2020 ч а с т ь I v молодой ученый
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Fransuz tilida ayol
323
“Young Scientist” . # 30 (320) . July 2020 323 323 Young Scientist O'zbekiston boshlashimiz eng ustivor vazifamizdir. Pedagog bolalarga kitob haqida berayotgan tamoyillari bolaning oiladagi muhiti bilan zid bo‘lmasligi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Pedagog qancha kuyinib kitob haqida gapirmasin, uyida ota-onasi 2 so‘z bilan bunga qarshi fikr bildirsalar, bolada hech qachon kitob haqida, uning mohiyati va boyligi haqida to‘g‘ri fikr shakllana olmaydi. AQShda bola rivojlanishida, miyasining fiziologik yetukligiga kitobning ta’siri katta ekanligi aniqlangach, kitobxonlikni targ‘ibot qilish ishlari «Reach Out» milliy dasturi asosida avj olgan edi. Targ‘ibot avvalo kattalardan boshlangan. Oddiy misol tariqasida, tug‘ruqxonadan bola bilan chiqilayotganda xususiy tug‘ruqxonalar yangi ota-onaga bolalar uchun kitob sovg‘a etardilar. Kitobga ilova tarzida esa, bolani katta qilish, rivojlanishiga ijobiy ta’sir etish maqsadida kitobning o‘rni naqadar kuchli ekanligini tushuntiruvchi kichik qo‘llanma ham biriktirilgan bo‘ladi. Ushbu oddiy faoliyat natijasida 2 yilda mamlakat miqyosidagi kitob bozori bir necha barobariga kengayib ketadi. Bolalar uchun mo‘ljallangan kitobga talab kuchli orta boshlaydi. Yana bir tadqiqodning ta’kidlashicha, ko’p o’qish kelajakda ona-tili va adabiyot fanlaridan yuqori baholarga ega bo’lishga ta’sir etar ekan. Kuniga bolaga 20 daqiqa kitob o’qib berilsa, bir yilda u 1.8 million so’z bilan tanishib oladi. Nyu-York Universiteti, Tibbiyot Kolleji tadqiqotlariga ko’ra, 6 oydan kitob o’qilishini eshitgan bolalarda kelajakda nutqi rivojlanishida muammolari nisbatan kamroq, maktabdagi o’zlashtirish darajasi boshqalarga nisbatan balandroq bo’lishi aniqlangan. Bolaning kitobga tabiiy ravishda mehri uyg‘onishi uchun, avallo uning ota-onasi kitobga mehr ko‘rsatgan bo‘lishi darkor. Madomiki, maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari bu borada ota-onalar bilan ham ishlashlari zarur. Buning uchun quyidagi rejalarga amal qilish tavsiya etiladi: — har xafta ota-onalar telefonlariga, yoki yozma ravishda o’zlari uchun va bolalar bilan birga o’qish uchun bir kitobni tafsiya etish. — pedagogika va psixologiya ilmiy tekshirish institutlari yordamida yoki ularga buyurtma bergan holda qiziqarli qo‘llanma ishlab chiqarish. Qo‘llanma-flaer kichik va kam yozuvlik bo‘lishi muhim. Qo‘llanmada bir nechta qator yozuv va rasmlar bilan kitob qanchalik muhimligi, uning bolaga beriladigan ijobiy ta’siri aniq va ravshan holda taqdim etilishi lozim. Qo‘llanma bir-ikki varaqda yorqin holatda bo‘lib, o‘ziga ota-onaning diqqatini qarata olishi lozim. Qo‘llanmadagi ma’lumotlar eng zamonaviy tadqiqotlarga asoslangan holda, innovasion va marketing qonunlari asosida taqdim etilishi lozim. Shu kabi ko‘llanmalar doimiy tarzda qayta-qayta ishlanib, ota-onalarga tekinga tarqatilishi kerak. Quyida shunday qo‘llanmalardan biri taqdim etilmoqda — bolaning tug‘ilgan kunida bog‘cha nomidan unga biron kitob sovg»a qilish va ota-onalariga taqdim etish. — oyda 1 marta kitob bolaning rivojlanishi uchun foydali tomonlari haqidagi kichik tezis ma»lumotnoma, kitob olamiga oid yangiliklar, yangi kitob nashriyotlari haqida telefon orqali yoki kompyuterda chiqarilgan qog»oz shaklida ma»lumot tarqatish. Quyida shunday tezisga misol keltirilgan Тa»lim muassasasi kutubxonasini boyitish maqsadida ota-onalarni jalb qilgan holda sponsorlik kunlarni o»tkazish. Bunday kun yilda 2 marotaba o»tkazilishi mumkin. Bu kun dam olish kuni bo»lsa, keladiganlar soni ko»proq bo»ladi. Bu haqda hammayoqqa reklama qilinadi. Qog»ozda chop etilgan e»lonlar ko»chada tarqatiladi, ota-onalarga beriladi. So»ng sponsorlik kunida, oshxonada mayda shirinliklar tayorlab choylar damlanib tantanali ravishda bog»cha eshiklari ochiladi va kelgan mehmonlar bayramona kutib olinadi. Ular tomonidan taqdim etilgan kitoblar uchun chuqur minnatdorchilik bildiriladi. Ularning ism-familiyalari olinib, bog»cha faxriylari devorchasida aks ettiriladi. Vaqt o»tgan sayin keluvchilar soni orta boshlaydi. Bog»cha kutubxonasi boyidi. Maktabgacha ta»lim muassasasining erta kitobxonlikni rivojlantirishda va targ»ib qilishda amalga oshiradigan shu kabi faoliyatlar oilalarga muntazam ravishda amalga oshirilsa, uning samara va foydasi tez orada namoyon bo»ladi. Hozirgi kunda ota-onalar uchun ham telefon, instagram va telegramlardan tashqari qiziqarli faoliyatlar bor ekanligini eslatib turish muhim hisoblanadi. Ularning ko»pchiligi ijtimoiy tarmoqlar tufayli kitob mutoalasidan uzoqlashib ketga. Maktabgacha ta»lim muassasasi bu borada o»z hissasini qo»shishi har tomonlama samarali bo»ladi. Dam olish kuni arafasida, har juma kunlari shunday flaerlar tayyerlanib uyga ketish payti ota-onalarga taqdim etilsa, beixtiyor undagi ma»lumotlar o»qiladi. Ba»zilariga esa asta-sekinlik bilan amal qilish ham boshlanadi. Bunday kitobxonlikka jalb qiluvchi flaerlarni o»quv dargohi metodologi yoki ma»naviyat ishlari bo»yicha mutaxassisi tayyorlashi lozim. Undagi ma»lumotlar qiziqarli, kerakli, dolzarb va rovshan bo»lishi uchun izlanishlar olib borilishi, kerakli taxlillar talab etiladi. Buning natijasi esa tez orada ijobiy ko»rinishda yaqqol namoyon bo»la oladi. AQSh, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda, bolalarda va ota- onalarda kitobga qiziqishni shakllantirish, ko»tarish uchun shunday uslubning turli hil ko»rinishlaridan foydalanilgan va qisqa vaqt ichida o»z samarasini ko»rsatgan. Adabiyot: 1. Мирзиёев Ш. М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. — Т.: «Ўзбекистон», 2017. — 488 б. 2. О. Хасанбоева ва бошқалар «Оилада баркамол авлод тарбияси» Т: «Фан ва технология» нашриёти. 2010 й 3. O»zbekiston Respublikasi Halq ta»limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to»g»risida, Toshkent, 29.04.2019. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling