20-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xavfsizlik masalalari reja
Internet tarmogidagi firibgarlik turlari va ularni aniqlash yollari
Download 330 Kb.
|
20-MAVZU
20.2. Internet tarmogidagi firibgarlik turlari va ularni aniqlash yollari
Internetda firibgarlik (elektron firibgarlik) internetdan foydalangan firibgarlik turi hisoblanadi. Ushbu firibgarlik turi jabrlanuvchilardan pul, mulk va merosni undirish maqsadida malumotlarni yashirish yoki notogri malumotlarni taqdim etishni oz ichiga olishi mumkin2. Internetdagi firibgarlik alohida jinoyat hisoblanmaydi, ammo kiberolamda amalga oshirilgan bir qator noqonuniy xatti- harakatlarni oz ichiga oladi. Biroq bu ogrilikdan farq qiladi, chunki bu holda jabrlanuvchi oz xohishi bilan va bila turib jinoyatchini malumot, pul yoki mulk bilan taminlaydi4. SHuningdek, internet tarmogidagi firibgarlik vaqt va makonda ajratilgan huquqbuzarlarni oz ichiga olganligi bilan ajralib turadi. Internet firibgarlikning ayrim turlari bilan tanishib chiqamiz. Fishing (inglizcha fishing – baliq ovlash) internetdagi firibgarlikning bir turi bolib, uning maqsadi foydalanuvchilarning maxfiy malumotlarini, yani login va parollarni qolga kiritish. Hozirgi kunda fishingning asosiy maqsadi plastik kartadagi malumotlarni qolga kiritish va undan oz maqsadida foydalanish hisoblanadi. Huquqbuzarlar banklar yoki tolov tizimlari nomidan elektron xatlarni jonatishadi. Foydalanuvchiga haqiqiy bank saytining nusxasi bolgan saytga kirish taklif qilinadi, unda elonlar korish mumkin, masalan, bankning xavfsizlik tizimidagi ozgarishlar togrisida. Plastik kartangizdan foydalanishni davom ettirish uchun sizdan pin kod va kartadagi malumotlarni taqdim etish talab qilinadi. Keyinchalik, bu malumotlar soxta plastik karta tayyorlash va hisobingizdagi mavjud mablaglarni naqdlash uchun qollaniladi. Ushbu malumotlarni taqdim etish orqali firibgarlarga oz pullaringizni osongina taqdim etgan bolasiz. Ushbu turdagi jinoyat turlaridan biri bu soxta bank vakillaridan kredit qarzini tolash talabi bilan fuqarolarning mobil telefonlariga murojaat qilishdir. Fuqaro hech qanday kredit olmaganligi haqida xabar berganida, aniqlashtirib olish uchun undan plastik kartadagi malumotlarni taqdim etish talab qilinadi. Ushbu malumotlar on-layn dokonlarda mahsulot sotib olish uchun etarli hisoblanadi. SHuni unutmaslik kerakki, banklar va tolov tizimlari hech qachon xat yubormaydi yoki fuqarolarga telefon orqali oz malumotlarini taqdim etishni soramaydilar. Agar plastik karta bilan yoki shunga oxshash muammo yuzaga kelsa, shaxsan bankka kelish talab qilinadi. Download 330 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling