20-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xavfsizlik masalalari reja


Download 330 Kb.
bet13/16
Sana04.02.2023
Hajmi330 Kb.
#1161536
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
20-MAVZU

Internet-gadoychilik. Internetda kasal bolalarga moliyaviy yordam so‘rovchi xayriya tashkiloti, bolalar uyi yoki boshqa shu kabi tashkilotlarning e’loni chiqishi mumkin. Internet firibgarlar haqiqiy xayriya saytlarning dublyor-saytini yaratadilar va pul o‘tkazmalarning rekvizitlarini o‘zgartirib qo‘yadilar. Aldanib qolmaslik va pulingizni firibgarlar qo‘liga bermaslik uchun ko‘rsatilgan tashkilotga qayta qo‘ng‘iroq qilish, hisob raqamini tekshirish yoki shaxsan tashrif buyurish uchun dangasalik qilmaslik kerak, ma’lumotlarning to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilib, ishning barcha tafsilotlarini bilgan holda, pulni o‘tkazish yoki o‘tkazmaslikka qaror qilish lozim.

  • Internet do‘konlar bilan bog‘liq firibgarlik. Internet orqali sizga istalgan narsani sotib olish uchun takliflar qilishlari mumkin, ammo bu narsaning qandayligini ko‘rish va aniq bilish juda qiyin bo‘ladi. Ammo internet orqali xarid qilishning bir qancha qoidalariga rioya qilinsa, potensial firiblar, aldamchilardan samarali himoyalanish mumkin. Masalan, mahsulotga juda ham past narx qo‘yilgan va sotuv haqidagi taklifda sotuvchining manzili va telefoni yo‘q. Bundan xulosa qilish mumkinki, sizga qalbaki mahsulot taklif etilyapti yoxud pulingizni o‘zingizni rozi qilgan holda o‘marish rejalashtirilyapti. Bunday holda erinmasdan sotuvchiga qo‘ng‘iroq qilish va undan ma’lum bo‘lgan mahsulotning xususiyatlari, texnik ko‘rsatkichlari va hokazolarni surishtirish lozim. Agar bu so‘rovga noto‘g‘ri javoblar va tushuntirishlar olinsa, internet do‘kondagi xariddan voz kechish kerak. Undan tashqari sotuvchi va kompaniya haqida ma’lumotlar yig‘ish, uning faoliyati haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib va shundan so‘nggina ushbu internet do‘kon bilan ishlash kerakmi yoki yo‘qligini hal qilish lozim. Tovarni olishda esa kurer tomonidan etkazib berish xizmatidan foydalanish va mahsulotga to‘lovni olgandan so‘ng amalga oshirish lozim.

  • Chet el fuqarolariga nisbatan firibgarlik (nikoh firibgarlik). Haqiqiy hayotda o‘z umr yo‘ldoshlarini topmaganligi sababli ko‘p erkaklar ularni internet saytlarida qidirishni davom etadilar. Qidiruvlarda turli tanishuvlar tanishuv saytlarida boshlanadi, bu erda qizlar o‘zlarining fotosuratlarini joylashtiradilar. Bundan esa firibgarlar qizlarning fotosuratlaridan foydalangan holda, psixolog, dasturchi, tarjimonlarni jalb qilishadi va ushbu sayt orqali ishonuvchan xorijliklar yozishmalarni boshlaydilar. G‘arb kuyovlari go‘zal qizlarning jiddiy munosabatlari haqidagi e’lonlarga “laqqa tushishadi”. Keyinchalik, ba’zan bir oylik yozishmalardan so‘ng, bir umrlik sadoqat va muhabbat evaziga ularning moliyaviy muammolarini hal qilishga yordam so‘rashadi, masalan, kasal ota-onalar uchun bir hamshira yollash uchun pul jo‘natish, kreditni to‘lash, xorijiy mamlakatga “kuyov”ning yoniga uchib borish uchun pul o‘tkazish va hokazo.

    So‘ralgan pul olinganidan keyin “qalliqlar” aloqaga chiqamay qo‘yadilar. Aldanganliklarini bilib qolgan xorijiy fuqarolar esa yordam so‘rab politsiyaga murojaat qiladilar. SHuni aytish kerakki, bunday firibgarlar, uzoq mamlakatlardagi “qalliqlar” bilan ishlaydilar, aks holda yaqin mamlakatlardagilar o‘zlari kelishlarini so‘rashlari mumkin bo‘ladi. Bu esa firibgarlar uchun unchali yoqimli emas, albatta.


    1. Download 330 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling