o‘z fikrlariga ishontirishga harakat qiladi. Dalillash jarayonida talabalarga biror fikrning to‘g‘ri yoki xatoligi asoslab beriladi va ularda shu fikrga nisbatan ishonch tuyg‘usi shakllantiriladi. Dalillovchi shaxsning so‘z san’atini qay darajada egallaganligi, ya’ni notiqlik mahorati talabalarda ishonch-e’tiqodning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritilgan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo‘ladi. Kishilarda ishonch-e’tiqodni shakllantiradi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega e’tiqodni yaratishdan iborat. Dalillash va isbotlash ishonch-e’tiqodni shakllantirish vositasidir. Ishonch-e’tiqod kishilarning xulq-atvori va xatti-harakatlarini belgilab beradigan qarashlari va tasavvurlaridir. Fan va amaliyotdagi bilish jarayoni faqat sezgilarimiz orqali bevosita bilinadigan haqiqatlardan iborat bo‘lmaydi, balki abstrakt tafakkurda ifodalanadigan yangi nazariya va xulosalarni isbotlash hamda asoslashni ham o‘z ichiga oladi. To‘g‘ri tafakkur yuritishning muhim belgisi - bu uning isbotlangan bilimlarga asoslanishidir. Ilmiy haqiqatlar chuqur va har tomonlama o‘rganilib, ilmiy jihatdan asoslanganidan so‘nggina ahamiyati katta bo‘ladi. Fandagi ayrim qoidalar va aksiomalarning muayyan ahamiyat kasb etishi, dastavval, ularning chinligi, ulardan olinadigan natijalarning to‘g‘riligi va ularning amaliyotda o‘z tasdig‘ini topayotganligi bilan asoslanadi. Shu o‘rinda har qanday fuqarolik va jinoyat ishlarida ularning mohiyatini yetarli darajada asoslash mustaqil respublikamizning qonunlarini to‘g‘ri tatbiq etish va ishonchli qarorlarni qabul qilishda juda muhimdir. Umuman fan va amaliyotning har bir sohasida isbotga intilish, haqiqatni qaror toptirish insondan mantiqiy qoidalarga amal qilishni talab etadi. Mazkur mavzuda biz isbotlashda qanday qonun- qoidalarga amal qilish lozimligini ko‘rib chiqamiz. Isbotlash - ma’lum bir hukmning chinligini, chinligi isbotlan- gan boshqa hukmlar orqali asoslashning mantiqiy uslublari yig‘indisidir.Demak, tajribada tekshirilib, chinligi isbotlangan hukmlar orqali ikkinchi bir hukmning chinligini aniqlashga qaratilgan jarayon isbotdir. Mantiqda har bir isbot faktlarga, tajribaga tayangan bo‘ladi. CHunki tajribada tekshirilib, umumlashtirilgan chin fikrlardan chin xulosalar olish mumkin. Isbotlash ishonch-e’tiqod bilan bog‘langan bo‘lsada, lekin ular aynan emas. Isbotli tafakkurning asosiy vazifasi asoslangan e’tiqodni shakllantirishdir. Agar ishonch-e’tiqodning asosini ilmiy bilimlar tashkil etsa, unda belgilangan vazifalar nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri va anglashilgan holda hal etilishi mumkin. E’tiqod - insonning xatti-harakati, ma’naviy va axloqiy sifatlarini belgilab beradigan qarashlar va tasavvurlar yig‘indisidir. Ilmiy e’tiqod asoslangan, isbotlangan va dalillangan bilimlar asosida shakllanadi. Ilmiy e’tiqoddan tashqari diniy bilimlarga, ishonchga asos- langan diniy e’tiqod bo‘lib, u insonning ichki tuyg‘ulari, dunyoni yaratuvchi va boshqaruvchi ilohiyotning mavjudligi haqidagi bilimlarga asoslanadi. Diniy e’tiqodning insoniy fazilatlarni shakllanishidagi rolini inkor etgan holda, fan va amaliyotda isbotlangan dalillarga asoslangan ilmiy e’tiqod shakllanishining mantiqiy asoslarini isbotlash misolida o‘rganib chiqamiz. Isbotlashning tarkibi - tezis, asos (dalil) va demonstratsiyadan iborat. Chinligi yoki yolg‘onligi dalillar yordamida isbotlangan hukmga tezis deb aytiladi. Tezis sifatida har qanday fanlarning nazariyalari yoxud emperik tadqiqot obyektlari, muayyan bir narsa yoki hodisaning paydo bo‘lish sabablari haqidagi bilimlarini olishimiz mumkin. Masalan, meditsinada alohida bir kasallik, tarix fanida ma’lum bir tarixiy hodisa, sud amaliyotida muayyan bir jinoiy ish yoki jinoyatda ayblanuvchi shaxs haqidagi muhokamalarning isboti talab etiladigan tezislar sifatida kelishi mumkin. Isbotlashning asosi yoki dalillash - bu tezisni asoslash uchun keltirilgan chin hukmlardir. Ular isbotlashning mantiqiy asoslarini tashkil etib, turli bilimlar doirasida, o‘z mazmuniga ko‘ra turli xil chin hu Download 42.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling