2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar


Sillogizmning figura va moduslari


Download 42.38 Kb.
bet12/21
Sana26.10.2023
Hajmi42.38 Kb.
#1724054
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
16-mavzu

2. Sillogizmning figura va moduslari.
Sillogizmning figuralari deb asos hukmlarda o‘rta terminning holatiga ko‘ra farqdanadigan sillogizm shakllariga aytiladi. Sillogizmning to‘rt figurasi mavjud:
Birinchi figura:o‘rta termin katta asosda subyekt, kichik asosda predikat o‘rnida bo‘ladi. Masalan,«Hamma sudyalar (M) daxlsiz» (R) ( Konstitutsiyasi, 112-modda).«Komilov (8) sudya» (M).«Komilov daxlsiz».
Bu figura huquqiy amaliyotda ko‘p qo‘llaniladi. Huquqiy hodisalarni baholash (kvalifikatsiya qilish), huquq normalarini alohida hodisalarga nisbatan qo‘llash, jinoyat uchun jazo belgilash va shu kabi boshqa sud qarorlarida qo‘llaniladi.
Ikkinchi figura: o‘rta termin ikki asosda ham predikat o‘rnida keladi. Masalan,«Jinoiy ishlar bo‘yicha isbot qilish majburiyati (R) surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudga yuklatiladi» (M).( JPK, 86-modda).
«Aliev (S) surishtiruv, tergov, prokuratura va sud idoralarida ishlamaydi» (M).Demak, Alievga (S) jinoiy ishlar bo‘yicha isbot qilish majburiyati yuklatilmaydi (R). Ikkinchi figura asos hukmlarda ifodalangan fikrlarga zid holatlarni inkor etadi va sud amaliyotida, hodisada jinoyat tarkibining yo‘qligi haqida xulosalar beradi.
Uchinchi figura: o‘rta termin har ikkala asosda ham subyekt bo‘lib keladi. Masalan, yuzlashtirishda (M) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvoh so‘roq qilinishi mumkin (R) (JPK-122 m.). Yuzlashtirish (M) tergov harakatidir (S).
Demak, tergov harakatida (S) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvoh so‘roq qilinishi mumkin (R). Xulosa chiqarishda sillogizmning boshqa figuralariga nisbatan uchinchi figurasi kam foydalaniladi.
To‘rtinchi figura:o‘rta termin katta asosda predikat, kichik asosda esa sub’ekt bo‘lib keladi. Masalan:«Hech bir jinoyat (R) xalq manfaati yo‘lidagi harakat emas» (M). «Xalq manfaati yo‘lidagi ba’zi harakatlar (M) ozodlikdir» (S).Demak, ozodlik(S) jinoyat emas (R).
Sillogizmning to‘rtinchi figurasi sun’iyroq xususiyatga ega bo‘lib, muhokama jarayonida ko‘p qo‘llanilmaydi hamda uning amaliy ahamiyati nisbatan kam.

Download 42.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling