2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


ENERGIYA TEJOVCHI LYUMINESSENT LAMPALAR ISHLAB


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

ENERGIYA TEJOVCHI LYUMINESSENT LAMPALAR ISHLAB 
CHIQARISH TEXNOLOGIYASI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH 
Hasanova D.T., Jo’rayeva N.D., Damindjanova S.A. 
Andijon davlat universiteti 
Mamlakatimizda energiya tejaydigan lampalardan foydalanish yil sayin 
kengayib bormoqda. Lampalarga bo’lgan extiyojni qondirish uchun ularni 
yurtimizda ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Ushbu lampalarning o’ziga xos 
xususiyati shundaki, ularning xizmat qilish muddati uzoq bo’lib, to’xtovsiz 
8000 soat yonib turishi mumkin. Bu oddiy cho’g’lanma lampalarga nisbatan 
4-5 marotaba kam energiya sarflaydi. Hozirgi paytga kelib lyuminessent 
lampalar assortimenti 44 ta turdan iborat bo’lib, ular orasida E14/ E27/ E40 
sokolli 9W, 11W, 15W, 20W, 25W, 32W, 36W, 45W, 65W, 85W lampalari 
bor. Shuningdek, ikkita rangli diapazonga ega: 2700K (sariq rangli) va 
6500K (oq rangli), o’z shakliga ko’ra lampalar Full Spiral va Half Spiral 
shaklida chiqariladi. Lyuminessent lampalarni ishlab chiqarish xorijiy ishlab 
chiqaruvchilarning zamonaviy va yuqori professional uskunalarida amalga 
oshiriladi, bu bir yilda 6240000 birlik mahsulotni ishlab chiqarishga imkon 
beradi. Ishlab chiqarish jarayoni barcha bosqichlarni – xomashyoni qayta 
ishlashdan ishlab chiqarish va o’rashgacha bo’lgan jarayonlarni qamrab 
oladi. Bu xarajatlarni ancha tejash va lampalarning tannarxini pasaytirishga 
imkon beradi.
Lyuminessent lampa- ishi lyuminessensiya hodisasiga asoslangan 
lampa; gaz-zaryadli yorug’lik manbai. Ichki devoriga lyuminoforlar qatlami 
surkalgan, ichiga inert gazi (argon, geliy va boshqalar) va metallar ( simob) 
bug’i to’ldirilgan shisha naychadan iborat. Elektr toki o’tganda lampada 
elektr zaryad vujudga keladi. Ultrabinafsha nurlar tasirida metall atomlari 
so’ngra lyuminofor yorug’lik socha boshlaydi. Lampaning yorug’ligi tabiiy 
yorug’likka yaqin bo’lishi uchun lyuminoforlar tanlanadi. Simobli lampalar 
shunday turga yaqin bo’ladi. Lyuminessent lampalar ishlab chiqarishda 


162 
amalgama (simob va ruxning sharsimon shakldagi qotishmasi) qo’llaniladi. 
Ishlab chiqarish uskunasi germetik tarzda, simobning havoga chiqib ketishi 
va ochiq suv havzalariga tushishining oldini olgan holda ishlaydi. 
Atrof muhit simobdan zararalanishini oldini olish maqsadida 
mamlakatimizda ishlatib bo’lingan simobli lampalarni yig’ish ishlari bilan 
utilizatsiya tashkilotlari, lampa ishlab chiqargan korxonalarning o’zi 
shug’ullanishi, shuningdek ushbu mahsulotlarni sotish punktlari orqali 
maishiy chiqindilarni yig’ish punktlarida lampalarning sinishi va ular 
tarkibidagi simobning havoga, suv havzalariga, tuproqqa va oziq-ovqat 
mahsulotlariga tushishidan himoyalangan holda alohida idishlar o’rnatish 
orqali amalga oshirilishi belgilanagan. Joriy yilda masalan, Andijon 
viloyatida shunday lampalarni to’playdigan 84 punkt tashkil etildi. 
Shuningdek, 
energiya 
tejamkor 
lampalarni 
utilizatsiya 
qilishga 
topshirayotgan tashkilotlar soni yil sayin ko’paymoqda. Bu yil qariyb 500 
korxona va tashkilot o’z muddatini o’tab bo’lgan lyuminessent lampalarni 
topshirdi. 
Lyuminessent lampalarni utillashtirish alohida yondashuv hamda jiddiy 
tayorgarlikni talab etadi. Lampalarda joylashtirilgan simob moddasi nafaqat 
aholi salomatligiga balki, atrof-muhitga ham zarar yetkazadi. Tarkibida 
simob saqlovchi moddalarning ekologiya tizimiga ta’sir darajasi birinchi 
toifaga taaluqli bo’lib, har bir lyuminessent lampada 3-5 mg bug’ 
ko’rinishidagi simob mavjud. Simob bug’i tirik organizmga tushgan 
holatlarda turli salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bu holatlarni bartaraf 
etish maqsadida mamlakatimizda energiya tejaydigan simobli lampalarning 
ishlatilib bo’lganlarini to’plash va utilizatsiya qilish tizimi yaratilib, ularning 
plastik, metall va elektron qismlarini qayta ishlash yo’lga qo’yilgan. Bugungi 
kunda lampalarni amalgamadan foydalanib ishlab chiqarish, utilizatsiya 
jarayonini yanada takomillashtirish, aholini suyuq simobsiz lampalar bilan 
ta’minlash atrof –muhitga va inson salomatligiga simobning ta’sirini 
kamayishiga, sog’lom ekologik balansni hosil qilishga yordam beradi deb 
hisoblaymiz. 

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling