22-ma’ruza. O’zbekiston muvofiqlikni baholash tizimi tashkiliy asoslari


-modda. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish


Download 33.99 Kb.
bet11/14
Sana24.03.2023
Hajmi33.99 Kb.
#1291921
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
22 MA’RUZA O’ZBEKISTON MUVOFIQLIKNI BAHOLASH TIZIMI TASHKILIY ASOSLARI

25-modda. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish
Inspeksiya nazorati davomida aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilmagan taqdirda, akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilishi mumkin.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish Milliy akkreditatsiya organi yoki sud tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi Milliy akkreditatsiya organi tomonidan o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud tomonidan esa, o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin.
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi qarori muvofiqlikni baholash organiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma shaklda yetkaziladi. Sudning akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi hal qiluv qarori muvofiqlikni baholash organiga va Milliy akkreditatsiya organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish haqida qaror qabul qilgan Milliy akkreditatsiya organi yoki sud mazkur holatlar bartaraf etilganligi haqidagi tasdiqni olgan kundan e’tiboran o‘n kun muddat ichida akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini qayta tiklash haqida qaror qabul qilishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang:O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 42-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 27-bobi (“Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish”).
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, Milliy akkreditatsiya organi muvofiqlikni baholash organi oldida u ko‘rgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 38 va 50-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”).
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi va qayta tiklanganligi haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.

Download 33.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling