2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

 
Адабиётлар 
1. 
Потёмкина В.И. Энтомофаги кукурузного мотылька в Приморском крае и их 
роль в ограничении численности вредителя //Фитосанитарное оздоровление экосистем 
//Материалы второго Всерос. съезда по защите растений (5-10.12.2005 г.). – Санкт-
Петербург, 2005. – Т.2. – С. 107-108. 
2. Трепашко Л.И., Надточаева С.В. Стеблевой кукурузный мотылёк в Белоруссии 
//Электронный ресурс. – 2015. – 20.01.2015. 
3. Хўжаев Ш.Т., Йўлдошев Ф. Ғалладан кейин экиладиган ўсимликларни ҳимояси 
/И.-амалий конф. материаллари (6-7.12.2011 й.). – Тошкент: УзПИТИ, 2011. – 263-265 б. 
4. Хўжаев Ш.Т. Инсектицид, акарицид, биологик фаол моддалар ва фунгицидларни 
синаш бўйича услубий кўрсатмалар (II-нашр.). – Тошкент, 2004. – 102 б.
5. Юлдашев Ф., Шокирова Г., Ходжаев Ш.Т. Новая технология защиты 
высокорослых растений //Узбекский биологический журнал. – 2013. - №4. – С. 34-36. 
 
O’ZBEKISTON SHAROITIDA TOPINAMBUR HELIANTHUS 
TUBEROSUS L. YETISHTIRISHNING EKOLO-FIZIOLOGIK 
TAVSIFI. 
G’ulomov G’.SH., To’xtaboyeva F.M. 
Andijon davlat universiteti 
 
 
Tugunakli o’simliklar qadimdan insonlar tomonidan oziq-ovqat sifatida 
iste’mol qilib kelinmoqda. Hayvonlar uchun esa biologik qo’shimcha va yem 
sifatida ishlatilib kelingan. Ular yuqori xosildorlik, plastiklik turli xil 
geografik zonalarda, klimatik sharoitda o’sishi bilan farqlanadi. Topinambur 
Helianthus tuberosus L. yuqori hosil beruvchi o’simliklarga kiradi. U 
ozuqaviy, texnik, ekologik, medico-ekologik, qishloq xo’jaligida esa chorva 
mollariga yem maqsadida ekiladigan ekindir. Bundan tashqari u dekorativ 
o’simlik hamdir. Topinambur yerlarni fitomeliroatsiya qilish va 
maxsuldorligini oshiruvchi o’simlik sifatida ham mashxurdir. Xozirgi vaqtda 
topinambur arzon mator yoqilg’i va biogaz sifatida ko’riladi. 
Tezpishar topinambur navining gaz almashinishi tadqiqotlari 
fotosintetik (FA) apparatining temperaturadagi va keng diapazondagi yuqori 
tezligini ko’rsatadi. Fotosintez uchun optimal bo’lgan zonalarning aralashishi 
FA o’simliklarini temperatura past bo’lgan uzun kunlarda yuqori biologik 
maxsuldorligi aniqlandi. 1
0
C dan past temperaturada topinamburlar xalok 
bo’ladi. Sovuqqa chidamlilik 2
0
C dan 18 
0
C gacha bo’lgan temperaturani o’z 


57 
ichiga oladi. Uzun bo’lgan kunlarda o’simlikda tugunaklar paydo bo’lishi 
sekinlashadi. Taxlillar natijasi shuni ko’rsatadiki topinamburni 65
0
C gacha 
issiq temperaturada o’stirish mumkin. Shuni xisobga olsak O’zbekiston 
sharoitida topinambur o’simligini o’stirish va undan yuqori xosil olish 
maqsadga muvofiq. Chunki o’simlik asosan kunlar isiy boshlagan bahor 
oylari (aprel-may)da ekiladi va kech kuzgacha vegetatsiya davrini tugatadi. 
Qish paytida tugunaklarni omborxonalarda yoki xolodilnikda saqlash 
mumkin. Lekin tajribalarimiz shuni ko’rsatadiki zarurat bo’lgandagina kuzda 
kavlab olish tavsiya etiladi, aks xolda yer ustki qismining ma’lum miqdodi 
(10-15 sm) qoldirib kuzda o’rib olinsa, tugunaklari qishda omborda 
saqlaganga nisbatan yaxshiroq saqlanadi. Topinambur tuganaklarini tashqi 
muxitda uzoq vaqt saqlash uning massasini va tabiiy holatini yo’qotilishiga 
olib keladi.
Dala tajribalarini o’tkazish, ekish, fenologik kuzatishlar, biometrik 
o’lchovlar, ekish parvarishi, xosilni aniqlash Respublika Qishloq va suv 
xo’jaligi vazirligining ko’rsatmasi (1991), Leningrad qishloq xo’jaligi 
institutining metodlari (1979), Butunrossiya o’simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot 
institutining manbalari (1984; 1986), Butunrossiya kartoshka xo’jaligi ilmiy-
tadqiqot institutining tavsiyalari (1967;1989), O’zbekiston o’simlikshunoslik 
ilmiy-tadqiqot institutining uslublari (1999), Qishloq xo’jalik ekinlarining 
yangi navlarini sinash bo’yicha Davlat nav sinash komissiyasining (1974), 
B.A.Dospexovning “Методикаполевогоопыта” (1985) singari manbalari, 
tavsiyalari, ko’rsatmalari, uslublari asosida olib borildi. 
 
Dala tajribalarini olib borish uchun tadqiqot ob’ekti sifatida “Mo’jiza” 
navli topinambur o’simligi olindi. Uning asl vatani Shimoliy Amerika 
xisoblanadi, lekin uning tabiiy areali aniqlangan emas. O’simlik qadimdan 
madaniylashgan va yerli aholi tomonidan istemol qilingan. “Mo’jiza” navli 
topinambur o’simligining unib chiqishdan tortib to xosilni yig’ib olguncha 
bo’lgan davr 200-210 kunni tashkil qiladi. Bu nav yorug’likning kam 
kamayishiga kam ta’sir etadi, shu sababli vegetatsiya kech kuzgacha davom 
etadi. Bu xususiyati o’simlikni havo xarorati mo’tadil bo’lgan mintaqalarda 
ham o’stirish imkonini beradi. O’rtacha tugunaklardagi hosildorlik 25-30 va 
xatto 40 tonnaga, yashil massasi esa 10-15 tonnagachaga olish mumkin.
Andijon 
viloyati 
sharoitida 
topinambur 
Helianthus 
tuberosus 
L. 
yetishtirishning ekolo-fiziologik tavsifio’rganilganda tadqiqotlar shuni 
ko’rsatadiki, topinamburning sovuqqa chidamlilik darajasi atrof-muhit 
temperaturasiga bog’liq.
2-18
0
C gacha bolgan temperaturada sovuqqa chidamliligi ortdi. 1
0

dan past temperaturada birinchi sutkada yaxshi, keyin uchinchi sutkadan 
boshlab ular nobud bo’la boshlaydi. 


58 
Olingan natijalar va adabiyotlardagi bayon etilgan fikrlar va gipotezalar 
(taxlillar) asosida o’simliklar temperaturaga chidamliligiga ko’ra uch 
guruxga bo’linadi.: fon zonasi, sovuqqa bardoshlilik, sovuqdan zararlanish 
zonasi.
1-jadval

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling