Laboratoriya ishi №23. Kungaboqar urug‘ining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash
Ishdan maqsad: Kungaboqar urug‘ining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uslubini o‘rganish. Kungaboqar urug‘i iflosligini, qobiqdorligini va sifati buzilgan, puch urug‘lar miqdorini aniqlash.
Asosiy tushuncha
Moyli donlarda asosiy sifat ko‘rsatkichlari: orgonaleptik ko‘rsatkichlar. Namlik hashorotlar bilan zararlanganligi, iflosligi. Ayrim partiyalarda qobiqdorligi aniqlanadi. Moyli donlar sifatini tavsiflashda va sifatiga baho berishda o‘ziga xos afzalligi bor. Moyli donlarda boshoqli va dukkakli donlarga nisbatan namlik kriteriyasi pastroq. Madaniy kungaboqar odatda uch guruxga bo‘linadi: chaqiladigan moydor, oraliq kungaboqar. Guruxlarga asosan urug‘ o‘lchamlari, shakli, mag‘zi va qobig‘ining nisbatiga ko‘ra bo‘linadi. Moydor kungaboqar urug‘i mayda, uzunligi 7-13mm. Tashqi qobig‘i mag‘ziga joylashgan qobig‘i 35-45%ni tashkil etadi. 1000ta don vazni 40-80g. Chaqiladigan kungaboqar urug‘i yirik uzunchoq, uzunligi 12-25mm, qobig‘i juda qalin 50%nn tashkil etadi. 1000ta don vazni 100-200g. Oraliq kungaboqar moydor va oraliq kungaboqar oralig‘idagi shakli. Urug‘i ko‘pincha kalta, enli.
Ishni bajarish tartibi
Kerakli asbob va uskunalar:
1. O’rtacha namuna
2. Texnik tarozi
3. Tahlil taxtasi, shpatel
4. Elak 03,0 mm
5. Don bo‘lgich
Kungaboqar urug‘ining iflosligini aniqlash.
O’rtacha namunadan don bo‘lgich yordamida 100g ulchanma, texnik tarozida o‘lchab olinadi. O’lchanma Ø 3.0 mm bo‘lgan elakda elanadi. Elak ustida qolgan va elakdan o‘tgan elanma tahlil taxtasiga alohida joylashtiriladi. So‘ng keraksiz, moyli aralashmalarga va toza don ajratiladi. har bir aralashma fraksiyasi alohida texnik tarozida o‘lchanib, olingan o‘lchanmaga nisbatan foizda ifodalanadi.
Keraksiz aralashma fraksiyalari:
- diametri 3,0mm elakdan o‘tgan qismi;
- mineral aralashma;
- organik aralashma;
- barcha madaniy va begona o‘simlik urug‘lari;
Do'stlaringiz bilan baham: |