22-ma’ruza. O’zbekiston muvofiqlikni baholash tizimi tashkiliy asoslari


-modda. Muvofiqlikni baholash organlarining huquqlari


Download 33.99 Kb.
bet8/14
Sana24.03.2023
Hajmi33.99 Kb.
#1291921
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
22 MA’RUZA O’ZBEKISTON MUVOFIQLIKNI BAHOLASH TIZIMI TASHKILIY ASOSLARI

18-modda. Muvofiqlikni baholash organlarining huquqlari
Muvofiqlikni baholash organlari:
akkreditatsiyaning belgilangan sohasida sertifikatlashtirishni amalga oshirish;
muvofiqlik sertifikatlari berish;
o‘zi bergan muvofiqlik sertifikatlarining yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani ro‘yxatdan o‘tkazishning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish yoxud muvofiqlik sertifikatlarini yoki muvofiqlik haqidagi deklaratsiyani ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish;
akkreditatsiyaning belgilangan sohasida mahsulot sinovini o‘tkazish, o‘lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash;
akkreditatsiyaning belgilangan sohasida mahsulot sinovlariga oid bayonnomalarni, o‘lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash to‘g‘risidagi bayonnomalarni berish;
milliy akkreditatsiya tizimi belgisini qo‘llash huquqiga ega.
Muvofiqlikni baholash organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
19-modda. Muvofiqlikni baholash organlarining majburiyatlari
Muvofiqlikni baholash organlari:
normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni bajarishi;
Oldingi tahrirga qarang.
manfaatdor shaxsga sertifikatlashtirish, muvofiqlikni deklaratsiyalash, inspeksiya nazorati, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiya, mahsulot sinovlari, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertiza qoidalari va tartib-taomili to‘g‘risida axborot taqdim etishi;
(19-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirishi;
o‘zi bergan muvofiqlik sertifikatlarining, mahsulot sinovlariga oid bayonnomalarning, o‘lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash to‘g‘risidagi bayonnomalarning, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilgan muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning hisobini yuritishi;
o‘zi bergan muvofiqlik sertifikatlari va ro‘yxatdan o‘tkazilgan muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalar, ularga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish, shuningdek ularni bekor qilish to‘g‘risida Milliy sertifikatlashtirish organini xabardor qilishi;
mahsulot sinovlari, o‘lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlashning belgilangan qoidalari hamda tartib-taomillariga rioya etishi;
mahsulot sinovlari, o‘lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash natijalarining to‘g‘riligini ta’minlashi;
akkreditatsiya bilan bog‘liq xarajatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lashi shart.
Muvofiqlikni baholash organlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Download 33.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling