20-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xavfsizlik masalalari reja


Blokcheyn IPO (Initial coin offering)


Download 330 Kb.
bet10/16
Sana04.02.2023
Hajmi330 Kb.
#1161536
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
20-MAVZU

Blokcheyn IPO (Initial coin offering). Tadbirkorlar uchun investorlar izlab topish jiddiy o‘zgarishlar kutib turgan moliya xizmatlari sanoatining sakkizta funksiyasidan biridir. Qimmatli qog‘ozlarni qisman joylashtirish, aksiyalar va xususiy investitsiyalarni tijorat kapitaliga birlamchi va ikkilamchi joylashtirish (PIPE) orqali aksiyadorlik kapitali to‘plash jarayoni 1930 yillardan buyon jiddiy o‘zgarishlarga uchramadi.
Bashorat qilish va bozorlar. Augur kelajakdagi hodisalar – sport musobaqalari, saylovlar, yangi mahsulotlar ishlab chiqish, mashhur kishilarning farzandlari kelajagini aniq bashorat qilish uchun, foydalanuvchilarni mukofotlaydigan bozorlarni bashorat qilish uchun nomarkazlashgan platforma yaratadi. U qanday faoliyat ko‘rsatadi? Augur foydalanuvchilari ularning qiymati u yoki bu natija ehtimoli bilan belgilanadigan bo‘lg‘usi hodisa natijasi aksiyalarini sotishi yoki sotib olishi mumkin. Agar ehtimol ellikka ellikni tashkil qiladigan bo‘lsa, aksiyalar xarid qiymati 50 sentni tashkil qiladi.
Augur “omma donishmandligi”ga – hodisaning natijasini ko‘p sonli odamlar guruhi bitta yoki bir nechta ekspertdan ko‘ra aniqroq aytib berishi mumkin deb hisoblaydigan ilmiy tamoyilga tayanadi. Boshqacha qilib aytganda, Augur bashoratlar aniqligini oshirish uchun bozor mexanizmidan foydalanadi. Avvalroq Hollywood Stock Exchange, Intrade va Hedge Street (endi Nadex) kabi markazlashtirilgan bashorat bozorlari harakatlari bo‘lgan, lekin ularning katta qismi yopilib ketgan yoki yuridik va tartibga solish bilan bog‘liq muammolar tufayli umuman ishga tushirilmagan.
Blokcheyn texnologiyasidan foydalanish tizimni ishlab chiqishga nisbatan chidamli, aniqroq, axtlar, majburlashlar va likvidlik muammosiga nisbatan barqaror va Augur jamoasi “eskirgan yurisdiksiyalar tomonidan tartibga solish” deb ataydigan holatga olib keladi. Augur platformasida hakamlar “referi” deb ataladi, ularning qonuniyligi esa ularning nufuzi bilan belgilanadi. “To‘g‘ri xulq-atvor uchun”, ya’ni ro‘y bergan voqea, saylov yoki o‘yin natijasi uchun ko‘proq nufuz ochkosi yoziladi. Tizimda axloqiy me’yorlarga rioya qilish boshqa moddiy foydaga ham olib keladi: foydalanuvchida qanchalik ko‘p nufuz ochkosi bo‘lsa, u shunchalik ko‘p bozorlar tashkil qilishi va ko‘proq pul ishlab topishi mumkin. Augur ta’kidlashicha, “bizning bashorat bozorlarimiz boshqa tomon bilan, markazlashtirilgan serverlar bilan bog‘liq risklarni bartaraf qiladi hamda kriptovalyutalar, jumladan, blokcheyn, ether va barqaror kriptovalyutalar qo‘llagan holda global bozor shakllantiradi. Barcha mablag‘lar smart-shartnomalarda saqlanadi, pullarni o‘g‘irlab bo‘lmaydi”. Augur huquqbuzarliklarga nisbatan nolga teng bo‘lgan sabr-toqatni joriy qilib, noaxloqiy shartnomalar muammosini hal qiladi.

Download 330 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling