22-ma’ruza. O’zbekiston muvofiqlikni baholash tizimi tashkiliy asoslari


-modda. Muvofiqlikni tasdiqlashni amalga oshirish


Download 33.99 Kb.
bet6/14
Sana24.03.2023
Hajmi33.99 Kb.
#1291921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
22 MA’RUZA O’ZBEKISTON MUVOFIQLIKNI BAHOLASH TIZIMI TASHKILIY ASOSLARI

12-modda. Muvofiqlikni tasdiqlashni amalga oshirish
Mahsulot, xizmatlar, ishlab chiqarish jarayonlari, menejment tizimlari, xodimlarning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash sertifikatlashtirish va muvofiqlikni deklaratsiyalash natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni deklaratsiyalash majburiy yoxud ixtiyoriy tusda bo‘lishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 3-bobi (“Mahsulotlarni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish”), “Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1465, 06.04.2005-y.), Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 435-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi to‘g‘risida nizom”.
Muvofiqlikni baholash organlarining muvofiqligini tasdiqlash ularni akkreditatsiya qilish natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
13-modda. Muvofiqlikni baholash qoidalari va tartib-taomili
Muvofiqlikni baholash qoidalari va tartib-taomili muvofiqlikni baholash sohasidagi tashkiliy hamda texnik talablarni, ishlarni bajarish va rasmiylashtirish tartibini, usullarini o‘z ichiga oladi.
Muvofiqlikni baholashga doir ishlar xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Muvofiqlikni baholashga doir ishlarga sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar va (yoki) tegishli tarmoqlarning muvofiqlikni baholash sohasida ishlarni tashkil etishga, ushbu sohadagi jarayonga yoki faoliyatga taalluqli maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lgan texnik ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
14-modda. Muvofiqlikni baholash natijalarini tan olish
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkazilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida tan olish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

Download 33.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling