22-ma’ruza: optik aloqa tizimlari va tarmoqlari sinxronizatsiyasi reja
Download 480.04 Kb.
|
22-23 Маърузалар(ОАТ)13-15 ДЕКАБР
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23-MA’RUZA: TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARIDA SINXRONIZATSIYA TURLARI Reja
- 23.3 Tarmoqning taktli sinxronizatsiya tizimini tuzish. Tarmoqning taktli sinxronizatsiyatsiyasini boshqarish tizimi.
Nazorat savollari
OA tizimlari qanday tasniflanadi? TOAT liniyalarini qanday asosiy zichlashtirish usullarni bilasiz? TOAT liniyalarini vaqt bo‘yicha zichlashtirish usulini tushuntiring. TOAT liniyalarini chastota bo‘yicha zichlashtirish usulini tushuntiring. To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish usulini tushuntiring. TOAT liniyalarini zichlashtirish usullaridan qaysi biri maksimal axborot sig‘imiga ega? A-PON texnologiyasining tasnifi? E-PON texnologiyasining tasnifi? G-PON texnologiyasining tasnifi? 23-MA’RUZA: TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARIDA SINXRONIZATSIYA TURLARI Reja: 23.1 Telekommunikatsiya tarmoklarida sinxronizatsiyalash usullari. SRI/SDH apparaturalarida sinxronizatsiyalash rejimlari. 23.2 Tarmoqning taktli sinxronizatsiyasining asosiy tuzilish prinsiplari va standartlari. 23.3 Tarmoqning taktli sinxronizatsiya tizimini tuzish. Tarmoqning taktli sinxronizatsiyatsiyasini boshqarish tizimi. 23.1 Telekommunikatsiya tarmoklarida sinxronizatsiyalash usullari. SRI/SDH apparaturalarida sinxronizatsiyalash rejimlari. Telekommunikatsiya tarmoqlarida sinxronizatsiya bilan bog‘liq muammolar axborotlarni raqamli uzatish metodlari boshlanishi bilan yuzaga kela boshladi. Sinxronizatsiya – bu aloqa tarmoqlaridagi raqamli qurilmalarning bir xil o‘rtacha tezlikda ishlashini ta’minlash. Ma’lumotni raqamli ko‘rinishda uzatish uchun diskret impulslar ko‘rinishiga o‘tkaziladi.Diskret impulslarni aloqa tarmog‘idan uzatish uchun uning hamma komponentalari sinxronizatsiya qilinishi zarur. Haqiqatan, signalni uzlukli shaklga o‘tkazishning ixtiyoriy protsedurasi, ma’lumotlarni binar signal ko‘rinishida uzatish va qabul qilishda chastotalar bir xil bo‘lishi talab qilinadi, aks holda, qabul qilingan ma’lumot aniq yetib kelmaydi. Sinxronizatsiya zarurligi nafaqat raqamli ma’lumotlarni uzatishda, balki raqamli telefoniyada, maxsus tarmoqlarda ham uchrab turadi. Zamonaviy aloqa texnologiyalarida 3 ta asosiy sinxronizatsiyalash tushunchalari mavjud: chastotali, fazali, vaqtli (vaqt bo‘yicha sinxronizatsiyalash). Birinchi darajali tarmoqlar uchun eng muhim sinxronizatsiya turi chastotali sinxronizatsiya hisoblanadi. Bu holda ideal tomondan olsak, tarmoqning barcha generatorlari bir hil chastotada ishlaydi, ya’ni raqamli axborotni uzatish tezligi qabul qilish chastotasiga yuqori aniqlikda tengdir, bu degani tizimda xatolik bo‘lmaydi – sinxronizatsiya buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘zlangan maqsad ham shunday, tarmoqda xatolikni minimumga yetkazish. Shuning uchun ham aloqa operatorlari chastotali sinxronizatsiyadan foydalanishadi. 23.1-rasm. Siklli sinxronizatsiya 23.2-rasm. Sinxronizatsiya “Master-Slave” Fazali sinxronizatsiyalashda qabul qilinadigan va uzatiladigan signallar fazasi bir xil bo‘ladi. Bu turdagi sinxronizatsiyalash turli elektron qurilmalar ichida signal uzatishda foydalaniladi. Fazaning bir xilliligini ta’minlash uchun turli komponentalar (faza qaytaruvchilari), faza detektorlari va shu kabi qurilmalar ishlatiladi.Vaqtli sinxronizasiyalashda yoki vaqt bo‘yicha sinxronizasiyalashda tarmoqdagi barcha qurilmalar yagona vaqt tizimiga ega. Bu vaqt tizimi odatda (UTC – Coordinated Universal Time) butun jahon kordinatalari vaqti bilan moslashtiriladi. Odatda vaqtli sinxronizasiyalash masalasi turli ikkinchi darajali tarmoqlar bilan bog‘liq. Misol sifatida juda keng tarqalgan himoya usuli – bank elektron tarmoqlarini keltirish mumkin. Bu tarmoqlarda uzatilayotgan xar bir xujjatga aniq vaqt metkasi biriktiriladi. Qabul qilinadigan tomonda metka joriy vaqt bilan solishtiriladi. Agar ushlanish vaqti oshib ketsa, xujjat tan olinmaydi. 23.3-rasm. Sinxronizatsiya generatorlar tizimi 4-rasm. Pleziaxron sinxronizatsiya tizimi Download 480.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling